Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet22/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

birinchi guruh: konstitutsiyaviy tizimni tashkil etish, ta’minlash va himoya qilish bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni;
ikkinchi guruh: insonlarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tartibiga solish, himoya qilish, qo’riqlash va kafolatlash bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni;
uchinchi guruh: «shaxs-jamiyat-davlat” o’rtasidagi eng muhim munosabatlarni tartibga soladi.
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi ob’ekti
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqining ob’ekti – konstitutsiyaviy huquq normalari tomonidan tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy huquq ob’ektiga quyidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy normalar kiradi:
birinchidan, konstitutsiyaviy huquqning asosiy printsiplari;
ikkinchidan, davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish.
Konstitutsiyaviy huquq ob’ekti – ushbu huquq sohasining chegaralarini belgilaydi va boshqa huquq sohalaridan farqlanishini ko’rsatadi.
Konstitutsiyaviy huquq ob’ekti, avvalombor, konstitutsiyaviy huquq tushunchasini berishga imkon yaratadi. Bunda konstitutsiyaviy huquq tushunchasi uning asosiy institutlarini ochib berish yo’li bilan beriladi.
4. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi sub’ektlari
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi sub’ektlari konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan hamda muayyan huquq va majburiyatlarga ega jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq sub’ektlarini ikki katta guruhga bo’lish mumkin:
birinchi guruh: jismoniy shaxslar. Har bir davlatda har bir shaxs muayyan huquqiy maqomga ega bo’ladi va bu maqom, avvalambor, konstitutsiyaviy huquq normalari bilan belgilanadi. SHaxs o’z huquqiy maqomiga ko’ra fuqaro, chet ellik yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs bo’lishi mumkin. SHaxs o’z huquqiy maqomiga ko’ra turli hajmdagi siyosiy, shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarga ega bo’ladi. SHaxsiy huquqlar barcha insonlarga tegishlidir.
ikkinchi guruh: yuridik shaxslar. Egallagan maqomi konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan yuridik shaxslar konstitutsiyaviy huquqning sub’ektlari bo’ladi va ularning huquqiy maqomi turlichadir.
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy huquqi sub’ektlari jumlasiga quyidagi yuridik shaxslar kiradi:
1)davlat va uning organlari;
2)jamoat birlashmalari;
3)siyosiy partiyalar;
4)fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari.
Konstitutsiyaviy huquqning asosiy sub’ekti insondir. Inson, uning huquqlari va erkinliklari konstitutsiyaviy huquqning mazmun mohiyatini belgilab beradi.
Nazorat savollari.
A . Beriladigan savollar :
1.Konstitutsiyaning qanday turlari bor?
2.O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining tuzilishi qanday?
3.2001 yilda konstitutsiyaning qaysi moddalariga o`zgartirish kiritildl?.
4. Hozirda O`z Res O M Yuqori palatasida nechta deputat bor?

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling