Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
Fuqarolar va ijro etuvchi hokimiyat organlari. Ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni alohida guruhga ajratish mumkin.
Ma'muriy huquqda fuqarolarning huquqlarini mustahkamlovchi va ularning boshqaruv organlari bilan munosabatlarini tartibga soluvchi normalar yctarlicha katta o'rin egallaydi. Subyektlarini boshqaruv organlari (mansabdor shaxslar) va fuqarolar tashkil etadigan munosabatlar huquqiy voqelikdagi eng an'anaviy munosabatlardir. Har qanday fuqaro o'z hayoti mobaynida ma'muriy, huquqni muhofaza qiluvchi muassasalar va ularning mansabdor shaxslari bilan, transport va aloqa organlari bilan, soliq organlari, pasport idorasi, bojxona xizmati, ijtimoiy himoya va boshqa idoralarning xodimlari bilan ma'muriy-huquqiy munosabatlarga kirishadi. Fuqarolar o'rtasidagi munosabatlar ma'muriy-huquqiy munosabatlarning alohida guruhini tashkil qiladi. Fuqarolar o'rasidagi ko'pgina munosabatlar ma'muriy-huquqiy normalar bilan tartibga solinganligi uchun ma'muriy-huquqiy munosabatlarga kiradi. Ushbu munosabatlar ko'proq jamoat tartibi, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish sohalarida yuzaga keladi hamda qonunchilik fuqarolarga jamoat joylaridagi o'zaro munosabatlarini, mustaqil ravishda, boshqarishning huquq va manfaatlariga rioya etgan holda tartibga solish majburiyatini yuklaydi Ijro etuvchi hokimiyatning xususiyatlari. Ijro etuvchi hokimi-yatning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: Ijro etuvchi hokimiyat O'zbekiston Respublikasi yagona davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati bilan yaqindan aloqada bo'lgan nisbatan mustaqil larmog'i (turi, ko'rinishijdir; Yagona davlat hokimiyatining ko'rinishi bo'lgan ijro etuvchi hokimiyat hozirgi vaqtda ijro etuvchi organlar deb nomlanadi,amalda esa davlat boshqaruvchi organlari bo'lgan davlat apparatining maxsus bo'g'inlari taoliyatida real xususiyat kasb etadi; ijro etuvchi hokimiyat davlat boshqaruvi organlari tizimidanamoyon boiadi. ularga respublika hukumati, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari, mahalliy ijro etuvchi organlar, davlatmuassasalari va korxonalarining ma'muriyati kiradi; 4) ijro etuvchi hokimiyal zamon va makonda universalxususiyatga ega, ya'ni uzluksiz va insonlar faoliyat ko'rsatayotgan barcha joylarda amalga oshiriladi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari mazmuni bo'yicha ijro etuvchi va ko'rsatma beruvchi faoliyatni amalga oshiradi. Qonunga muvofiq, ular davlat va hokimiyat vakolatlariga, jumladan, huquqiy hujjatlar chiqarish va ularni amalga oshirish vakolatlariga ega. Umuman olganda, ushbu organlar mustaqil ravishda qonun hujjatlari chiqarish. ularni qo'llash hamda huquqni muhofaza qilishdan iborat keng doiradagi vakolatlarga egadirlar. Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining qonun asosida boiishi xususiyatiga egaligi ularning huquqiy holatidagi eng muhim jihatdir. Ular o'zlarining barcha shakldagi faoliyatida Konstitutsiya, qonunlarning talablariga qat'iy rioya etishlari, ularni bajarishlari va o'z vakolatlari doirasida boshqalarning bajarishlarini ta'min-lashga yordam berishlari kerak; 5) ijro eluvchi hokimiyat davlat xizmati orqali amalgam oshiriladi. Davlat xizmati deganda, fuqarolarning davlat organlaridagi davlat boshqaruvini amalga oshirishga qaratilgan professional faoliyali tushuniladi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari muayyan bo'linmalar (bo'lim, boshqarmalar)dan tashkil topadi. Ularning har biri xizmatchilar egallab turgan lavozimlar yig'indisidan iborat; 6) ijro etuvchi hokimiyatning muhim jihati — uning bevosita qoi ostida ulkan resurslar, ya'ni huquqiy, axborot, iqtisodiy, texnikaviy, mafkuraviy. lashkiliy resurslarning mavjudligi yoki uning predmetli xususiyatidir. Ijro etuvchi hokimiyat qo'lida davlatning amaldagi qudrati jamlangan. U ulkan hududlar, ko'plab odamlar, resurslarga tayanadi, xizmatdagi lavozim bo'yicha ko'tarishlar va rag'bat-lantirish vositalaridan foydalanadi. Bundan tashqari. ijro etuvchi hokimiyat organlarining bevosita qo'l ostida Qurolli Kuchiar, chunonchi, armiya, mililsiya, milliy xavfsizlik xizmati mavjud. O'zbekision Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Vazirlar Mahkamasi, ya'ni O'zbekiston Respublikasi hukumati ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarini amalga oshiradi, ijro organlari tizimiga boshchilik qiladi va ularnig faoliyatiga rahbarlik qiiadi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijlimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyaliga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi. Uning huquqiy holati asoslari. tarkibi, shakllanish tartiblari O'zbekiston Respub-likasining Konstitutsiyasi (20-bob), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi 2003-yiI 29-avgustdagi yangi tahrirdagi qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan. Vazirlar Mahkamasining raisi Konstitutsiyaga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi hukumatining faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda uning o'z vakolatlarini samarali amalga oshirishi uchun choralar ko'radi. Hukumatni O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari, vazirlar, O'zbekiston Respublikasi davlat qo'mitalarining raislari, boshqa davlat xo'jalik boshqaruv organlarining rahbarlari tarkibida Respublika Prezidenti shakllantiradi va Oliy Majlis tasdiqlaydi (Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi qonunning 4-moddasi). O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirini Prezidentparlamentining roziligi bilan tayinlaydi. Hukumatning boshqa a'zolarini ham Prezident tayinlaydi. Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishini tashkil etadi, o'rinbosarlari o'rtasida vazirlarni tasdiqlaydi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'i bo'yicha xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi hukumatining vakili bo'lib xalqaro munosabatlarda sharlnomalar va bitimlarni imzolaydi, davlat va xo'jalik boshqaruvi masalalari bo'yicha qarorlar qabul qiladi, Vazirlar Mahkamasi raisining topshirig'i bo'yicha hukumat faoliyatini tashkil qilish va unga rahbarlik qiiish bilan bog'liq boshqa funksiyalarni bajaradi (Vazirlar Mahkamasi to'g'risidagi qonunning (15-moddasi) hamda Prezident va hukumat hujjatlarining bajarilishi uchun javobgar bo'ladi. Vazir yoki davlat qo'mitasining raisi huzurida maslahat beruvchi va kengashuvchi organ — vazirlik, davlat qo'mitasininng hay'ati tashkil etiladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling