Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet12/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

Prezident farmonlari;

  • hukumat qarorlari;

  • boshqa ijroiya hokimiyat organlarining hujjatlari;

  • joylardagi ijroiya organlarning normativ hujjatlari.

Ushbu qonun osti hujjatlari tizimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari alohida o'rin tutadi, chunki ularni davlat boshlig'i chiqaradi. Ushbu farmonlar normativ xususiyatga ega bo'lishi mumkin. Prezident farmonlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelishi mumkin emas.
O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarorlari xo'jalik va madaniy qurilishning eng muhim masalalari bo'yicha qabul qilinadi. Ular odatda umumiy xususiyatga va huquq normalariga ega bo'lib, huquq manbalari hisoblanadi.
Ayrim hollarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlari ushbu organlar tizimidan tashqarida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bunday vakolatlar Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa tashkilotlarda, ayniqsa, kattadir.
O'zbekistonda vazirliklar hamda tashkilotlaming fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ hujjatlarni qayd etish davlat tizimi joriy etilgan. Ushbu vazifa O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan.
Huquqiy munosabatlar va ularning tuzilishi Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosa­batlar huquqiy munosabatlar xususiyatiga ega bo'ladi. Ularning vujudga kelishi uchun yuridik fakt-hodisa (masalan, insonning tug'ilishi yoki o'lishi, yong'in) yoki harakat (masalan, huquqbuzarlik) mavjud boiishi lozirn.
Huquqiy munosabatlar deganda. Lining ishlirokchilari o'rtasida vujudga keladigan va huquq normaiari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun uchta omil bo'lishi zarur; huquq nonnaiari; subyekiiv huquq va majburiyatlan yuridik fakt. Faqat birgalikdagina ular huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi.
Huquqiy munosabat - uning ishtirokchilari o'rtasidagi haqiqiy yuridik aloqalar bo'lib, ularning o'zaro huquq va majburiyatlarida namoyon bo'ladi.
Huquqiy munosabat, tuzilishiga ko'ra, obyekt, subyckl va mazmun kabi clemcntlardan iboral.
Huquqiy munosabat ishiirokchilarining harakali nirnaga qaratilgan bo'lsa, shu narsa ushbu huquqiy munosabatlarning obyekti hisoblanadi. Masalan, xaridor sotib olayotgan molini olish huquqiga cga, Ickin xarid uchun pul to'lashga majbur. Sotuvchi csa ushbu mol uchun haq olish huquqiga va xandorga oldi-sotdi talablariga mos keladigan tovarni berish majbunyatiga cga. Sotilayotgan va sotib olinayotgan mol-mulk huquqiy munosabatiling obyckli hisoblanadi. Huquq va majburiyatning uzviy aloqadorligi juda ko'p huquqiy munosabatlar uchun xosdir.
Huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari, ya'ni huquq va majburiyat egalari ushbu huquqiy munosabatlarning subycktlari hisoblanadi. Chunonchi, quyidagilar subycktlar bo'lishi muinkin: o'zaro munosabalga kirishgan fuqarolar; davlal organlari va munosabatga kirishgan fuqarolar;
- tashkilotlar va munosabatga kirishgan fuqarolar; o'zaro munosabalga kirishgan tashkilotlar; davlat organlari va munosa­balga kirishgan tashkilotlar. Huquqiy munosabat subycktlari, avvalambor, jismoniy va yuridik shaxslardir.
Jismoniy sha.xslar - ushbu davlat I'uqarolari, boshqa davlat luqarolari (ajnabiylar) va fuqaroligi yo'q shaxslar (apatridlar).
Yuridik shaxslar — lashkilotlar, muassasalar, davlat organlari, davlat, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari.
Huquqiy munosabatlarning mazmunini subyektlarning o'z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bo'yicha real harakatlari tashkil etadi. Masalan, oldi-sotdi bo'yicha huquqiy munosabal mazmunini sotuvchining xaridorga narsani haqiqatan berishi va buning uchun xaridorning sotuvchiga haq toiashi tashkil etadi. Ushbu huquqiy munosabatlar mazmuniga o'zaro da'volarqilish va ularni qondirish yuzasidan amalga oshirilgan harakatlar (masalan, buyumning sifati, o'lchami va to'lov muddati bo'yicha da'volar) ham kiradi. Shunday qilib, huquqiy munosabatlar subyektlar o'rtasidagi munosabatlarning yuridik shakli bo'lib, uning yordamida davlat qonun talablariga binoan ijtimoiy munosabat ishtirokchilari xulq-atvorini me'yorlab beradi.
Huquqiy munosabatlarda ishlirok ctish uchun subyektlar qator yuridik xususiyatlarga ega bo'lishi lozim. Gap, birinchi navbatda, huquqiy layoqat va muomala layoqati to'g'risida bormoqda. Huquq layoqati huquqlarga ega bo'la olish va yuridik majburiyatlarni zimmaga olish qobiliyatidir. Muomala layoqati esa o'z harakatlari asosida huquqlarni amalga oshirish va yuridik majburiyallarni bajarish qobiliyatidir.
Yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan huquqiy layoqat va muomala layoqati bir vaqtda vujudga keladi hamda ushbu shaxslar o'z faoliyatini boshlagan paytdan boshlab paydo bo'ladi.
Jismoniy shaxslarning huquqiy layoqali inson tug'ilganda boshlanib, uning vafotidan so'ng to'xtaydi. Muomala layoqati esa yosh va ruhiy salomatlik bilan bog'Iiq. O'zbekiston qonunlariga binoan, to'liq muomala layoqati fuqaro 18 yoshga to'lganidan so'ng boshlanadi. Lckin ushbu qoidadan istisnolar ham mavjud. Masalan, shaxs jinoiy javobgarlikka 16 yoshdan, ayrim jinoyatlar uchun 14 yoshdan torlilishi mumkin. Boshqa bir misol: oila kodeksi ayrim hollarda 18 yoshga to'lmasdan turib nikohdan o'tishga ruxsat beradi. Bunday fuqaro nikohdan o'tgan vaqldan boshlab to'liq muomala layoqatiga ega bo'ladi.
Har bir inson huquqiy munosabatlarga o'zining qandaydir siyosiy, moddiy, ma'naviy va boshqa ijtimoiy manfaatlari va chtiyojlarini amalda qondirish uchun kirishadi. Ushbu maqsadga subyektiv huquq va majburiyatlar hamda ularni amalga oshirishga qaratilgan yuridik harakatlar yordamida crishiladi. Bularning hammasi jismoniy yoki yuridik shaxs kutgan muayyan natijalarga olib keladi.
Yuridik faktlar — o'ziga xos hayotiy holatlar bo'lib, qonun va huquqiy normalar ularni yuridik oqibatlarning vujudga kelishi, o'zgarishi yoki bekor qilinishi bilan bogiaydi.

Nazorat uchun savollar.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling