Tasdiqlayman” O'quv ishlar bo'yicha prorеktor


III. O'QITISHNI ASOSIY TAMOYILLARI, USULLARI VA VOSITALARI


Download 48.47 Kb.
bet4/12
Sana09.01.2022
Hajmi48.47 Kb.
#263893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ISH DASTURI. FALOKAT TIBBIYOTI 2012-13 lotin

III. O'QITISHNI ASOSIY TAMOYILLARI, USULLARI VA VOSITALARI

xalokatlar tibbiyotini asosiy tamoyillarini bilish, kelgusida UASH oldiga, favqulotda xolatlar vaqtida shikastlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishda katta yordam beradi. Xalokatlar tibbiyoti fanini talaba umumiy hirurgiya xamda travmatologiya fanlarini o'tgandan so'ng, o'tilsa fanni o'zlashtirish engil kechadi. Talabaning teoretik bilimlari klinik tekshirishlar asosida mustaxkamlanadi. Bular quyidagicha o'tkaziladi:



  1. bemorni so'rab - surishtirish;

  2. tibbiy evakuaciya bosqichlarida yordam ko'rsatish;

  3. v) favqulotda xolatlar vaqtida shikastlanganlarni tibbiy saralash;

  4. bemorni laborator tahlillari va qo'shimcha tekshirish usullarini o'rganish;

  5. qabul qilingan tasnif asosida birlamchi tashhis qo'yish;

  6. birlamchi tibbiy varaqani to'ldirish;

  7. bemorni muhokamasida, qisqa va aniq bo'lgan ma'lumot berish.

Talabani o'qitish effektivligini oshirish maqsadida, integracion jarayonlarning boshqa ilmiy-pedagogik bo'limlari bilan birga olib boriladi. xalokatlar tibbiyoti fanini o'qitish ma'lum chegaralangan xajmda o'quv soatlari (40 soat) asosida amalga oshiriladi. Bu hirurgik yo'nalishdagi kafedralarning professor-o'qituvchilari, talabalar oldiga bir necha masalalarni qo'yadi: hirurgiyani turli bo'limlarini o'rganish xalokatlar tibbiyoti fanini o'rganish bilan erishiladi.

Umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlashda asosiy o'rinni bu muammoga ilmiy yondoshish egallaydi.Talabalarni xalokatlar tibbiyotini ohirgi erishilgan yutuqlari bilan tanishtirish muxim axamiyatga ega. O'quv jarayonini mukammalashtirish uchun xalokatlar tibbiyoti fanini kompyuter tehnologiyasi asosida progammalashtirilgan o'qitish bilan olib borish asosiy o'rinni egallaydi.

Amaliy darslar kasalhonaning travmatologiya, hirurgiya va reanimaciya bo'limlarida olib boriladi.

xalokatlar vaqtida shikastlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatish, diagnostika va davolash, tinchlik vaqtidagi bemorlarga nisbatan bir hilda amalga oshiriladi.

Darsni olib borishda o'quv kinofil’mlaridan, bannerlardan, virtual kutubhona xamda pedagogik tehnologiyalardan foydalaniladi.

O'quv darslaridan bo'sh vaqtlarda, tez tibbiy yordam hizmatidan bemorlarni qabul qilish, klinikada tungi navbatchilikda turish bilan amalga oshiriladi. Talabalarning klinikada navbatchilik vaqtlarida, dars davomida olgan teoritik bilimlarini mustaxkamlash bilan birgalikda, travma va shikastlanish bilan tushgan bemorlarga birlamchi vrachlik xamda mahsuslashtirilgan hirurgik yordam ko'rsatishda, diagnostik va operativ muolajalarda assistentlik qilishligini ta'minlash lozim.

Amaliy darslarni o'tish jarayonida bemorlarga birlamchi vrachlik xamda mahsuslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish uchun kerakli bo'lgan dori vositalari va jixozlar bilan tanishtirish kerak.

Talabaning mustaqil ishini asosiy maqsadi talabalarni bo'lgusi klinicist sifatida uning malakasini oshirish uchun lozim bo'lgan mustaqil ish ko'nikmalarini o'rgatishdan iborat. Talabalarning mustaqil ishi bilim olish mobaynida tashkiliy va uslubiy jixatdan ta'minlanish kerak. O'qituvchining vazifasi mustaqil ishni ishlab chiqish, maslaxat berish va natijalarni nazorat qilishdan iborat.

Talabalarning vazifasi esa mustakil ish uchun ajratilgan dastur qismlarini mustaqil o'rganishdan iborat. TMIni rejalashtirishda talabalarga beriladigan vazifalarni talaba darsdan bo'sh vaqtda bajarishi lozim. Uning nazorati gurux o'qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi. Kafedrada talabalarning mustaqil ishi xar bir mashg’ulot uchun (reja asosida) yil mobaynida talaba tomondan ihtiyoriy tanlab olingan usulda rejalashtiriladi. Xar bir mashg’ulot uchun TMI shakli talaba tomonidan ihtiyoriy tanlab olinib, uning bajarilish nazorati, vaqti gurux o'qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Talabalar quyidagi muolajalarni mustaqil ravishda bajara olishi lozim:



  • qon ketishni vaqtinchalik to'htatishni;

  • O'pkani sun'iy ventelyaciyasini (og’izga – og’iz va og’izga - burun);

  • Yurakni yopiq massaj qilishni;

  • qo'l - oyoq suyaklarini sinishida standart shinalar yordamida immobilizaciya qilishni;

  • Shokka qarshi chora - tadbirlar o'tkazishni, qon quyish bilan birgalikda;

  • Ochiq pnevmotoraksda okklyuzion bog’lam qo'yishni;

  • Siydik qopini kateterlashni;

  • Kuyish yuzasini birlamchi tozalashni.



Download 48.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling