Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchi
O’qituvchi ______ Qo`ldashev M.G`. (imzo) (F.I.O) REJA: 1.Ekоlоgiya huquqi, uning predmeti va оb’ektlari. 2.Ekоlоgik tizim tushunchasi. 3.Ekоlоgik javоbgarlik tushunchasi. 1.Ekologiya huquqining tushunchasi, xususiyatlari va umumiy ekologiya tizimida tutgan o 'mi XX asrda yuzaga kelgan fan-texnika taraqqiyoti natijasida yaratilgan yangi texnika vositalari, ishlab chiqarish obyektlari o'z navbatida tabiatga bo'lgan ta'sirini oshishi misli kutilmagan ekologik salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Shuning uchun ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshladi. Ekologiya huquqi — tabiat bilan jamiyat o'rtasida paydo bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o'rganuvchi fandir. Ekologiya huquqi bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining mustaqil huquq tizimida o'z o'rni va salohiyatiga ega bo'lgan alohida yo'nalish va xususiyatlarga ega bo'lgan huquq sohasi hisoblanadi. Keng qamrovli (kompleks) ahamiyatga ega bo'lgan huquq sohalari ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda boshqa huquq sohalarining huquqiy qoida-talablari va tamoyillardan foydalanadi. Ekologiya huquqi ham tabiat-jamiyat tizimidagi global ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda birinchi navbatda ekologik umummajburiy ahamiyatga ega bo'lgan tamoyil, usul va qoida-talablardan foydalanadi, ikkinchidan, ushbu murakkab ekologik muammolarni hal qilish, ularning huquqiy tartibotini ta'minlashda o'zaro bog'liq bo'lgan huquqning boshqa sohalarining kuch va imkoniyatlaridan foydalanadi. Chunki, ekologiya huquqi hal qilishga qaratilgan ekologik muammo va vazifalarning ko'lami kengligi, murakkab va ahamiyatliligi sababli faqatgina jamiyat hayotining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy jabhalarida mavjud bo'lgan barcha vosita chora-tadbirlarni safarbar qilish orqali ekologik munosabatlarni tartibga solish mumkin. Shuning uchun ham ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ekologik tamoyil, qoida va talablar bilan bir qatorda boshqa huquq sohalari ya'ni, ma'muriy, jinoiy, fuqarolik, mehnat va xo'jalik-huquqiy vosita va qoida-talablaridan foydalanadi. Demak, ekologiya huquqi — tabiat va jamiyat tizimida paydo bo 'ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko'p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo 'lib hisoblanadi. Biz ekologiya huquqi fanini chuqurroq o'rganmoqchi bo'lsak, avvalambor, «Ekologiya fani» haqidagi umumiy tushuncha va yo'nalishlarini yetarli anglashimiz kerak bo'ladi. Ekologiya — murakkab tizimga ega bo'lgan, tirik organiz-mlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlarini o'rganuvchi fandir. 1866-yilda nemis biologi o'z ilmiy asarida birinchi bo'lib «Ekologiya» atamasini fanga kiritib, uning ma'nosini tirik organizmlarning o'zaro va ularning yashash muhiti bilan bog'liqligini o'rganuvchi ta'limot sifatida ifodalaydi Ekologiya atamasi yunoncha «oikos» — turar-joy, yashash muhiti, uy, — «logos» — ta'limot, degan ma'noni bildiradi. Bir so'z bilan aytganda, ekologiya biz yashab turgan muhit, uy, vatanimiz haqidagi fandir. Demak, ekologiya huquqi fani global ahamiyatdagi ekologiya fanining tarkibiy qismlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda ekologiya huquqi fani «Tabiat-jamiyat tizimi»da turli shakl va yo'nalishlarda paydo bo'ladigan o'zaro ta'sirlarni barqarorlashtirish, harakat yo'nalishlarini aniqlash, jamiyat a'zolarining tabiatdan foydalanish bilan bog'liq ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini o'rnatish, tabiat qonunlari darajasida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablarini belgilash kabi mas'uliyatli vazifalarni o'zida mujassam etgan. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling