Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi
- TAYANCH ATAMALAR
O’qituvchi ______ Qo`ldashev M.G`. (imzo) (F.I.O) REJA: 1. Fuqarоliuk huquqi tushunchasi, tamоyillari, tizimi. 2. Fuqarоlarning huquq va muоmala layoqatlari. 3. Yuridik shaxslar, ularning vujudga kelishi va bekоr bo’lishi. TAYANCH ATAMALAR Fuqarо, fuqarоlik, yuridik shaxs, bitim, shartnоma, mulk huquqi, majburiyat huquqi, vоsitalik huquqi, mualliflik huquqi. Fuqarolik huquqi tushunchasi va manbalari Fuqarolik huquqi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari. yuridik shaxslari ishtirokidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy hamda tovar-pul munosabatlarini tartibga solib turuvchi nornialar yig'indisidan iborai alohida huquq sohasi bo'lib, ularning yuridik tengligi, mulkiy mustaqilligi hamda iroda erkinligiga tayanadi. Fuqarolik huquqi mulkchilik munosabatlarini, iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining shartnomaviy aloqalarini (oldi-sotdi, pudrat, sug'urta va hk.). shuningdck. yetkazilgan zararni qoplash bilan bog'liq inlcllektual mulk, merosga oid munosabatlarni tartibga soladi. Huquqning har qanday sohasi kabi, fuqarolik huquqining eng muhim normalari O'zbekistonning Konstitutsiyasida o'z ifodasini topgan. Chunonchi, har birdavlatda iqtisodiy munosabatlar ncgizini moddiy ne'matlarga egalik huquqi tashkil etadi. O'zbekiston Konstitutsiyasida tadbirkorlik hamda qonun tomonidan taqiqlanmagan boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish, davlat hokimiyati organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararning davlat tomonidan qoplanishini talab etish huquqi kabi qoidalar mustahkamlangan. Fuqarolik huquqi bir qancha huquqiy institutlar (mulk huquqi, majburiyat huquqi, shaxsiy nomulkiy huquqlar, ijod faoliyati natijalariga bo'lgan huquq, meros huquqi)dan iborat tizimni aks cttiradi. Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. Fuqarolik huquqining mclodi fuqarolik huquqiy munosaballarda qatnashuvchi laraflarning tengligi, ushbu huquq sohasidagi normalarning ko'pchiligi dispozitiv ekanligi (ishtirokchilar uchun xulq-alvor turini tanlashning mumkinligi) nizolarni sudda, xo'jalik sudida hal etish orqali tavsiflanadi. Fuqarolik huquqining manbalari, ularning ahamiyati (yuridik kuchi)ga qarab, quyidagi turlarga bo'linadi: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunlar; qonun osti hujjatlar — O 'zbekiston Respublikasi Prezidentining fannonlari, O 'zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari, vazirlik va tashkilotlarning buyruq va yo 'riqnomalari; - ish muomalasi odatlari, niahalliv odat va an 'analar. Shunday boisa-da, «fuqarolik huquqi manbalari» tushunchasi «fuqarolik qonunlari» tushunchasidan kengroqdir, zero fuqarolik huquqiga oid munosabatlar nafaqat qonunlar, balki qonun osti hujjatlari (masalan, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va boshqalar) bilan ham tartibga solinadi. Fuqarolik huquqiga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar sirasiga ish muomalasi an'analari kiradi. Ular ishbilar-monlik faoliyatining biror-bir sohasida tarkib topgan hamda keng qoilaniladigan boiib, biroq qonunda nazarda tutilmagan. Ular mazkur munosabatlar ishtirokchilari uchun majburiy boigan qonun-qoidalar hamda shartnomaga zid boimasligi kerak. Fuqarolik huquqining eng muhim hujjati O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon — FK) hisoblanadi. Amaldagi Fuqarolik kodeksi ikkita (umumiy va maxsus) qismdan iborat. FKning birinchi (umumiy) qismida fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan hamda boshqa turdagi munosabatlar doirasida alohida ahamiyatga ega boigan asosiy qoidalar o'z aksini topgan. Ularda fuqarolik qonunlarining asosiy tushuncha va prinsiplari: fuqarolik huquqlarini himoyalash usullari; fuqarolik huquqi obyektlari; fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holati; mulkchilik huquqi hamda boshqa mulkiy huquqlarning yuzaga kelish asoslari hamda ularni amalga oshirish tartiblari; shartnoma asosidagi hamda boshqa turdagi majburiyatlarning asosiy qoidalari belgilangan. Kodeksning ikkinchi (maxsus) qismi muayyan turdagi shart-nomalar hamda shartnomadan tashqari majburiyatlar: oldi-sotdi, ijara, pudrat, yuk tashish, qarz va kredit, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar, mualliflik, ixtirochilik hamda boshqa alohida huquqlar, vorislik huquqi va xalqaro xususiy huquq normalarini o'z ichiga oladi. Fuqarolik huquqiga oid munosabatlar, shuningdek, alohida qonunlar bilan ham tartibga solinadi. Masalan, «O'zbekiston Respublikasida mulkchilik to'g'risida»gi, «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risida»gi, «Istc'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasida korxonalar to'g'risida»gi, «Garov to'g'risida»gi, «Auditorlik faoliyati to'g'risida»gi, «Mualliflik huquq va turdosh huquqlar to'g'risi»gi, «Lizing to'g'risida»gi, «N'odavlat notijorat tashkilotlari to"g'risida»gi va boshqa qonunlar. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling