"Tasdiqlayman" O'ibdo' viloyati tumani
Download 1.18 Mb.
|
Farhod Alimov 3-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- B) Darsimiz shiori
- Davomatni aniqlash O’qituvchi
- 5 ta muhim tashabbusga bag‘ishlanadi.
- 4-Tashabbus
- II. Uyga berilgan vazifani so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash III. Yangi mavzu bayoni
- Bilag`onlar ko`chasi” uslubi.
- V. Darsni yakunlash va oquvchilarni baholash
I.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi O’qituvchi: -Salom shirintoylarim, yulduzlarim oylarim, Latofatga boylarim, ham sho’x quvnoqlarim. Tinglab mening so’zlarim,olgan siz saboqlarim, O’ylab puxta javob bering, hozir qay dars aytib bering. O‘quvchi: Hozir musiqa darsi B) Darsimiz shiori: -Bilim ol, hunar tanla! -Bilim olib, hunarli bo`lishimiz uchun eng kerakli boyligimiz bu -Sog`ligimiz. O’qituvchi: Sizlar qanday bolalarsiz? Hamma:Bizlar– buyuk yurt osmonida go’zal kamalak, Barkamol avlod bo’lmoq –eng ezgu tilak.
Ma’naviyat daqiqasi. O‘quvchilar bilan kunning muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. 5 ta muhim tashabbusga bag‘ishlanadi. 1-tashabbus Adabiyot ,musiqa san’at , Oshno etar ezguliklarga . Teatr bu hayot maktabi, Chek qo‘yadi yovuzliklarga. 2-tashabbus. Sport tinchlik elchisi, Chiniqtirar bizlarni, Dunyolarga tanitar , Kuchli o‘g‘il-qizlarni. 3-tashabbus. Kompyuter bu manba , Foydalangin sen to‘g‘ri. O‘zinga bog‘liq bari, Keraklimi,noto‘g‘ri. 4-Tashabbus Kitobga do‘st bo‘lganlar, Olam sirini bilar. Kelajakda el uni , Doimo hurmat qilar.
Ayol qiz ishli bo‘lsa Oilada bo‘lar baraka. Kasb-kor kerak doim , Oshar bilim,malaka. II. Uyga berilgan vazifani so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash III. Yangi mavzu bayoni: IV. Mustahkamlash. Raqs + tabassum. Bu o'yinda “Qari navo”, “Usmoniya”, “Andijon polkasi”, “Dilxiroj” raqs kuylarida qo`llash yaxshi natija beradi. Bunda o`yin – raqsga jalb etilgan o`quvchilar hohlagan holatda turadilar.O`qituvchi yoqimli musiqa ostida barcha o`quvchilarni raqsga taklif etadi. O`quvchilar erkin raqsga tushadilar. Musiqa tugagach yonida, to`g`risida to`xtagan do`stiga tabassum bilan olqishlovchi so`z aytishi kerak. Hammaga tanqid qiluvchi yoki ko`ngilni qoldiruvchi so`z aytish qat`iy man qilinadi. O`quvchilarga quyidagicha murojaat qilish mumkin: “Sizni raqs tushishingizdan xursand bo`ldim”, “Siz chiroyli raqs tushar ekansiz”, “Sizning raqs usullaringiz menga juda yoqdi” va h.k. Muhokama uchun savollar: Musiqa sizda qanday taassurot uyg`otdi? Atrofdagilarning tabassumini ko`rganda nimani his qildingiz? Kimni olqishi sizga ko`proq ma`qul bo`ldi? Nima uchun? Keyingi safar kim bilan raqsga tushishni hohlaysiz? 2. Pantomima uslubi. O`quvchilar doira shaklida o`tiradi. O`qituvchi o`quvchilarga cholg`u asboblarining rasmini tarqatadi. O`quvchilarning vazifasi ushbu cholg`u asboblarida qanday holatda kuyni ijro etilishini harakatlar bilan ko`rsatishdan iborat. Qolganlar esa kuzatib, qaysi cholgu asbobi ko`rsatilayotganligini topishi kerak. Masalan, rasmda doira surati aks etgan bo`lsa, stulda o`tirgan holda qo`l harakati bilan ko`rsatib beradi, karnay, surnay, g`ijjak, rubob, dutor, fortepiano, cholg`u asboblari mos qo`l harakatlari bilan tasvirlanadi. 5 – 6 ta o`quvchining chiqishidan so`ng muhokama qilinadi. “Bilag`onlar ko`chasi” uslubi. Bu texnologiyada o`quvchilar guruhlarga bo`linadi (4-5 ta ), har bir guruhga bastakorlarning portretlari ko`rsatiladi. O`quvchilar bastakorlarning hayoti, faoliyati, asralari nomlarini aytishadi, asarlaridan ayrim parchalarni kuylab berishadi. V. Darsni yakunlash va o'quvchilarni baholash Yaxshi kuylagan o’quvchilar rag’batlantiriladi. VI.Uyga vazifa: «Oppoq qandim» she'rini yodlash. Ko`rildi: O’TIBDO’______ _________________ Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling