«tasdiqlayman» Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B. B. Sobirov 2022-yil “ ”
Egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum»
Download 0.78 Mb.
|
Mediasavodxnlik majmua 2
Egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum» - doira markazi so`zlaridan olingan. Ma`nosi - o`z fikr-o`ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va odamlarga oid o`z bilimlari va o`zgalarga munosabatini o`zgartira olmasligini bildiradi. Psixologiyada egotsentrizmning bir qancha turlari - bilishga oid, axloqiy va kommunikativ egotsentrizmlar farqlanadi. Oxirgisi - boshqalarga biror xil ma`lumot berish jarayonida ularning fikri bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslikda namoyon bo`ladi. Nazarimizda, zamonaviy informatsion xurujlarning mualliflarida aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va ular o`zlariga o`xshash faqat o`z manfaatinigina ko`zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi. Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur. Psixologik himoya bo`lishi uchun shaxsda mustaqil fikr bo`lishi lozim. Keyingi yillarda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta e’tibor berilishi bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatga aylandi. Ko’plab diniy bayramlar ommaviy nishonlanmoqda, televideniye va matbuot tomonidan xalq ehtiyojida bo’lgan diniy masalalar tez-tez yoritila boshlandi. Fuqarolar o’rtasida diniy ilm va an’analarga o’rganish qiziqish kuchaydi. Biroq bundan foydalangan ba’zi shaxslar o’z manfaatlari yo’lida chet ellik yurtimizga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistik oqimlar «da’vatchi»lariga aylandilar. Ular xorijliklar tomonidan istaganlaricha mablag’ va diniy adabiyotlar bilan ta’minlandilar. Bu harakatlar tezda o’z natijasini berdi. Farg’ona vodiysi va Toshkent shahrida avj olgan «vahhobiychilik» harakati, jumhuriyatimizning deyarli barcha shahar va qishloqlariga yetib borishga ulgurgan «Hizb at-tahrir al-islomiy» kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna-fasod harakatlari shundan darak beradi. Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yasaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g’arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o’rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo’ladi.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling