Variant № 23
1. Puasson formulasi.
2. Muavr-Laplasning lokal va integral teoremalari.
3. Qutida 3 ta oq, 7 ta qora shar bor. Sharlar bir xil. Tavakkaliga bitta shar, keyin yana bitta shar olindi. Olingan sharlardan birinchisi oq, ikkinchisi esa qora shar bo’lish ehtimolligini toping.
4. Uchta to’pdan otishda nishonga tekkizish ehtimollikalari mos ravishda p1=0,8, p2=0,7, p3=0,9, nishon yakson qilinishi uchun unga bitta o’qning tegishi kifoya qilsa, uchala to’pdan bir yo’la otishda nishonning yakson qilinishi (A hodisa) ehtimolligini toping.
5. Omborga uchta stanokda tayyorlangan detallar keltirildi. Birinchi stanokda detallar umumiy miqdorining 40%i, ikkinchi stanokda 4%i va uchinchi stanokda 25%i tayyorlangan. Bunda birinchi stanokda 90%, ikkinchi stanokda 11% va uchinchi stanokda 70% birinchi nav detal tayyorlangan. Tavakkaliga olingan detal birinchi nav detal bo’lish ehtimolligini toping.
Tuzuvchi: dots. K.N. Xolov
«Tasdiqlayman»
«Oliy matematika» kafedrasi mudiri
________________dost.E.O. Sharipov
«___»_____________________2022y
Iqtisodiyot fakulteti II- kurs BA-156,157,158-21 guruh talabalariga 2022-2023 o‘quv yili
III-semestr uchun «Iqtisodchilar uchun matematika» fanidan YaN yozma ish variantlari
Variant № 24
1. Tasodifiy miqdorlar.
2. Diskret tasodifiy miqdor ehtimolliklarining taqsimot qonuni.
3. Omborga 360 ta mahsulot keltrildi. Bulardan: 300 tasi bir korxonada tayyorlangan bo’lib, ulardan 250 tasi yaroqli mahsulot. 40 tasi ikkinchi korxonada tayyorlangan mahsulot bo’lib, ulardan 30 tasi yaroqli mahsulot. 20 tasi uchinchi korxonada tayyorlagan bo’lib, ulardan 10 tasi yaroqli mahsulot. Ombordan tavakkaliga olingan mahsulotning yaroqli bo’lish ehtimolligini toping.
4. Televizorga o’rnatilgan lampa ikkita partiyalardan biriga p1=0,4 va p2=0,6 ehtimollik bilan tegishli bo’lsin. Lampaning t soat davomida ishlash vaqti bu partiyalar uchun mos ravishda 0,9 va 0,7 ga teng. Televizorga o’rnatilgan lampa t soat buzilmasdan ishlagan bo’lsa, uning birinchi partiyaga tegishli bo’lish ehtimolligini toping.
5. Zavod sexida tayyorlangan detallar ularning standartligini tekshirish uchun ikki nazoratchidan biriga tushadi. Detalning birinchi nazoratchiga tushish ehtimolligi 0,6 ga, ikkinchisiga tushishi ehtimolligi 0,4 ga teng. Yaroqli detalni standart deb tan olish ehtimolligi birinchi nazoratchi uchun 0,94 ga, ikkinchisi uchun 0,98 ga teng. Tekshirish vaqtida yaroqli detal standart deb qabul qilindi. Shu detalni birinchi nazoratchi tekshirganlik ehtimolligini toping.
Tuzuvchi: dots. K.N. Xolov
Do'stlaringiz bilan baham: |