«tasdiqlayman» Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B. B. Sobirov 2022-yil “ ”
Download 0.78 Mb.
|
Mediasavodxnlik majmua 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning mudofaa qobiliyati, xavfsizligi, iqtisodiy va siysiy manfaatlari uchun boshqa og’ir oqibatlar keltirib chiqarish mumkin bo’lgan ma’lumotlar-davlat siridir.
- Davlatning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar - xizmat siridir.
- Очиқ ахборотлар
- Олиши чегараланган , қонун билан ҳимоя қилинадиган ахборотларга
- Ижтимлий ва персонал ахборотлар деганда нима тушинилади
Jo’n xatolar. Xalqimiz ba’zan juda sodda va ishonuvchan. Bu soddalikni internet axborot xavfsizligi kechira olmaydi. Afsuski internetdagi shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligidan yaxshi xabardor bo’lmaslik, zamonaviy bilimlarni o’zlashtirishga jiddiy qaramaslik oqibatida ayanchli hodisalar uchrab turibdi. Texnologiyalar rivojlangan sari axborotni o’g’irlash usullari ham zamonaviylashib, juda katta kuchga ega bo’lib bormoqda. Axborotni o’g’irlash yoki unga zarar yetkazish bugungi kunda shu darajaga chiqqanki, hatto ba’zi holatlarda sizning parolingiz, SMS tasdiqlash kodingiz ham talab qilinmagan holatda ma’lumotlaringizni yo’qotishingiz mumkin. Masalan, siz ishonib o’rnatgan dastur/o’yin qaysidir rasmingizni sizning soddalingizngizdan foydalanib ko’chirib olishi mumkin. Qaysidir suhbatdoshingiz sizni aldab u yoki bu turdagi ma’lumotingizni so’rab olishi mumkin. Siz kutmagan, bilmagan usullar bilan shaxsiy axborot muhitingizga zarar yetkazishlari hech gap emas. Bunga ko’pincha juda oddiy xatolar, juda keng tarqalgan qoidalarga bilimsizlik tufayli amal qilmaslik sabab bo’lishi mumkin.
Oddiy xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun telefoningizni doim bloklanishda saqlang, begona kimsalarga telefoningizni ochiq holatda topshirmang, ish kompyuteringizda bolalaringizning o’ynashiga yo’l qo’ymang, ish va shaxsiy masalalar uchun ishlatiladigan Google akkauntlaringizni bitta qurilmada saqlamang (yoki ehtiyotkorlik bilan saqlang). YUqoridagilar axborot xavfsizligi bo’yicha juda qisqa va eng ko’p tarqalgan tavsiyalardan ba’zilari edi. Internetda shaxsiy ma’lumotlaringizning saqlanishi va uzatilishiga e’tiborli bo’ling. Harakatlantiruvchi vositasi bo’lgan ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat qilayotgan jurnalistlarning erkin, keng qamrovli, oshkora faoliyat ko’rsatishlari uchun muhim huquqiy kafolatlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasining bosh qomusi bo’lgan Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalarining yangi tarixiy sharoitdagi huquqiy holati aniq belgilab berildi. Uning 67-moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. senzuraga yo’l qo’yilmaydi”, deyiladi. Bu bilan hukumat, davlat boshqaruv organlariga demokratiyaning muhim tayanchi bo’lgan OAVlari bilan hamisha hisoblashish majburiyatini qonuniy belgilab qo’ydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ta’kidlanishicha, ”davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqorolar oldida mas’uldirlar” (2-modda), “davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonunchilik hrinsihlari asosida amalga oshiradi” (14-modda), “har kim fikrlash va o’z e’tiqod erkinligi huquqiga ega. har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir” (29-modda), “O’zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim” (30-modda). Keltirilgan moddalar mazmunidan shunday xulosa qilish mumkinki, mamlakatda so’z va axborot erkinligi ta’minlangan. SHu bilan birga OAVlari va unda faoliyat ko’rsatadigan jurnalist zimmasiga muhim mas’uliyatni yuklaydi, ya’ni ular axborot izlash, olish va tarqatish vazifasini bajarish orqali mamlakatdagi demokratik davlatning mohiyatini, davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyatini yoritadi. OAVlari faoliyatining, shu jumladan, muayyan jurnalist faoliyatining asosida turadigan huquqiy zamin keng ko’lamdadir. SHu bois bu qonunchilikni chegaralash va tartibga solish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ommaviy axborot vositalari faoliyati qonunchiligini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar asosan uchga bo’linadi: 1.Xalqaro me’yorlar. 2.Konstitutsiyaviy me’yorlar. 3. Qonunlar va qonunosti me’yorlar. Ana shu me’yorlarni axborot huquqi, ommaviy axborot erkinligiga nisbatan ko’rib chiqadigan bo’lsak, Xalqaro huquqiy me’yorlari u Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (IXUD)ning 19-moddasida ko’rsatilgan, ya’ni “har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to’siqsiz o’z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va Qoyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’iy nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z ichiga oladi”. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi aksariyat me’yorlari aynan xalqaro me’yorlarga uyg’unlashganining, bu me’yorlarning deyarli bir xilligini ko’rish mumkin. Demak, axborotni izlash, olish va tarqatish bilan bog’liq jurnalist ijtimoiy faoliyatini huquqiy tartibga solish bevosita axborotni fuqarolik huquqlari ob’ektiga kiritadi. Bu O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 81-moddasida qayd etilgan. Bu narsa shuni anglatadiki, axborotni fuqarolik muomalasida izlash, olish va tarqatish imkoniyati mavjud - bunday axborotga nisbatan uning huquqi ob’ekti sifatidagi tabiatiga muvofiq keladigan har qanday qonuniy xatti-harakatlar sodir etish mumkin. O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunida axborotlarga nisbatan mulkchilik huquqining mohiyatini ochib beriladi. Unga muvofiq, axborot davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati maxsuli sifatida moddiy yoki intelektual mulk ob’ekti bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar axborotlariga nisbatan qonunlar bilan kafolatlangan mulkiy huquqqa egadirlar. Davlat tomonidan qo’riqlanadigan va maxsus ro’yxatlar bilan chegaralab qo’yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o’zga xil ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasining davlat siri hisoblanadi. Davlat sirlari qonun bilan himoya qilinadi. Davlat sirlari O’zbekiston Respublikasining mulkidir (O’zbekiston Respublikasi “Davlat sirlarini saqlash to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasi). Davlat sirlari qonun bilan himoya qilinadi. Axborotni maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqarish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining lozim bo’lgan ma’lumotlar Ro’yxatiga muvofiq amalga oshiriladi (5-modda). Davlat sirlari uch toifaga, ya’ni; davlat, harbiy va rasmiy sirlarga bo’linadi. Davlatning mudofaa qobiliyati, xavfsizligi, iqtisodiy va siysiy manfaatlari uchun boshqa og’ir oqibatlar keltirib chiqarish mumkin bo’lgan ma’lumotlar-davlat siridir. Davlat mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun oQir oqibatlar keltirib chiqaradigan xarbiy xususiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar-harbiy sirni tashkil etadi. Davlatning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar - xizmat siridir. Rivojlangan mamlakatlarning qonunchilik me’yorlariga e’tibor beradigan bo’lsak, davlat siri sanalishi mumkin bo’lgan va mumkin bo’lmagan ma’lumotlar qonunchilikda alohida sanab o’tilganini ko’ramiz. O’zbekiston qonunchiligida esa davlat sirlari sanalishi mumkin bo’lmagan ma’lumotlarning aniqlashtirilmaganligi hukumat amaldorlari, qonunni ijro etuvchi va qo’llovchilar tomonidan suiiste’mol qilinadi. Ko’pincha amaldorlar jurnalistga u yoki bu axborotni berishni istamay, milliy xavfsizlik masalalarini ro’kach qiladi, o’zlari qo’yib olgan “maxfiy”, “Xizmatda foydalanish uchun” degan griflarni ko’rsatishadi. SHuning uchun axborot olish uchun , avvalo, jurnalist bilishi kerak: haqiqatdan berk eshikka bosh urib borish shartmi yoki hech qachon va hech kim tomonidan qonuniy berkitilmagan axborot saqlanadigan bino eshigidan dadil kirib boraverish mumkin. O’zbekiston Respublikasi axborot qonunchiligidagi ixtisoslashgan hujjatlarga nimalar kiradi? Intelektual mulk to’g’risida - Axborot davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati maxsuli sifatida moddiy yoki intelektual mulk ob’ekti bo’lishi mumkin (23-modda). Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar axborotlarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan mulkiy huquqga egadirlar. OAVlari davlatning mansabdor shaxsi faoliyati bilan qiziqar ekan, demokratik jamiyatda xalq hokimiyatini amalga oshiradi - hamma hokimiyatiga kirib hisobot olavermaydi, ayna matbuot bu hisobotni , axborotni olib, xalqqa yetkazadi. Biroq davlat idoralarining yoki mansabdor shaxslarning ta’qibi natijasida OAVga va jurnalistlarga nisbatan huquqlarning buzulishi hollari ko’p uchraydi. Shunday hollarda afsuski, OAV ham, jurnalist ham buzilgan huquqlarini har doim ham himoya qilishiga urinmaydilar. Buning sababini K.Bahriyev shunday ko’rsatadi: “Birinchidan, jurnalistlarda huquqiy ong shakllanishi qiyin kechmoqda. Ikkinchidan, qonunga rioya qilishda fuqarolarga o’rnak bo’lishi kerak bo’lgan davlat hokimiyati idoralarining mansabdosh shaxslari qonunga rioya qilmaganlari ham jurnalist birodarlarimizni “tarvuzini qo’ltig’idan tushiradi”. Uchinchidan, jurnalistlar o’z huquqlarini talab qilib da’vo ariza bilan murojaat qilganlarida ham, sudlar adolatli hukm chiqarishlariga, mansabdor shaxslar tazyiqidan xoli tura olishlarisha ishonmaydi. Afsuki, sudlarimiz ham shunday ishonchni paydo qilish uchun jo’yali biror ish qilayotganlari yo’q”. K.Bahirevning bu mulohazalari biroz keskin bo’lsa-da, lekin unda jon bor. Har qanday tazyiqqa qaramasdan baribir, jurnalistlar o’z huquqlarini qonuniy himoya qilishni boshlashi kerak. Buning uchun esa qonunni yaxshi bilish talab etiladi. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2021-yil 15-iyun, 373-son Prezident Farmoni qabul qilindi. Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi muhit qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot manbai va chiqadigan axborotning iste'molchisi hisoblanadi. Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga kirishdan boshlab undan chiqishgacha ishlov berishning bir nechta bosqichidan o'tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to'plash, ro'yxatga olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo'yicha manbadan kompyuterga uzatish, mashina eltuvchilariga o'tqazish, axborot fondlarini yaratish va saqlab turish, mashina ichida ishlov berish va chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali bo'yicha kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul qilishi uchun yaroqli shaklga o'zgartirishdan iborat. Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik tizimlari orqali amalga oshiriladi, ular ichida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin: kiritiladigan axborotni to'plash va dastlabki ishlov berish, aloqa, axborotni kompyuterga kiritish, axborotni saqlash va ishlov berish, axborotni chiqarish va uni aks ettirish (chiqarish kichik tizimi). Инсониятнинг ахборотга бўлган эҳтиёжи, унга муносабати, уни қабул қилиш ва тарқатишнинг тарихий усуллари ҳали матбуот пайдо бўлмаган даврда ҳам мавжуд бўлган. Расмий маълумот - ахборотнинг дастлабки кўринишлари жарчилар орқали, майдонларда, одамлар гавжум бўладишган жойларда, бозорларда халққа етказилар эди. Қўшни давлатларга эса чопарлар юбориларди. Кўпинча ахборот қабул қилиш, тарқатиш ва узатишда туялар, кабутарлар “алоқачи” вазифасини ўтагани тарихдан маълум. Кишиларнинг ахборотга, янгиликларни билиб туришга бўлган эҳтиёжи илк ёзма нашрлар варақалар, тахтачалар шаклида бўлиб, булар матбуотнинг илк кўринишлари эди. Бундай ахборот етказиш воситаси дастлаб Юлий Цезар томонидан чиқарилиб, унда ўша даврда сенатнинг йиҚилиши ҳақидаги хабарлар, Рим халқи ҳаётига доир хабарлар берилар эди. Кейинчалик варақалар Хитойда, Японияда ҳам пайдо бўлди. Босма дастгоҳларнинг яратилиши матбуотнинг кенг кўламда ривожланишига йўл очди. Аввал, 1564 йилда И.Фёдров “Апостол” китоби босма ҳолатда нашр этилди. Шундан кейин дастлабки босма даврий нашрлар бирин-кетин пайдо бўла бошлади. 1606 йилда Германияда “Одер цайтунг”, 1622 йилда Англияда “Уикли ньюс фром”, 1631 йилда Францияда “Ла газетта”, 1702 йилда Россияда Петр I нинг буйруҚи билан “Ведмости” газетаси чиқарилди. Туркистонда эса дастлабки матбуот нашри анча кечроқ ХIХ асрнинг охирида чоп этилди. 1870 йилдан чиқа бошлаган “Туркистон вилоятининг газетаси” ўзбек матбуотининг қалдирҚочи эди. Жамият тараққий этиши, цивилизация натижасида ахборот алмашувининг техникалашган, яъни телефон, телеграф усуллари пайдо бўлди. Бу пайтга келиб жамиятни ҳаракатлантириувчи куч оммавий ахборот воситалари шаклланиб бўлган эди. Ахборотнинг пайдо бўлиши ва унга бўлган доимий эҳтиёжнинг туб сабаблари, аввало, кишилик жамияти тарихи, тараққиёти билан боҚлиқдир. Инсонларнинг бир-бирлари билан ўзаро мулоқотда бўлиши, бир-бирлари билан фикр алмашиш эҳтиёжи, аввал тилни пайдо бўлишига, сўзнинг вужудга келишига сабаб бўлди. Кейинчалик эса жамият, инсон тафаккурининг ривожланиши билан ёзув пайдо бўлди, бу эса ўз навбатида босма сўз-матбуотнинг келиб чиқишига, яна ҳам кейинроқ эса кўриш (тасвир), эшитиш(товуш) шаклидаги ахборотларни пайдо қилди. Гарчанд, инсониятнинг ахборотга бўлган эҳтиёжи матбуотнинг пайдо бўлишига, унинг нашрлари оммавий ахборот воситаларининг бевосита ташкил топишига туртки берган бўлса-да, кишилик жамиятида пайдо бўлган ижтимоий-сиёсий, маънавий ва иқтисодий эҳтиёжлар унинг бевосита вужудга келишига сабаб бўлган. Хуллас, ахборот кишилик жамиятида инсониятга тааллуқли бўлган бойлик сифатида ижтимоий ҳаётимизда чинакам заруратга айланди. Axborotni to'plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi axborotga dastlabki ishlov berish bo'yicha bir qator operatsiyalarni bajaradi. Bu kichik tizim doirasida ob'ektlar to'g'risida ob'ekt uchun tabiiy bo'lgan Оммавий ахборот воситалари жамиятнинг ахборотга бўлган эҳтиёжини қондиради, дедик. Аммо ахборотнинг ўзи қаердан олинади, турли соҳаларга оид ахборотларни ҳамма ҳам журналистга осонликча бераверадими? Шу маънода журналистнинг ахборот олувчи манбаси нима? деган саволларнинг бўлиши табиий, албатта. Журналист оладиган ва фойдаланадиган ахборотнинг асосини ҳукумат ахбороти ташкил этади. Ахборотни олиш имкониятига кўра икки турга бўлиш мумкин. Булар - очиқ ахборотлар ва олиниши чегараланган, қонун билан ҳимоя қилинадиган ахборотлардир. Очиқ ахборотлар - ахборотнинг ошкоралиги, ҳамма олиши мумкинлиги, очиқлиги ва ҳақиқийлиги билан белгиланади. Бу ахборот олиш эркинлигининг асосий тамойили ҳисобланади. Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 30-моддасида, ҳамда “Ахборот олиш кафолатлари ва эркинлиги тўғрисида” ги қонуннинг 4,7 – моддасида айнан шундай ахборотлар назарда тутилади. Бундай ахборотни бериш давлат органлари, жамоат бирлашмалари, корхона, муассаса, ташкилотлар ва мансабдор шахсларнинг ҳуқуқи эмас, балки мажбуриятидир. Агар бундай ахборотлар берилмаса, ёки асоссиз рад этилса, мансабдор шахслар Ўзбекистон Республикаси “Маъмурий жавобгарлик тўғрисида” ги Кодекснинг 44-моддасига биноан маъмурий жавобгарликка тортилади. Олиши чегараланган, қонун билан ҳимоя қилинадиган ахборотларга - “Оммавий ахборот воситалари тўғрисида”ги қонунда айтилишича, оммавий ахборот воситаларидан Ўзбекистон Республикасининг конституциявий тузумини, ҳудудий яхлитлигини зўрлик билан ўзгартиришга даъват қилиш, миллий, ирқий ва диний адоватни тарғиб этиш, давлат сирини ёки қонун билан қўриқланадиган ўзга сирни ошкор этиш, жиноий жавобгарликка сабаб бўладиган бошқа хатти-ҳаракатларни содир қилиш мақсадида фойдаланишига йўл қўймайди. Бу дегани, фикр юритиш ва уни ифодалаш эркинлиги фақат давлат сири ва бошқа сирларга тааллуқли бўлган тақдирдагина қонун билан чекланиши мумкин. (29-модда) Шунингдек, бу масала “Ахборот олиш кафолатлари ва эркинлиги тўғрисида”ги қонуннинг 9-моддасида ҳам “Давлат органлари, жамоат бирлашмалари, корхоналар, муассасалар, ташкилотлар ва мансабдор шахслар давлат сири ёки қонун билан қўриқланадиган бошқа ахборотларни бериш мумкин эмас. Демак, юқорида келтирилган қонунчилик меъёрлари олиши чегаралаган, қонун билан ҳимоя қилинадиган ахборотларнинг ҳуқуқий мақомини белгилайди. Оммавий ахборот воситаларига доир қонунчилигимизда ахборот олишни чеклаш меъёрлари, кўп жиҳатдан халқаро меъёрларга мос келади. Халқаро ҳуқуқ меъёрларига кўра, бу чеклашлар қонун билан белгиланиши ва қуйидагилар учун зарур бўлиши лозим. А) бегона шахсларнинг ҳуқуқлари ва обрў-эътиборини ҳурмат қилиш учун; б) давлат хавфсизлигини, жамоа тартибини, аҳоли саломатлигини ёки аҳлоқини муҳофаза қилиш учун (“Фуқоролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисида”ги Халқаро Пактнинг 19-моддаси 3 -қисми). Ижтимлий ва персонал ахборотлар деганда нима тушинилади? Ёки улар қандай фарқланади? Давлат конституциявий тузумига, давлат хавфсизлиги, аҳоли хавфсизлиги ва саломатлигини асраш, жамиятнинг бошқа ижтимоий муассасаларига тааллуқли бўлган масъулиятлар ижтимоий ахборотга киради. Шундан келиб чиқиб журналист ҳам ижтимоий вазифани бажаради. Шу нуқтаи назардан у шахсий ҳаётга ёндашишда ижтимоий манфаатлардан келиб чиқиб назар солиб туришга мажбурдир. Ноқонуний йўллар билан ахборот йиҚиш ва сақлаш мумкин эмас. Бунинг учун фуқороларнинг ҳуқуқлари ва улар ҳақида маълумот олишда уларнинг розилигини олиши керак. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling