Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet81/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

2. Aybning shakllari va tushunchasi
Ayb har qanday jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisidir. Aybsiz holda zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish va jazo tayinlanishi mumkin emas.

NOTA BENE!


Ayb deganda shaxsning sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatlariga (qasddan yoki ehtiyotsizlik ko‘rinishidagi) bo‘lgan ruhiy munosabati tushuniladi

Jinoyat qonunchiligida va sud amaliyotida aybning og‘irligini anglatuvchi, uning miqdoriy xususiyatini aks ettiruvchi “aybning darajasi” tushunchasi ishlatiladi. Aybning darajasi shaxsning jinoyat holatlariga bo‘lgan munosabati shakllari va tarkibining jami bilan aniqlanadi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi bilan belgilanadi. Bular quyidagilardan iborat: ruhiy munosabatining xususiyatlari, jinoyatning motiv va maqsadi, shaxsni tavsiflaydigan holatlarga oid jinoiy qasd yoki ehtiyotsizlikning kelib chiqishiga turtki bo‘lgan sabab va shart-sharoitlardir.
Yuridik adabiyotlarda ayb turlicha talqin etiladi. Qator mualliflar jinoyatning subyektiv tomonini tadqiq etishda ayb va jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasini aynan bir xil deb hisoblashsa, boshqalari jinoyatning subyektiv tomoni aybga nisbagan keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga jinoyatning motivi va maqsadini ham qamrab oladi, deb hisoblaydilar. Shubhasiz, bular aynan bir xil tushunchalar emas.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi «obyektiv aybni bilmaydi», ya’ni shaxsni faqat ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganlik fakti asosida javobgarlikka tortishning o‘zi uchun javobgarlik belgilanadi.
Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida(Jinoyat kodeksi 20-moddasi) nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 20-moddasiga muvofiq jinoyat:
1) qasddan;
2) ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilishi mumkin.
Aybning qasd shaklida jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan sodir etilishi mumkin.
Jinoyat tamom bo‘lgan vaqt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb hisoblanadi. Uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. Qasddan sodir etilgan jinoyatga berilgan bu ta’rif to‘g‘ri qasd bilan amalga oshiriladigan jinoyatlar tarkibiga nisbatan berilgan.

NOTA BENE!


Jinoyatni sodir etgan shaxs qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindandan ko‘ra bilgan va ularning yuz berishini istagan bo‘lsa, u to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan hisoblanadi


NOTA BENE!


Jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining xavfliligini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindandan ko‘ra bilgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u egri qasd bilan sodir etilgan hisoblanadi

O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni tarixida birinchi marta 1994-yilgi Jinoyat kodeksida murakkab aybli jinoyat tushunchasi o‘z aksini topadi.
Sud-tergov amaliyotida aybdorning sodir etgan jinoyati va yuz bergan oqibatlarga bo‘lgan munosabati har xil bo‘lgan hollarda jinoyatni kvalifikatsiya qilishda turli muammolarga duch kelinadi, bunday hollarda ayb shakllarining to‘g‘ri aniqlanishi sodir etilgan jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti ekanligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 23-moddasida murakkab ayb tushunchasiga ta’rif berilgan.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling