Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet11/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

Davlat hokimiyati mahalliy ijroiya organlarining qarorlari.
Normativ-huquqiy hujjatlar iyerarxiyasi shuni talab qiladiki, davlat hokimiyatning quyi vakillik organlari qabul qilgan normativ huquqiy hujjatlar yuqori turuvchi organlarning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq kelishi kerak. Davlat hokimiyati ijroiya organlarining normativ-huquqiy hujjatlari esa vakillik organlari hamda yuqori turuvchi ijroiya organlarning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq kelishi zarur.
O'zbckistonda huquq manbalari quyidagilardan iboral:

  • xalqaro huquqning umume'tirof etgan prinsiplari va normalari hamda O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;qonunlar;

  • qonunosti hujjatlari. Xalqaro huquqning umume'tirof etganprinsiplari va normalari xalqaro huquqning asosiy qoidalari bo'lib, ularni xalqaro huquqning barcha subyekllari tan olgan va
    shu bois bajarmaslikka yo'l qo'yilmaydi. Ular ichida davlat suverenitetini hurmat qilish, zo'rlik ishlatmaslik yoki zo'rlik ishlatish bilan lahdid qilmaslik, davlalning hududiy yaxlitligi, chegaralarining buzilmasligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, ichki ishlarga aralashmaslik, xalqlarning tcng huquqliligi va o'z laqdirini o'zi
    belgilash huquqi, insonning huquq va crkinliklarini hurmat qilish, davlatlar o'rtasidagi hamkorlik, xalqaro huquq bo'yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish kabilar boiishi mumkin.

Xalqaro shartnoma — xalqaro huquqning ikki yoki bir necha subyekti qabul qilgan bitim bo'lib, huquq va majburiyallarni belgilovchi, o'zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatdir. O'zbekiston Respublikasi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va maxsus masalalar bo'yicha bir necha ming shartnoma tuzgan. 1995-yilda «O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risidagi qonun» qabul qilingan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, xalqaro shartnomalarning qoidalari O'zbekiston qonunlariga nisbatan ustunlikka ega. O'zbekiston Respublikasi qonunlarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: Asosiy qonun — Konstitutsiya; konstitutsiyaviy qonun; Qoraqalpog'iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari. Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy o'rin tutadi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya amaldagi qonunlar uchun yuridik asosdir. Konstitutsiya qoidalari boshqa normativ hujjatlarda rivojlantiriladi va aniqlashtiriladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tarkibida o'z konstitutsiyasiga ega bo'lib, uning qoidalari O'zbekiston Konstitutsiyasiga zid kelishi mumkin emas. Konstitutsiyaviy qonunlar Konstitutsiyaga o'zgartish va qo'shimchalar kirituvchi qonunlardir. Ushbu hujjat uchun Oliy Majlisda oddiy qonunlarga nisbatan ularni qabul qilishning murakkabroq tartib-qoidalari belgilangan.
Qonunlar, o'z navbatida, kodekslashtirilgan va joriy qonunlarga boiinadi. Kodekslashtirilgan qonunlarga kodekslar kiradi. Kodeks — mantiqiy tizimlashtirish xususiyaliga ega qonun bo'lib, o'zida ijtimoiy munosabatlarning ma'lum bir sohasini batafsil tartibga soluvchi normalarni birlashtiradi. Masalan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi va hk.
Qoraqalpog'islon Respublikasining qonunlari qonun chiqaruvchi (vakillik) organ tomonidan qabul qilinadi va bunday qonunlar Qoraqalpog'iston hududida ijro etilishi shart.
Qonunning vaqt bo'yicha amal qilishiga e'tibor qaratish lozim.
Qonunlar quyidagi hollarda kuehga kiradi:

  • rasman e'lon qilinganidan o'n kun o'tgach;

  • qonunda yoki uni amalga kiritish to'g'risida maxsus hujjatda
    ko'rsatilgan vaqtdan boshlab.

Qonunlar quyidagi hollarda o'z kuehini yo'qoladi: -qonunningo'zida ko'rsatilgan muddat tugagan bo'lsa;
- ushbu qonun bckor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosa­ batlarning shu sohasini tartibga soluvchi qonun qabul qilinishi munosabati bilan). Qonun zamonda amal qiladi. Buning ma'nosi shuki, qonun orqaga qaytish kuchiga ega.
Umumiy qoidaga ko'ra, qonunlar orqaga qaytish kuehiga ega emas. O'zbekislonda jinoyat yoki ma'muriy javobgarlikni yengillashliruvchi qonunlar orqaga qaylish kuchiga ega.
Qonun makonda amal qiladi. Gap shundaki, qonunlar mamlakatning barcha hududlarida amal qiladi. Davlat hududiga uning suvereniteti ostida bo'lgan hudud kiradi. Ushbu hududga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dcngiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo bo'shlig'i va davlat chegarasi doirasidagi yerosti boyliklari kiradi.
Qoraqalpog'iston qonunlari uning hududidagina amal qiladi.
Qonun shaxslarga nisbatan amal qiladi.
Odatda qonunlar ushbu hududdagi barcha subyektlar, ya'ni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.

  • Huquq normalari talablarining O'zbekiston Rcspublikasi fuqarolari, xorijliklar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar uchun majburiyligi huquqning umumiy prinsipi hisoblanadi. Lekin istisnolar ham mavjud. Masalan, «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida»gi qonunning talablari faqat O'zbekiston fuqarolariga tegishlidir. «Referendum to'g'risida»gi qonunga binoan referendumda faqat O'zbekiston Respublikasining fuqarolari qatnashishi mumkin.

Bundan tashqari, amaldagi qonunlar va O'zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq, diplomatik daxlsizlik huquqidan foydalanuvchi xorijiy fuqarolar ham bundan mustasno. Elchilar huquqbuzarliklar sodir etgan hollarda, ularga nisbatan Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks amal qilmaydi.
Qonun osti hujjatlari qonunlar asosida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardir. Ularga quyidagilar kiradi:

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling