Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet3/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

1. Elita nazariyasi. Bu nazariyaga ko'ra xalq ommasi davlatni boshqara olmaydi va buni hukmron sinf—elita sinf amalga oshirishi kerak deb hisoblanadi.

  1. Texnokratik nazariya. Bu nazariyaga ko'ra davlatni mutaxassis-boshqaruvchilar, menejerlar idora etishlari lozim deb hisoblanadi.

  2. Plyuralistik demokratiya nazariyasi. Bu nazariyaga ko'ra davlatni boshqarishda barcha fuqarolar ishtirok etishi kerakligi va boshqaruvda har qanday odam, har bir birlashma davlat hokimiyatida o'z «ulushiga» ega bo'ladi, davlatni boshqarishda ishtirok etadi deyiladi.

  3. Umumiy farovonlik davlati nazariyasi. Bunga ko'ra davlat barcha sinflardan ustun turar ekan, u barcha fuqarolarning farovonligi va tinch-totuv hayot kechirishligini ta'minlaydi.

  4. Huquqiy davlat nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlari davlatning butun faoliyati huquqiy maqsadlarda, huquq asosida va huquqiy vositalar ila amalga oshirilishi kerak, deb ta'kidlaydilar. Konvergensiya nazariyasi. Bu nazariya davlatning istiqboldagi rivojini bashorat qiluvchi nazariya hisoblanib, unga ko'ra davlatlar bir-birlaridan yaxshi taraflarni o'rganadilar va oxiri hamma davlatlar bir xil ko'rinishda bo'lib qoladi.

  5. Tarixiy materialistik nazariya. Bu nazariya asosida tarixiy materializm va sinfiy kurash g'oyalari yotib, unga ko'ra davlatning iqtisodiy hukmron sinfiga davlatning quroli deb qaraladi. Darhaqiqat bu har bir nazariyaning o'ziga yarasha afzallik yoki to'g'ri taraflari, shuningdek, keraksiz va noto'g'ri taraflari mavjud

Shu bilan birga davlatning mohiyati haqidagi zamonaviy qarashlar mavjud bo'lib, ular quyidagilardir:

  1. Ijtimoiy qarama-qarshiliklarni bartaraf etish (o'zaro yon bosish,
    murosa qilish va hk.) vositasi.

  2. Umumdemokratik institutlarni (inson huquqlari, oshkoralik,
    demokratiya, plyuralizm va b.) ta'minlash.

  3. Tashqi faoliyat (mudofaa, bosqinchilikdan himoyalanish,
    hududiy yaxlitlikni ta'minlash).

Davlat — suverenitetga, boshqaruvning hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishning maxsus apparatiga ega bo'lgan, shuningdek, huquq normalari (qoidalari)ni yaratishga qodir bo'lgan ommaviy hokimiyatning siyosiy-hududiy tashkiloti.
Davlat — butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega bo'lgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo'lgan yagona siyosiy tashkilot.
Davlat — jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruh, sinf va tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyatini va o'zaro munosabatini tashkil etuvchi, yo'naltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institut.
Davlat — hokimiyatning bosh instituti. Hokimiyat davlat orqali o'z siyosatini amalga oshiradi.
2-§. Davlatning kelib chiqishi va unga doir nazariyalar
Davlatning vujudga kelishini oddiygina qilib quyidagicha tushunish mumkin. Davlatni vujudga kelishi uchun ijtimoiy tabaqalashuv vujudga kelgan. Ijtimoiy tabaqalashuv esa turli xil sinflarni vujudga keltirgan, ya'ni hukmron va qaram sinflarni. Dastlabki, qaram sinflarning vujudga kelishi uchun faqatgina moddiy ehtiyoj sabab bo'lgan xolos. Ya'ni, bir guruh odamlar (hukmron sinf) turli xil yo'llar bilan ortiqcha mulk evaziga boyiy boshlaganlar va shu mulki orqali boshqa bir guruh odamlar (qaram sinf)ni boshqara olganlar. Endi bu ijtimoiy tabaqalashuv qanday sodir bo'lgan? Buning sabablari turli xil bo'lib, bir necha nazariya asosida tushuntirilgan. Shu o'rinda savol tug'iladi: qaysi nazariya to'g'riroq? Agarda tarixga nazar tashlasak turli xil davlatlarning vujudga kelishidagi tabaqalashuv turli xil omillar asosida sodir bo'lgan.
Davlatning kelib chiqishi to'g'risidagi masala ko'p asrlar davomida ko'plab mutafakkir faylasuflar, huquqshunoslar
tarixchilarni o'ylantirib kelgan. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Shulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling