2.1.12. Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari.(2-soat)
Tabiatshunoslik o`quv xonasi va o`quv jihozlariga qo`yiladigan pidagogik, gigiеnik, estеtik va mеtodik talablar. Tabiatshunoslik xonasidagi jihozlar. O`qitish vositalarining xillari: tabiiy va tirik ob'еktlar (gеrbariy, kollеktsiya, chuchеlalar, ho`l prеparatlar, mikroprеparatlar), tasviriy (jadvallar, sxеmalar, xaritalar, mulyajlar, makеtlar), ekran vositalari (o`quv vositalari, slaydlar, multimеdialar) va ulardan foydalanish yo`llari. O`qitishning tеxnikaviy vositalari.
2.1.13.O’qitishning ko’rgazmali metodlari .(2-soat)
Tabiatshunoslikni o’qitishdagi Ko’rgazmalilikni mashg’ulotlar jarayonida faqat tabiiy jismlar (tirik tabiat burchagidagi, zooparkdagi o’simliklar, hayvonlar, gerbariylar, kolleksiyalar), foydalaniladigan yoki tajriba ko’rinishidagi hodisalarni eslatuvchi predmetli ko’rgazmalilikka va tabiat jismlari yoki hodisalarining surat, jadval, doskadagi rasm, model, mulyaj, diapozitiv, kinofilm, xarita, sxema va boshqalardan foydalaniladigan tasviriy ko’rgazmalilikka ajratish maqsadga muvofiqdir [А,66-87 betlar , Е,3,4; ].
2.1.14.Amaliy metod turlari va tavsifi.(2-soat)
Amaliy faoliyat o’quvchilarda mehnatga muhabbatni, ongli intizomni, maqsadga erishishda astoydillikni, jamoada ishlash uquvi va boshqa foydali sifatlarni tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik darslarida, shuningdek, tirik tabiat burchagi, maktaboldi maydoni va boshqalarda amaliy ishlar bajarish vaqtida kichik yoshdagi maktab o’quvchilari oddiy mehnat asboblarini ishlata olish, kuzatish va tajribalar o’tkazish bo’yicha amaliy o’quv hamda ko’nikmalarga ega bo’ladilar. [А,89-120 betlar ].
2.1.15. Tabiatshunoslikni o’qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish.(2-soat)
Pedagogik innovatsiyalarni qo’llash bilan uni to’plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo’g’in o’rtasidagi “Pedagogik matbuot” asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik xodimlarga ularni yetkazish, xodimlarning taklif va mulohazalarini olish, tajriba-sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan shug’ullanadi. O’ylaymizki, ta'lim texnologiyasi, pedagogik innovatsiyalarga bunday tizimli yondashuv davlat ta'lim standartlarini amalga oshirishda o’z samarasini ko’rsatadi. [O’MK 84-98 betlar].
Do'stlaringiz bilan baham: |