Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


NOTA BENE! Jarima jazosi-


Download 1.06 Mb.
bet89/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

NOTA BENE!


Jarima jazosi-voyaga yetmaganlarga nisbatan Jinoyat kodeksi 82-moddasiga muvofiq eng kam oylik ish haqining ikki barobaridan yigirma baravarigacha belgilanadi.

Sud voyaga yetmaganlarga nisbatan jarima jazosini tayinlashda jazoni qo‘llash uchun asoslar bor yoki yo‘qligi aniqlanishi lozim. Jarima jazosini tayinlashda voyaga yetmagan shaxsning mustaqil daromadga, ish haqi yoki mol-mulkka ega ekanligi e’tiborga olinadi. Jarima jazosi miqdorini belgilashda sud bu jazo miqdori voyaga yetmagan javobgarning normal yashashi uchun zarur bo‘lgan sharoitdan mahrum qilib qo‘ymasligi lozimligi e’tiborga olinishi kerak
Jarima jazosi tayinlangandan keyin aybdor olti oy mobaynida uni to‘lashdan bo‘yin tovlasa, sud to‘lanmagan jarima miqdorini axloq tuzatish ishlari bilan almashtiradi. Eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdoridagi jarima axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirib hisoblanadi. Lekin axloq tuzatish ishlarining muddati bir yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jarima jazosi 2000 yilning birinchi yarmida 54 marotaba qo‘llanilgan bo‘lib, shu davr mobaynida voyaga yetmaganlar umuman sudlanganlarning 4, 7 foizini tashkil etgan. To‘qqiz oyi davomida esa bu ko‘rsatkich 90 taga yetdi.

NOTA BENE!


Axloq tuzatish ishlari — bu mahkumni sud hukmi bilan belgilangan muddatga majburiy ravishda mehnatga jalb qilib, uning ish haqidan davlat foydasiga muayyan miqdordagi foiz undirish tariqasidagi jazo chorasi.

Bu jazo voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilish bilan tuzatish va qayta tarbiyalashga qaratilgandir.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan axloq tuzatish ishlarini qo‘llashning quyidagi shartlari mavjud:
1)subyektiv tarkibning qat’iy cheklanganligi; 2)jazoni qo‘llash muddati.
Axloq tuzatish ishlari faqat mehnatga layoqatli shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Меhnаt layoqati - bu shaxsning mehnat qila olish qobiliyatiga ega ekanligidir. Umumiy qoidaga ko‘ra shaxs16 yoshga to‘lgandan so‘ng mehnatga layoqatli hisoblanadi.16 yoshga to‘lmaganlar quyidagi hollarda mehnat shartnomasi asosida mehnatga jalb qilinishi mumkin:
1)o‘n besh yoshga to‘lgan shaxlar ota-onasidan birini yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi;
2) yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umum ta’lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini o‘n to‘rt yoshga to‘lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan bolalarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan va ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Nazorat savollari.
A . Beriladigan savollar :
1. Voyaga yetmaganlarga tayinlanadigan jazolar?
2.Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari?
3.Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish?
4.Voyaga yetmaganlarga jazoni yengilrog`i bilan almashtirish.?

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling