Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet30/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

Ma'muriy majburlov ma'muriy hokimiyatni amalga oshi-rishdan iborat maxsus vakolatlar berilgan ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar)ning odamlarni huquqiy ko'rsatmalarni bajarishga majbur qilish, huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda esa — ularga ma'muriy jazo chorasini ko'rish bo'yicha tashkiliy, jismoniy va ruhiy ta'sir ko'rsatishini bildiradi.
Ma'muriy majburlov davlat majburlovining turlaridan biri bo'lib, asosan, davlat boshqaruvi sohasida huquqiy tartibni ta'minlash va muhofaza etishning oxirgi chorasi sifatida qo'l-laniladi, ya'ni jazolash funksiyasini bajaradi. Biroq uning vazifalari shular bilan cheklanmaydi. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish maqsadida ma'muriy majburlov choralari boshqacha vazifalarni ham bajaradi, ya'ni nafaqat (intizomiy va ma'muriy) huquqbuzarliklar uchun jazo sifatida, balki ularning oldini olish va ularni to'xtatib qolish uchun ham qo'llaniladi. Shunday qilib, ular jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini ta'minlaydi.
Ma'muriy majburlovga suddan tashqaridagi tartib xos, ya'ni majburlov (ishni to'xtatib qo'yish, g'ayriqonuniy tarzda olingan narsalarni olib qo'yish, jarima solish va boshqa) choralar tegishli
ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar — ichki ishlar organlari, nazorat-tekshirish organlari, ma'muriy komissiyalar va boshqalar), ya'ni ushbu choralarni o'z faoliyatida sudga murojaat etmay turib bevosita qo'llaydigan organlarning vakolatlariga kiritilgan. Biroq O'zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda ma'muriy majburlov choralarining ayrimlarini sudlar (sudyalar) qo'llaydilar. Chunonchi, bu ma'muriy huquqbuzarlik, masalan, mayda bezorilik uchun eng qattiq ma'muriy jazolarni qo'llash hollariga taalluqli. Ma'muriy choralar nafaqat alohida shaxslarga, balki tashkilotlarga nisbatan ham qo'llaniladi.
Ma'muriy majburlov — ijro etuvchi organ (mansabdor shaxs)ning qonunga asoslangan va undan kelib chiqadigan hamda jamoat tartibini saqlashga, jamoat xavfsizligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan faoliyatdir. Ma'muriy majburlov choralari xilma-xildir. Ularni, maqsadiga ko'ra, to'rt guruhga bo'lish mumkin:

  • ma 'muriy oldini olish choralari;

  • ma 'muriy cheklash choralari;

  • ma 'muriy tiklash choralari;

  • ma 'muriy javobgarlik choralari.

Ma'muriy oldini olish choralari majburlov tusiga ega bo'lib, baxtsiz hodisalar, tabiiy ofatlar bo'lganda yuz berish ehtimoli bo'lgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida qo'llaniladi. Ko'pincha ulardan fuqarolar hayoti va sog'lig'iga nisbatan tug'ilishi mumkin bo'lgan xavfning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta'minlash uchun foydalaniladi. Ma'muriy oldini olish choralari huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish. Bunday choralar xilma-xil bo'lib, ular orasida eng ko'p tarqalganlari quyidagilardir:

  • kontrol va nazorat tekshiruvlari;

  • ashyolarni ko'zdan kechirish va shaxsni ko'rikdan o'tkazish
    (bojxona, ichki ishlar xodimlari amalga oshiradilar);

  • insonning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish;

  • ma'muriy nazorat;

- karantin joriy qilish (epidemiya va epizootiyalar chog'ida);
-jamoat xavfsizligiga tahdid tug'ilganda transport va piyodalar
harakatini to'xtatish;
Shaxslarning tibbiy holatini va umumiy ovqatlanish korxo-nalarining sanitariya holatini qayd etish;

- davlat chegarasining muayyan qismini yopib qo'yish va hk.
Bu va boshqa choralarni qo'llash qonun hujjatlari bilan qat'iy
tartibga solingan.
Ma 'mwiy cheklash choralari g'ayriqonuniy harakatni majburiy tartibda to'xtatish va ularningzararli oqibatlarining oldini olish zarur bo'lgan hollarda qoilaniladi. Ular ham xilma-xii bo'lib. ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan qo'llaniladi.
Ularga quyidagilar kiradi:

  • qonunga xilof xatti-harakallarni to'xtatish talabi (masalan, ichkiishlar organlari xodimlari, fuqarolar va mansabdor shaxslardan ma'muriy huquqbuzarliklar sodir ctishni to'xtatishni talab qilishga haqlidirlar);

  • huquqbuzarni ushlab keltirish;

  • qurol ishlatish (masalan, haydovchi odamlarning sog'lig'i vahayoti uchun haqiqiy xavf tug'dirayotgan bo'lsa, transport vositasini to'xtatish uchun);

  • atrofdagilar uchun xavfli bo'lgan kasalliklar bilan og'rigan shaxslarni majburiy davolash;

  • texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash;

  • korxona va tashkilotlar barcha uchun majburiy u yoki bu qoidalarni buzgan taqdirda ularning faoliyalini to'xtatish yoxud tugatish va hokazo.

Ma'muriy-tiklovchi choralar ashyolarning avvalgi holatini tiklash, yetkazilgan zararni qoplash maqsadida qo'llaniladi. Shu bois ushbu choralarning turi va miqdori huquqbuzar yetkazgan zarar xususiyatiga,, va miqdoriga bog'liq. Ularga quyidagilar kiradi:

  • ruxsat so'ramay qurilgan binolar va inshootlarni buzib tashlash;

  • beruxsat egallab olingan turar-joydan ko'chirib yuborish;

  • tashkilotlardan qonunga xilof tarzda egallagan narsalarni olib qo'yish;

  • voyaga yetmagan farzandi yetkazgan zararni Lining ola-onasidan undirish va hokazo.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling