2.Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘lanadigan jazo tizimi va turlari.
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi” Konvensiyada bolalarning jismoniy, aqliy, ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish jamiyatning voyaga yetmaganlar oldidagi burchi ekanligi belgilab qo‘yilgan. Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishi muayyan ma’noda jamiyat tomonidan yuqoridagi majburiyatlarining bajarilmaganligini ifodalaydi. Adolatning tiklanishi birinchi navbatda voyaga yetmaganlarning qayta tarbiyalanishida ifodalanadi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘lanadigan jazo tizimi, jinoyat qonuni bilan belgilangan va sud uchun majburiy hisoblangan jazo choralarning ro‘yxati bo‘lib, ular o‘z navbatida muayyan tartibda joylashtirilgan va qo‘llanish tartibi va chegaralari belgilangan ro‘yxatdir.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llanadigan jazo tizimining asosiy vazifasi voyaga yetmaganlarni majburlash va tarbiyalash hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashning asosiy maqsadi tarbiyalash bo‘lsada, lekin og‘ir jinoyat sodir etganlarga nisbatan og‘ir jazo tayinlanishini istisno etmaydi. Bunday holatda og‘irroq jazo tayinlamaslik, voyaga yetmaganlarda mas’uliyatsizlikni keltirib chiqaradi.
«Bola huquqlari to‘g‘risidagi» Konvensiyada voyaga yetmaganlarga nisbatan o‘lim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolar qo‘llanilishi mumkin emasligi belgilangan
Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo tizimi:
1) davlat majburlov chorasining alohida turlaridan tashkil topgan;
2) jazo tizimi elementlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisiga bog‘lanib va to‘ldirib keladi;
3)davlatning majburlov choralari ro‘yxati qat’iy bo‘lib, kengaytirib talqin qilinishi mumkin emas. Shuning uchun voyaga yetmaganlarga nisbatan Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasi sanksiyasida ko‘rsatilgan bo‘lsada, lekin 84-modda ko‘rsatilmagan jazo choralari qo‘llanilmaydi;
4) belgilangan jazo choralari yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 81-moddasida ko‘rsatilgan jazolar voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo turlarining qat’iy ro‘yxatidir. Ushbu moddada jazo tizimi eng yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan, ya’ni:
1) jarima. 2) axloq tuzatish ishlari
3) qamoq 4)ozodlikdan mahrum qilish
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida emas, balki, 82-85 moddalarda belgilangan doirada jazo tayinlanadi. Voyaga yetmganlarga nisbatan qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |