Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Davlat boshqaruvi quyidagi xususiyatlarga ega
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
Davlat boshqaruvi quyidagi xususiyatlarga ega:
-tashkilotchilik faoliyatining mavjudligi; -davlat-hokimiyat xususiyatiga ega ekanligi; -boshqaruv faoliyatini amalga oshirish jarayonida davlatning -ijtimoiy-madanly, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faoliyat sohalaridagi funksiyalarni bajarilishi; -vakolat boshqaruv subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. Shunday qilib, davlat boshqaruvi ijtimoiy hayotning eng muhim tarmoqlarini qamrab oladi, bu jarayonda xo'jalik tashkilotchilik, madaniy, ma'rifiy ishlar amalga oshiriladi, ma'muriy-siyosiy masalalar hal qilinadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ma'muriy huquq sohasiga ushbu tarzda ta'rif bersa bo'ladi. Davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni o'z ichiga olgan huquqning alohida tarmog'i ma'muriy huquq deb ataladi. Masalan, «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi qonunda ifodalangan ma'muriy huquq normalari hukumatning shakllanishi va tashkil etilishi tartibini, vakolatlari, qaysi tashkilotga hisobdor ekanligi va mas'uliyatini, davlatning boshqa organlari bilan o'zaro munosabatini belgilab beradi. Ma'muriy huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlar asosan, quyidagilardan iborat: 1.tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga ho'ysunadigan davlat organlari (O'zbckiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan vazirliklar, qo 'mitalar, hokimliklar) o 'rtasidagi munosabatlar; 2.bir-biriga bo 'ysunmaydigan davlat boshqaruv organlari (ikki vazirlik, ikki hokimlik vahk.) o'rtasidagi munosabatlar; 3.davlat boshqaruv organlari va ularga bo 'ysunadigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o 'rtasidagi munosabatlar; 4.davlat boshqaruv organlari va jamoat birlashmalari (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va boshqalar) o'rtasidagi munosabatlar; 5.davlat boshqaruv organlari va fuqarolar o'rtasidagi muno sabatlar. Ma'muriy huquq predmeti — ijroiya hokimiyat faoliyatini tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar yig'in-disidir. Mamlakatimizning tashkiliy qurilish vazifalarini hal qilishda ma'muriy huquqning ahamiyati katta. Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma'muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. Ya'ni, aynan ma'muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil etish, o'zgartirish yoki tugatish qoidalarini belgilab beradi. Ma'muriy huquq normalari shu bilan birga boshqariluvchi obyektlarning faoliyatini, uning davlat boshqaruvi organlari bilan o'zaro aloqalarini tartibga solib turadi. Ushbu normalar rejalash-tirish tartibini, moddiy resurslarni taqsimlashni, ish haqini belgilash bilan bogiiq munosabatlarni ham tartibga soladi. Ma'muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatini ham tartibga soladi. Misol uchun, yo'l harakati qoidalari, jamoat joyida yurish-turish qoidalari, ov qilish, savdo, sanitariya va yong'indan saqlash qoidalari va hk. Shunday qilib, ma'muriy huquq normalari qanday qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik) ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishi, ma'muriy javobgarlik turlari va usulini, bunday huquqbuzarliklarni ko'rib chiqish tartibini o'rnatadi. Ma'muriy huquq fanining boshqa huquqiy fanlar bilan o'zaro aloqalari, munosabatlariga kelsak, shuni aytib o'tish joizki, ma'muriy huquq boshqa huquqiy fanlar bilan chambarchas bog'liq. Xususan, oldingi mavzuda biz davlat (konstitutsiyaviy) huquqi sohasida fikr bildirgan edik. Agar mana shu huquq sohasi misolida ma'muriy huquqning boshqa huquq sohalari bilan o'zaro munosabatlari haqida fikr yuritadigan bo'lsak, aytib o'tish joizki, ma'muriy huquq davlat (konstitutsiyaviy) huquqi faniga juda yaqin turadi. Lekin shu bilan birga bu ikki fan o'rtasida o'zaro farqlar ham mavjud. Jumladan, davlat (konstitutsiyaviy) huquqida davlatning ijtimoiy tuzilishi va siyosatining asoslari, davlat bilan shaxs o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilish, davlat organlari tizimining asoslari ifodalangan. Davlat huquqi fanining predmeti ma'muriy huquq fanining predmetiga nisbatan kengdir. Masalan, davlat huquqi barcha davlat organlari uchun umumiy bo'lgan tashkil etish va faoliyat ko'rsatish tamoyillarini belgilab bersa, ma'muriy huquq normalari esa yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ularni qo'llashni tartibga soladi. Davlat huquqi fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini belgilab beradi. Ma'muriy huquq esa davlat huquqining ko'pgina normalarini yanada aniqlashtiradi, fuqarolarning huquqiy maqomini asosiy bo'lmagan boshqa huquq va majburiyatlar bajarilishining boshqaruv mexanizmini belgilab beradi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Ushbu jarayon davlal (konstitutsiyaviy) huquq nomalari bilan tartibga solinadi. Ma'muriy huquq csa niana shu shikoyatlarni qaysi organga tegishliligini, shikoyatni ko'rib chiqish muddati va tartibini hamda boshqa tomonlarini tartibga soladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling