3.6.3 Har qanday shubha yoki noaniqlik bo‘lganda brigada boshlig‘i yoki ustadan qo‘shimcha tushuntirishlar olish.
3.6.4 Ta'mirlash ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan asbob va jihozlarni soz holda saqlash.
3.6.5 Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar haqida darhol brigada boshlig‘i yoki ustaga xabar berish.
3.6.6 Qoidalar, me'yorlar va xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalarining buzilishi sex, smena, brigadadagi barcha ishchilarning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishini doim yodda saqlash.
3.7 Chilangar-ta’mirlovchining huquqlari:
3.7.1 Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha ishlarni bajarish;
3.7.2 Toifasi past chilangar-ta’mirlovchilarni boshqarish;
3.7.3 Brigada boshlig‘i (ta’mirlash ustasi, sex mexanigi) dan ishlab chiqarish vazifalarini o‘z vaqtida berishni, xavfsiz va yuqori unumdorli ish uchun sharoit yatratishni talab qilish.
3.8 Bo‘ysunish va tеgishli ish joylari bilan munosabatlar
3.8.1 Ma'muriy chilangar-ta'mirlovchi sex boshlig‘iga bo‘ysunadi. Tezkor chilangar-ta'mirlovchi usta, katta usta va sex mexanigiga bo‘ysunadi.
3.8.2 Chilangar-ta'mirlovchi o‘zining kundalik ishlarida uskunaning ishlashi bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha sex texnologik xodimlari bilan aloqada bo‘ladi. Smena boshlig‘i bilan kelishmasdan ishlab turgan uskunalarda hech qanday ish bajarilmaydi.
3.9 Ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish zarurligi haqida ogohlantirish. Spirtli ichimliklar ichish va chekishni taqiqlash.
Chilangar-ta'mirlovchi korxonada o‘rnatilgan "Ichki mehnat tartibi qoidalari" ga rioya qilish shart.
Sex chilangar-ta'mirlovchisi besh kunlik ish haftasida ikki kunlik dam olish bilan ishlaydi.
Kundalik ishning boshlanishi va tugatish vaqti, dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda sex ma'muriyati tomonidan tasdiqlangan jadvallar bilan belgilanadi. Ish jadvalidagi barcha o‘zgarishlar yoki yangi jadvallarni kiritish haqida ma'muriyat ishchilarni oldindan ogohlantirishi kerak.
Chilangar-ta'mirlovchi ishga 15 daqiqa oldin kelishi, maxsus kiyimlarni kiyishi va ish joyini tayyorlashi kerak. Ta'mirlash xodimlari 7:45 da uchastka rahbarlaridan ish bo‘yicha ko‘rsatmalar olish uchun ustaxonada bo‘lishi kerak.
Ish joyiga kasal holda kelgan chilangar-ta'mirlovchi ishga kiritilmasligi va TSB ga yuborilishi kerak.
Mast holda ishga kelgan chilangar-ta'mirlovchi, shu kuni ishga kiritilmaydi va shu kun sababsiz ish qoldirgan hisoblanadi.
Ishga kechikish, ishdan muddatidan oldin chiqib ketish va uzrli sababsiz ishga kelmaslik mehnat intizomining buzilishi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bo‘yicha jazoga tortiladi.
Ma'muriyat tomonidan ish vaqtidan tashqari kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga jalb qilish kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda va xodimning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. "Navoiyazot" AJ jamoa shartnomasida ortiqcha ish vaqti va to‘lov miqdori belgilangan.
Ishxonada va ish vaqtida spirtli ichimliklarni ichish taqiqlangan. Sex va korxona hududida chekish mumkin emas. Korxona hududida harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish kerak, ya'ni piyodalar yo‘laklari va yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi kerak, avtomobil va temir yo‘llardan faqat belgilangan joylardan o‘tish kerak. Ishlab chiqarish binolari ichida velosiped va boshqa transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
3.10 Ishchiga topshirilgan ishlar va faqat shu ishlar doirasiga kiradigan vazifani bajarish bo‘yicha texnologik reglament va ish joyi bo‘yicha yo‘riqmalarga rioya qilish haqidagi ko‘rsatmalar.
Chilangar-ta’mirlovchi faqat o‘z vazifalari doirasiga kiradigan ish joyi bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan ish hajmini bajarishi kerak. Rahbarining tegishli ruxsatisiz biror ishni bajarish taqiqlanadi.
Chilangar-ta’mirlovchi xizmat ko‘rsatish doirasiga kirmaydigan boshqa uchastkalardagi texnologik jarayon tartibini o‘zgartirishga yo‘naltirilganda uning ishlashi taqiqlanadi, chunki bu biror xavf tug‘dirishi mumkin.
Ta'mirlash ishlarini bajarishga yo‘naltirilgan chilangar-ta’mirlovchi faqat naryad-ruxsatnomada ko‘rsatilgan ishni bajarishi kerak.
Ishchi yo‘riqnomasidan chetga chiqish qo‘pol qoida buzarlik hisoblanadi, aybdor shaxslar buning uchun intizomiy va ayrim hollarda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |