Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi


Download 1.06 Mb.
bet15/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

2.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Muqaddima, 6 bo`lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Konstitutsiyaning mazmuni quyidagi izchillikda rivojlantirilgan: shaxs -jamiyat-davlat.
Birinchi bo`limda mustaqil O`zbekiston davlatining asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari ko`rsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokmiyatchiligi, Konstitutsiya va qonuning ustunligi hamda tashqi siyosatimiz tamoyillari kiradi.
Ikkinchi bo`limda O`zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari tizimi mustahkamlangan.
Uchinchi bo`limda fuqarolik jamiyatining an'analarini tiklashga qaratilgan, ijtimoiy uyushmalar va munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solib, ularning rivojlanishini ta'minlaydi.
To`rtinchi bo`lim ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishiga bag`ishlangan bo`lib, O`zbekiston viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalardan hamda Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat ekanligi ko`rsatib o`tilgan.
Beshinchi bo`lim davlat hokimiyati organlarini tashkil etish, ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari konstitutsiyaviy maqomi muayyan tartibda mustahkamlangan. Davlatimizning markaziy organlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy Sudi, Oliy hamda Xo`jalik Sudlari, Prokuratura, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyat tartibi belgilab berilgan. Saylov tizimining prinsiplari, moliya va kredit, xavfsizlik va mudofaa masalalari ham ushbu bo`limda tartibga solingan.
Oltinchi bo`lim Konstitutsiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritishga bag`ishlangan. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi VI-bo`lim, 127-128-moddalarida mustahkamlab qo`yilgan Oliy Majlis tomonidan Konstitutsiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish instituti bilan bir qatorda, umumxalq ovozi - referendum o`tkazish protsedurasiga ham murojaat qilindi va bu juda katta konstitutsiyaviy-huquqiy o`zgarishlarga olib kelibgina qolmay, xalqimizning fuqaroviy jamiyat, huquqiy davlat qurish bunga qaratilgan islohotlarga bo`lgan umid, ishonchini mustahkamladi..

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling