Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet9/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

2. Huquq ijtimoiy norma
Jamiyatda nonnalarning ikki tizimi mavjud: texnikaviy va ijtimoiy. Texnikaviy normalar «inson — mashina» munosabatlarini tartibga soladi. Agar texnikaviy normalar bajarilmasa, Chernobil atom elektr stansiyasidagi kabi falokat sodir bo'lishi mumkin. Ijtimoiy normalar— odamlar va ularning birlashmalari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari bo'lib, ular «inson — inson» munosabatlarini tartibga soladi. Ijtimoiy normalarning turlariga quyidagilar kiradi: axloq normalari, jamoat birlashmalari normalari, milliy urf-odatlar, xalqlarning odatlari, an'ana normalari, siyosiy hayot normalari, huquq normalari, diniy normalar.
Axloq normalari — ezgulik va yovuzlik, sha'n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va mas'uliyat haqidagi axloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda o'rnatilgan xulq-atvor qoidalari.
Jamoat hirlashmalarining normalari - jamoat birlashmalarining o'z faoliyatini tartibga solish va tashkilotlarning a'zolari o'rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun o'rnatgan xulq-atvor qoidalari.
Odat normalari — kishilarning ko'p marta takrorlanganligi uchun odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o'tib kelayotgan xulq-atvor qoidalari.
An 'ana normalari — ilg'or an'analarni asrash munosabati bilan yuzaga kelgan umumlashgan va barqaror xulq-atvor qoidalari.
Marosim normalari — kishilarning ma'lum rasm-rusumlarni bajarishdagi xulq-atvor qoidalari.
Diniy normalar dindorlarning xudoga, machitga, cherkovga, bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil qilish va ularning amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.
Siyosiy normalar — alohida shaxslar va siyosiy birlashmalarning hokimiyatga munosabati masalalarini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.
Huquq normalari — davlat tomonidan belgilanadigan umum-majburiy xulq-atvor qoidalari.
Tabiiyki, ijtimoiy normalarning mazkur ro'yxati to'liq emas.
Huquq normalarining boshqa ijtimoiy normalardan farqini huquq normalari va axloq normalarini taqqoslash orqali ko'rsatib beramiz.
Huquq normalarining belgilari va tuzilishi. «Norma» so'zi lotinchadan tarjima qilinganda «qoida», «namuna» ma'nosini anglatadi.
Huquq normasi — davlat tomonidan belgilanadigan, kafolat-lanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi.
Huquq normasi umumiy xulq-atvor qoidasi sifatida:

  • hayotiy munosabatlardagi tipik, takrorlanib turadigan narsalarni umumlashtirish zarurati natijasida shakllanadi;

  • shaxsi aniqlanmagan va ko'p marta qo'llashga mo'ljallangan bo'ladi;

  • hamisha qandaydir umumiy belgilarga ega boigan shaxslar (harbiy xizmatchilar, vrachlar va hk.)ga qaratilgan bo'ladi.

Huquq normasi davlat bilan uzviy aloqadordir. Huquq normasi:
davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi;

  • davlat tomonidan normativ hujjatlarda shakllantiriladi;

  • davlat tomonidan muhofaza qilinadi, zarur bo'lgan hollarda
    davlatning majburlov kuchi bilan ta'minlanadi;

  • jamiyat va davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlaydi.

Huquq normasining asosiy vazifasi — ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Huquq normasi umummajburiy xususiyatga cga. U huquq tizimidagi birlamchi hujayradir. Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan. Ular birgalikda u yoki bu mamlakatning huquqiy tizimini tashkil etadi.
Huquq normasi, tuzilishiga ko'ra, uch tarkibiy qism: gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan tashkil topgan.
Gipoteza — huquq normasining tarkibiy qismi bo'lib, unda norma amal qila boshlaydigan, bajariladigan sharoit bayon etiladi. Misol uchun, pensiya haqidagi qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida erkaklarga umumiy mehnat staji 25-yil bo'lganidan so'ng 60 yoshdan, ayollarga esa 20 yillik staj bilan 54 yoshdan boshlab sotsial ta'minot bo'limlari tomonidan pensiya to'lanadi.
Dispozitsiya — huquq normasining shunday tarkibiy qismiki, unda xulq-atvor qoidalarining o'zi ifodalanadi, huquq subyekt-larining huquq va majburiyatlari belgilab beriladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 223-moddasida belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki O'zbekiston Respublikasiga kirish yoxud chegaradan o'tish uchun javobgarlik belgilangan. Bu huquq normasining dispozitsiyasi — hukumatning ruxsatisiz yoki qalbaki hujjatlardan foydalanib, yoinki, buning uchun belgilangan chegara punkti orqali o'tmay, davlat chegarasidan noqonuniy o'tishning taqiqlanganligidir.
Dispozitsiya — shu xulq-atvor qoidasining o'zi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq, ota-onalar o'z farzandlarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ma'naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar.
Huquq normasining huquqbuzarga nisbatan qo'llanishi lozim bo'lgan davlat majburlov choralarini belgilaydigan tarkibiy qismi sanksiya deyiladi.
Sanksiya - huquq normasini bajarmaganlik uchun davlat organlari qo'llaydigan majburlov chorasi. Sanksiyaning turlari hayfsan, jarima, ozodlikdan mahrum ctish va boshqalar bo'lishi niumkin.
Huquq normalarining mazkur tarkibiy qismlari barcha huquq normalarida ham mavjud emas. Masalan, konstitutsiyaviy huquq normalarida odatda hcch qanday sharllarsiz amal qiladigan va majburlov choralari nazarda tutilmagan qoidalar bayon etiladi. Fuqarolik huquqining ko'pchilik qoidalarida sanksiyani ajratib ko'rsatish niumkin emas. Jinoyat huquqi normalari dispozitsiya va sanksiyadan lashkil topgan. Lekin ularda normaning matnida ajratib ko'rsatish mumkin bo'lgan gipotezalar yo'q.
Shunday qilib, huquq normasi quyidagilarni belgilab beradi:

  • kim, nimani va qachon qilishi kerakligini (gipoteza);

  • huquqiy normaning ma'no-mazmunini (dispozitsiya);

  • huquq normasi bajarilmasligining oqibatlari qandayligini
    (sanksiya).

Ta'kidlash kerakki, barcha huquq normalari ham uchala tarkibiy qismga ega emas. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Konsti-tutsiyasining normalari faqat gipoteza va dispozitsiyaga ega. Sanksiyalaresa Konstitutsiya normalarini aniqlashtiruvchi qonunlar. kodekslar va shu kabilarda ifodalangan.
Huquqiy normalarning turlari. Huquqiy normalarni ular mazmunidagi qoidalarning xarakteriga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin: vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi, taqiqlovchi, imperativ (buyruq beruvchi) va dispozitiv (to'ldiruvchi).
Vakolat beruvchi normalar — ruxsat mazmunidagi normalar bo'lib, nimalarni qilish mumkinligini belgilaydi.
Majburiyat yuklovchi normalar — nimalarni qilish zarurligini belgilovchi normalar.
Taqiqlovchi normalar — nima qilish mumkin emasligini belgilovchi normalar
Imperativ (buyruq beruvchi) normalarda qoida qat'iy talab shaklida aks ettirilib, undan biron-bir tarzda chetga chiqish mumkin emas (masalan, soliq qonunchiligi normalari).
Dispozitiv (to'ldiruvchi) normalar munosabat qatnashchilariga masalani mustaqil tarzda tartibga solish va tegishli xulq-atvor variantini tanlash imkonini beradi. Basharti, bunday imkoniyatdan foydalanilmasa, norma munosabat ishtirokchilariningshartlashuvini to'ldiradi (masalan, iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining shart-nomaviy aloqalarini tartibga soluvchi normalar). O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qator moddalarida dispozitiv normalar bo'lib, ularda, odatda: «agar shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo'lsa» degan izoh mavjud.
Bajarilishi shart bo'lgan yoki, aksincha, man etilgan xulq-atvor qoidalarini bayon qilishning to'laligi bo'yicha dispozitsiyalar oddiy, tavsiflovchi, blanket va havola ctuvchi dispozitsiyalarga bo'linadi. Oddiy dispo/itsiyada qilmish tavsillab berilmaydi, balki barchaga ma'lum lermin (masalan, «qasddan odam o'ldirish» termini — JKning 97-moddasi) yordamida la'rifianadi. Tavsiflovchi dispo­zitsiya huquqbuzarlik belgilarining to'liq bayonini o'z ichiga oladi. Masalan, o'g'rilik o'zgalar mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishdir (JKning 169-moddasi).

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling