Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet28/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

4.

Mustahkamlash
(qo’llash )

35 minut.

_Har bir guruh mustaqil fikirlarini tinglaydi va ularni umumlashtiradi. Yangi mavzuni o’quvchilar kasbiy faoliyatida va hayotida qanchalik dolzarbligini alohida uqtiradi.Og’zaki savol-javob o’tkazadi. Yangi mavzuga oid o’quvchilar tomonidan tayyorlangan ma’lumotlarni eshitadi va baholaydi.

Og’zaki savol-javob.

Savollar.





5.

Yakuniy qism



5
minut.



_Kichik guruhlar ishini baholaydi va izohlaydi.Faol o’quvchilarni rag’batlatlantiradi. O’quv maqsadiga erishishish darajasini tahlil qiladi. Darsni yakunlaydi va uyga vazifa topshiriladi. Huquqshunoslik. III bob. Konspekt

Og’zaki so’rov; tezkor so’rov .
Yozma so’rov; test savollari orqali.
Suhbat. Baholash,tushuntirish.

Kitoblar qo’shimcha adabiyotlar



O’qituvchi ______ Qo`ldashev M.G`.
(imzo) (F.I.O)


Reja:
1 Davlat bоshqaruv оrganlari tushunchasi, turlari va tuzimi.
2. Ma’muriy huquqbuzarlik, ma’muriy javоbgarlik va ma’muriy jazо.
3. Ma’muriy majburlоv, uning xususiyatlari va turlari.


Ma 'muriy-huquqiy normalar — davlat boshqaruvi sohasida davlat boshqaruvi organlari, davlat xizmatchilari, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlar, mehnat jamoalari va fuqarolarning qonunchilik bilan ruxsat etilgan yurish-turish chegarasini belgilab beradi. Lozim tarzdagi xulq-atvor qaysi harakatlarni sodir etish mumkin (ruxsat etiladigan xatti-harakatlar), qaysilaridan o'zni tiyish kerak (taqiqlar), qaysilarini bajarish zarur (ko'rsatmalar) ekanligini ko'rsatishni taqozo etadi. Inson xulq-atvoriga boshqaruv ta'sirini ko'rsatishning mohiyali ana shunda namoyon bo'ladi. Bunda ma'muriy-huquqiy normalarning muhim xususiyatiga e'tiborni qaratish kerak. Ushbu normalar, avvalo, ijro etuvchi hokimiyat (davlat boshqaruvi) subyektlariga qaratilgan majburiy xulq-atvor qoidalariga ega. Shunga qaramay, ularning boshqaruv ta'siri ostida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar har qanday huquqiy munosa-batlarga xos bo'lgan bunday munosabatlar ishtirokchilarining burch va huquqlari mosligi, ularning hokimiyat irodasi qaratilgan shaxslar manfaatlarini ta'minlashga yo'nalganligi kabi sifatlardan mahrum bo'lmaydi. Huquqiy norma ta'sirida yuzaga kclgan subyektlarning o'zaro huquq va majburiyatlari ma'muriy-huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Ma'muriy-huquqiy munosabatlar va ularning tur/ari. Ma'muriy-huquqiy munosabat deganda, ma'muriy-huquqiy norma bilan tartibga solingan, taraflar ma'muriy-huquqiy normalar vositasida o'rnatilgan hamda kafolatlangan o'zaro majburiyatlar va huquqlar egasi bo'lib maydonga chiqadigan boshqaruv sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Ma'muriy-huquqiy munosabatlar turli mezonlar bo'yicha tasniflanadi. Ularga, avvalo, ijro etuvchi hokimiyat organlarining u yoki bu obyektga boshqaruv yoki tartibga solish xususiyatiga ega bo'lgan ta'sir ko'rsatishidan iborat yuridik imkoniyati kiradi.
Yuridik xususiyatga ko'ra, ma'muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o'zaro munosabatlari vertikal va gorizontal huquqiy munosabatlarga ajratiladi.
Vertikal huquqiy munosabatlar ma'muriy-huquqiy boshqa-ruvning hamda subyekt va obyekt o'rtasida yuzaga keladigan davlat boshqaruv faoliyati uchun xos bo'lgan subordinatsiya aloqalarining mohiyatini eng ko'p darajada aks ettiradi. Odatda hokimiyat munosabatlari deb ataladigan munosabatlar aynan shu muno-sabatlardir.
Gorizontal huquqiy munosabatlar deganda, taraflar amalda va yuridik jihatdan teng huquqli bo'ladigan munosabatlar tushuniladi. Binobarin, ularda bir tarafning boshqa taraf uchun bajarilishi majburiy bo'lgan yuridik hokimiyat ko'rsatmalari bo'lmaydi. Ishtirokchilarning tarkibiga ko'ra, huquqiy munosabatlar apparat ichkarisidagi va tashqarisidagi munosabatlarga bo'linadi. Birinchi holda mavjud bo'lishi shart bo'lgan (majburiy) subyekt (ma'muriy hokimiyat egasi, apparat bo'g'ini) apparatning boshqa bo'g'inlari (organlar, xizmatchilar va boshqalar) bilan munosabatga kirishadi. Ushbu huquqiy munosabatlar ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimini, organlar va xizmatchilarning vakolatlarini, ularning o'zaro munosabatlarini apparal ichidagi ishlar shakli va usullarini belgilovchi ma'muriy-huquqiy normalarga asoslanadi. Ikkinchi holda, majburiy subyekt fuqarolar, davlatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling