Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo`lish mumkin


Download 1.06 Mb.
bet18/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo`lish mumkin:
1.Demokratik Konstitutsiyalar. 2.Avtoritar Konstitutsiyalar.
3. Totalitar Konstitutsiyalar.
Adabiyotlarda yozma va yozilmagan konstitutsiyalar farqlanadi. Aksariyat ko`pchilik mamlakatlarda belgilangan tartibda qabul qilinadigan yozma konstitutsiyalar amal qiladi. Hozirgi davrda konstitutsiyalarning yozma shaklda qabul qilinishi o`rinli degan fikr qaror topdi. Shu bilan birga, yozma konstitutsiyaga ega bo`lmagan mamlakatlar bor (jumladan, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya). Ba'zi mamlakatlarda konstitutsiya deganda bir necha huquqiy aktlar, hatto odatlar (konstitutsiyaviy bitimlar) tushuniladi.
Konstitutsiyalar qabul qilinish tartibiga ko`ra, turli ko`rinishlarga ega bo`ladi. Xususan, yuqoridan taqdim etilgan, ya'ni podsho (monarx) tomonidan xalqqa in'om etilgan konstitutsiyalarga Lixtenshteyn, Nepal, Iordaniya davlatlarining konstitutsiyalari kiradi. O`z vaqtida Buyuk Britaniya Afrikadagi o`z koloniyalariga shunday konstitutsiyalar in'om etgan.
Amal qilish vaqtiga ko`ra, muddati cheklangan va cheklanmagan, ya'ni muvaqqat va doimiy amal qiluvchi konstitutsiyalar bo`ladi. Muvaqqat konstitutsiyalar ma'lum muddatga yoki muayyan vaziyat vujudga kelgunga qadar qabul qilinadi. Masalan, Tailandning 1959 yildagi Konstitutsiyasi to Ta'sis majlis doimiy konstitutsiya loyihasini ishlab chiqqunga qadar amalda bo`ldi. Ko`pchilik konstitutsiyalar doimiy amal qiluvchi qonunlar hisoblanadi. Biroq bu hol ularning abadiyligini kafolatlamaydi. Mamlakatda siyosiy vaziyatning o`zgarishi aksariyat hollarda yangi konstitutsiya qabul qilinishiga olib keladi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida harbiy to`ntarishlar oqibatida konstitutsiyalar juda tez-tez o`zgarib turadi. Masalan, 60 yillarning o`rtalarigacha Boliviyada — 20 ta, Kolumbiyada — 11 ta, Dominikan Respublikasida — 15 ta, Gaitida — 23 ta, Venesuelada — 22 ta konstitutsiya qabul qilindi.
Bir qator konstitutsiyalar matnida ularning abadiyligi, o`zgarmasligi haqidagi qoida mustahkamlab qo`yilganini uchratish mumkin. Masalan, Meksikaning 1917 yilgi Konstitutsiyasida «o`zgarmas» (136-modda) deb yozilgan. Gretsiyaning 1975 yildagi Konstitutsiyasida unga rioya etish greklarning vatanparvarligi bilan ta'minlanishi belgilangan. Ular Konstitutsiyaning bekor qilinishiga barcha vositalar bilan qarshilik
ko`rsatishga haqli ekanliklari yozilgan (120-modda. 4qism).
Konstitutsiyalarni mazmuni va tabiatiga ko`ra ham tasniflash mumkin. Siyosiy rejimni rasmiylashtirishga qarab konstitutsiyalar demokratik va avtoritar bo`lishi mumkin. Avtoritar konstitutsiyalar ichida yana totalitar konstitutsiyalar bo`lishi e'tirof etiladi.
Demokratik konstitutsiyalar fuqarolarning muayyan huquq va erkinliklarini kafolatlaydi, siyosiy partiyalarning erkin shakllanishi va faoliyat ko`rsatishiga yo`l qo`yadi, hokimiyat idoralari ta'sis etilishining saylov tartibini o`rnatadi va hokazo.
Avtoritar konstitutsiyalar siyosiy partiyalar faoliyatini cheklaydi yoki taqiqlaydi, ba'zan yakka partiyaning hukmronligini o`rnatadi. Nomiga e'lon qilingan konstitutsiyalar fuqarolar huquq va erkinliklarini jiddiy cheklash yo`lini tutadi. Avtoritar (totalitar) konstitutsiyalar haddan ziyod mafkuralashganligi bilan ajralib turadi.
Boshqaruv shaklini mustahkamlash hamda davlat boshlig`i lavozimini egallash tartibiga ko`ra, monarxiya va respublika konstitutsiyalari bo`lishi mumkin; siyosiy hududiy tuzilishni belgilashiga qarab — federativ va unitar konstitutsiyalar farqlanadi. Federativ davlatlarda federal konstitutsiya va federatsiya subyektining konstitutsiyasi mavjud bo`ladi.
O`zgartirilish tartibi (usuli)ga ko`ra, «yumshoq» va «qattiq» konstitutsiyalar bo`ladi.
«Yumshoq» konstitutsiyalar oddiy qonunlar uchun belgilangan tartib asosida o`zgartiriladi yoki to`ldiriladi. «Qattiq» konstitutsiyalar alohida o`rnatilgan tartibga muvofiq (qo`shimchalar taqdim etilgandan so`ng ma'lum vaqt o`tgach yoki malakali ovoz berish — deputatlarning 2/3 qismi ovozi bilan, federatsiya subyektlarining hammasi ratifikatsiya qilgan taqdirda va hokazo) o`zgarishi mumkin. Masalan, AQSH Konstitutsiyasiga ikki yuz yildan ortiq amal qilishi mobaynida atigi 27 ta tuzatish kiritilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ham «qattiq» konstitutsiyalar qatoriga kiritish lozim.
Nazorat savollari.
A . Beriladigan savollar :
1.Konstitutsiya so`zining ma`nosi?
2.O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining tuzilishi qanday?
3.2009 yilda konstitutsiyaning qaysi moddalariga o`zgartirish kiritildl?.
4. Hozirda O`z Res O M qonunchilik palatasida nechta deputat bor?

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling