Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet17/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

4. Konstitutsiya turlari
So`nggi ikki yuz yillan ortiq konstitutsiyaviy taraqqiyot mobaynida turli mamlakatlarda nihoyatda ko`p konstitutsiyalar qabul qilindi. Ularning ichki kompozitsiyasi (tuzilishi), tartibga soladigan masalalari. tashqi belgilarida o`xshashliklar mavjud bo`lsada, barcha konstitutsiyalarni mazmuni, mohiyati, ijtimoiy vazifalariga ko`ra tasniflash ma'lum turlarga ajratish mumkin.
Konstitutsiyalarni ularning umumiy xususiyatlari asosida tasniflash, turli toifalarga ajratish ko`p sonli konstitutsiyalar ichida mo`ljal olishni osonlashtiradi, ular orasidagi qonuniyatli aloqalarni aniqlashga, huquqiy tizimdagi ahamiyati va o`rnini belgilashga imkon beradi. Eng muhimi, dunyodagi konstitutsiyalarning ijtimoiy yo`nalishini, mazmuni va mohiyatini anglashga ko`maklashadi.
Tasniflash dunyoviy konstitutsiyaviy qonunchilikning umumiy manzarasini ko`z oldimizga keltirish imkonini yaratadi. To`g`ri, tasniflashning ahamiyatiga ortiqcha baho berib yubormaslik lozim. Konstitutsiyalarni tasniflash aslida shartli bo`lib, u har bir konstitutsiyaning qabul qilinish shart-sharoitini, unda ifodalanadigan siyosiy kuchlar nisbatini, mamlakatning tarixiy va milliy an'analarini to`la to`kis qamrab ololmaydi.
Biroq tasniflash yordamida konstitutsiyalarning umumiy, mohiyatiga oid belgi va xususiyatlarini, tabiatini anglash mumkin. Keng ma'noda olganda, tasniflash bizning konstitutsiyalar haqidagi bilimlarimizni aniqroq shakllantiradi va tizimlashtiradi.
Turli mamlakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga (kriteriyalarga) asoslanib, har xil guruhlarga (turlarga) bo`lish mumkin.
Birinchidan, Konstitutsiyalarni ularning mohiyatiga ko`ra quyidagi turlarga bo`lish mumkin:

  • Yuridik Konstitutsiya (formal)-davlatning Asosiy Qonuni.

  • Ijtimoiy (sotsial) Konstitutsiya (amaliy)-amaldagi real ijtimoiy munosabatlar.

  • Tirik Konstitutsiya-AQSH Oliy Sudi bu Konstitutsiyani o`zgarayotgan ijtimoiy mezonlariga moslab kelmoqda.

  • Fiktiv (soxta) Konstitutsiya-SSSRning 1936 yil Konstitutsiyasi.

  • Moddiy Konstitutsiya-konstitutsiyaviy tuzum va inson huquqlarini tartibga soluvchi qonundir.

  • Formal Konstitutsiya- Asosiy Qonun bo`lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega.

Ikkinchidan, Konstitutsiyalarni shakliga ko`ra quyidagi turlaga bo`lish mumkin:

  • Yozma konstitutsiyalar.

  • Og`zaki (yozilmagan) konstitutsiyalar-Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari.

  • Yaxlit konstitutsiyalar-Konstitutsiya matni yaxlit bo`lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan, O`zbekiston, Rossiya, Braziliya Konstitutsiyalari yaxlit Konstitutsiyalarga misol bo`la oladi.

  • Yaxlit bo`lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar-bunday Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan iborat bo`ladi. Masalan, Shvetsiya, Finlandiya, Isroil konstitutsiyalari.

  • Yumshoq konstitutsiyalar-bunday Konstitutsiyalar oddiy qonunlar kabi o`zgartiriladi. Masalan, Buyuk Britaniya Konstitutsiyasiga 350ga yaqin qonunlar kiradi va oddiy tartibda o`zgartiriladi.

  • Qattiq konstitutsiyalar- alohida murakkab tartibda o`zgartiriladi. Masalan, AQSH, Rossiya, O`zbekiston konstitutsiyalari.

  • Doimiy konstitutsiyalar. Aksariyat konstitutsiyalar doimiydir.

  • Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar-Iroqda 1970 yil Birlashgan Arab Amirligida 1971 yildan beri harakatda bo`lgan konstitutsiyalar.

Uchinchidan, Konstitutsiyalarni ularni ijtimoiy mazmuniga qarab ham bir necha turga bo`lish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar subyektlarining Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy davrda qabul qilingan bo`lib, har xil ijtimoiy mazmunga ega. 1.Farb mamlakatlari Konstitutsiyalari. 2.Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari. 3. O`tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari.
4. Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling