Tasdiqlayman «Navoiyazot» aj boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O. J. Mavlonov


Download 333.24 Kb.
bet5/27
Sana18.06.2023
Hajmi333.24 Kb.
#1586228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
BMB-UZ-54

3.4.5 Maqsadli yo‘l-yo‘riq
Maqsadli yo‘l-yo‘riq (gazga xavfli, olovga xavfli, yer qazish, balandlikda bajariladigan ishlar) naryad-ruxsatnoma bo‘yicha bajariladigan ishlarni o‘tkazish uchun yuboriladigan ishchilar uchun o‘tkaziladi. Maqsadli yo‘l-yo‘riq topshirilgan ishni bajarishda xavfsizlik choralari bilan tanishtirish uchun o‘tkaziladi. Maqsadli yo‘l-yo‘riq mazkur ishni olib borishga javobgar shaxs tomonidan o‘tkaziladi, o‘tkazishni boshlashdan oldin naryad-ruxsatnomada qayd etiladi.
Maqsadli yo‘l-yo‘riq o‘z mutaxasisligi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan bir martalik ishlar (yuklash, tushurish, har xil ishlar va boshqalar) ni hamda yuqori xavf bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni olib borish uchun yuborilgan, agar bu ishlarni bajarish uchun farmoyish- ruxsatnoma to‘ldirish talab etilmasa, ushbu ishlovchilarga o‘tkaziladi.
Maqsadli yo‘l-yo‘riq , ish turiga mos keladigan yo‘riqnoma hajmida ushbu ishlarni olib boruvchi muhandis-texnik xodimlar tomonidan o‘tkaziladi.
Maqsadli yo‘l-yo‘riq o‘tkazilganligi haqidagi yozuv xavfsizlik texnikasi bo‘yicha maqsadli yo‘l-yo‘riqlar jurnaliga qayd qilinadi.
Maqsadli yo‘l-yo‘riq ruxsatnoma bo‘yicha bajariladigan gaz xavfi bor, olovli, yer qazish, balandlikda bo‘ladigan ishlarni, jihozlarni ta’mirlash ishlarini olib borish uchun yuboriladigan ishchilarga o‘tkaziladi.
Maqsadli yo‘l-yo‘riq ishchilarni xavfsizlik texnikasi choralari bilan tanishtirish uchun o‘tkaziladi.
Maqsadli yo‘l-yo‘riqni javobgar rahbarlar tomonidan ishni bajarishdan oldin o‘z qo‘l ostidagi ishchilarga o‘tkaziladi va bu haqida ruxsatnomaga yoziladi.
Malaka komissiyasida bilimni tekshirishga taa’luqli yo‘riqnomalar ro‘yxati BMB-UZ-54-1-ilovasiga muvofiq keltirilgan.
3.5 TTMM ga muvofiq chilangar-ta'mirlovchining majburiyatlari:
2-toifa
Uskunalar, agregatlar va mashinalarning oddiy bo‘g‘inlari va mexanizmlarini qismlarga ajratish, ta'mirlash, yig‘ish va sinovdan o‘tkazish, oddiy, shuningdek, yuqori malakali chilangar rahbarligida o‘rtacha murakkablikdagi uskunalar, agregatlar va mashinalarni ta'mirlash. 12-14 malaka (5-7 aniqlik sinflari) bo‘yicha qismlarga chilangarlik ishlov berish. Yuvish, tozalash, detallarni moylash va moy quyuvchi moslamani yechish. Pnevmatik, elektr asboblari va burg‘ulash mashinalari yordamida ishlarni bajarish. Mexanizatsiyalashgan vositalar yordamida detallarga ishlov berish. Oddiy moslamalarni ta'mirlash va yig‘ish uchun tayyorlash.
3-toifa
Uskunalar, agregatlar va mashinalarning o‘rtacha murakkablikdagi bo‘g‘inlari va mexanizmlarini qismlarga ajratish, ta'mirlash, yig‘ish va sinovdan o‘tkazish. O‘rtacha murakkablikdagi, shuningdek, yuqori malakali chilangar rahbarligida murakkab uskunalar, agregatlar va mashinalarni ta'mirlash, rostlash va sinovdan o‘tkazish. 11-12 malaka (4-5 aniqlik sinflari) bo‘yicha qismlarga chilangarlik ishlov berish. Futerlangan uskunalar va himoya materiallari va ferrosilitsiyadan tayyorlangan uskunalarni ta'mirlash. Faolit va keramik uskuna va kommunikatsiyalarni qismlarga ajratish, yig‘ish va zichlash. O‘rtacha murakkab moslamalarni ta'mirlash va yig‘ish uchun tayyorlash. Yuklarni yerdan boshqariladigan oddiy yuk ko‘tarish vositalari va mexanizmlar yordamida ko‘chirishda yuklash-tushirish ishlarini bajarish.
4-toifa
Murakkab va o‘ta murakkab bo‘g‘inlar va mexanizmlarni qismlarga ajratish, ta'mirlash, yig‘ish va sinovdan o‘tkazish. Murakkab uskunalar, agregatlar va mashinalarni ta'mirlash, montaj qilish, demontaj qilish, sinash, rostlash va ta'mirdan keyin yetkazib berish. 7-10 malaka (2-3 aniqlik sinflari) bo‘yicha qismlarga chilangarlik ishlov berish. Murakkab moslamalarni ta'mirlash va yig‘ish uchun tayyorlash. Ta'mirlash uchun nuqsonlar ro‘yxatini tuzish. Ko‘taruvchi-transport mexanizmlari va maxsus moslamalar yordamida yuklash-tushirish ishlarini bajarish.
5-toifa
O‘ta murakkab uskunalar, agregatlar va mashinalarni ta'mirlash, montaj qilish, demontaj qilish, sinash, rostlash, sozlash va ta'mirdan keyin yetkazib berish. 6-7 malaka (1-2 aniqlik sinflari) bo‘yicha detallar va bo‘g‘inlarga chilangarlik ishlov berish. Bo‘g‘inlar va jihozlarni kuch bilan va zich o‘rnatilgan sharoitlarda qismlarga ajratish, ta'mirlash va yig‘ish.
6-toifa
O‘ta murakkab katta o‘lchamli, noyob, tajribaga asoslangan va tajribadan o‘tgan uskunalar, agregatlar va mashinalarni ta'mirlash, montaj qilish, demontaj qilish, sinash va rostlash. Uskunani ekspluatatsiyada va ta'mirlash jarayonida tekshirilganda nuqsonlarni aniqlash va bartaraf etish. Ta'mirlangan uskunaning aniqligini tekshirish va yuklama berib sinash.
3.6 Chilangar-ta'mirlovchining “Navoiyazot” AJ da mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasini boshqarish tizimi to‘g‘risida"gi MM XTB-UZN-1 nizomiga muvofiq XT qoidalariga rioya qilish bo‘yicha majburiyatlari.
3.6.1 Ish joyida me'yorlarda talab qilinadigan maxsus kiyimda, maxsus oyoq kiyimda bo‘lish va o‘zi bilan tegishli markali quti bilan filtrlovchi gazga qarshi niqobga, himoyalovchi ko‘zoynak va kaskaga ega bo‘lish.
3.6.2 Shaxsiy himoya vositalarining tuzilishi va maqsadini bilish, ulardan foydalana olish, ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va ushbu ish joyida yo‘riqnomalar talablariga muvofiq qo‘llash.

Download 333.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling