2.2.4.Yerning geografik qobig’i.(8 soat)
Yerning ichki tuzilishi.Yerning fizik xossalari.Yerning issiqligi.Yerning yoshi va geologic sanalari.Yer qobig’i qatlamlarining harakatlanishi. [А,2.36-39 betlar , Q,.5-8 betlar; E.t.r-5,6,7].
2.2.5. Tiriklik belgilari. Hujayraning oziqlanishi, rivojlanishi va ko’payishi (2 soat)
Hujayraning tuzilishi, funksiyalari va rivojlanishini o'rganadigan fan sitologiya deb ataladi. Hujayra sitoplazma va yadrodan tashkil topgan tirik sistemadir. Umuman butun hujayrani tashkil etgan modda protoplazma deb ataladi. [А,2.159-168 betlar , E.t.r-5,6,7].
2.2.6. O’simliklar fiziologiyasi.(2soat) Botanika-yomoncha «botane»-ko‘kat, o‘t, o‘simlik degan ma’noni bildiradi. Bu fan o‘simliklarning pay do bo‘lishi, hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog‘liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o‘rganadi hamda o‘rgatadi. . [А,3.26-120 betlar , Q,.8-10 betlar; E.t.r-5,6,7].
2.2.7. Hayvonot olamining xilma-xilligi Hayvonot olamda sinf, tur va avlod. Baliqlar. Sudralib yuruvchilar. Qushlar. Sut emizuvchilar.(4 soat)
Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Parazit hayvonlar esa odam, hayvon va o’simlik organizmi yashash muhiti bo’ladi. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan, suv hayvonlarning shakllari suyri shaklda, oyoqlari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan bo’ladi.
[А,3.26-120 betlar , Q,.8-10 betlar; E.t.r-5,6,7].
2.2.8.Tabiatshunoslik o’qitishda muammoli izlanish (muammoli suhbat, muammoli hikoya, muammoli ma’ruza, aqliy hujum) .(2 soat)
Muammoli ta'lim bu - o'qituvchi muntazam ravishda muammoli vaziyatlar hosil qilib, ta’lim oluvchilarning faoliyatini mustaqil izlanish shaklida tashkil qilib, fanning tayyor xulosalariga olib kelish usulidir. Muammoli vaziyat yuzaga kеlganda, talabalarning individual xususiyatlariga xos bo’lgan ixtiyoriy muhit yaratib bеradilar. [O’MK-126-127 betlar; E.t.r-5,6,7].
Do'stlaringiz bilan baham: |