2.1.8. Tiriklik belgilari .(2soat) Tirik organizmlar hujayralardan tuzilgan degan ta'limotni XVII asrning o'rtalarida, R. Guk mikroskopni mukammallashtirib, o'simlik-larning kataklardan tuzilganligini aniqlagan paytda paydo bo'lgan deb hisoblamoq kerak. R. Guko'sha kataklarni hujayralar deb atagan edi. [А,3.21-30 betlar , Q,.5-8 betlar; E.t.r-5,6,7].
2.1.9. O’simliklar fiziologiyasi.(2soat) Botanika-yomoncha «botane»-ko‘kat, o‘t, o‘simlik degan ma’noni bildiradi. Bu fan o‘simliklarning pay do bo‘lishi, hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog‘liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o‘rganadi hamda o‘rgatadi. . [А,3.26-120 betlar , Q,.8-10 betlar; E.t.r-5,6,7].
2.1.10. Hayvonot olamining xilma-xilligi .(2soat) Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik hayvonlar yashil o’simliklar bilan oziqlanadi. Ular o’txo’r hayvonlar deyiladi.Boshqa hayvonlarni eydigan hayvonlar yirtqich- odam, boshqa hayvon va o’simlik to’qimalarda yashaydigan hayvonlar esa parazit hisoblanadi. . [А,2.80-120 betlar , Q,.14-24 betlar; E.t.r-5,6,7].
2.1.11. 3-Modul. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni o’qitish tamoyillari va qonuniyatlari.(2soat)
Tabiatshunoslikni o`qitishga qo`yiladigan zamonaviy talablar. Didaktik tamoyillari to`g`risida tushuncha. Ta'lim jarayonining yaxlitliligi va tizimliligi, o`qitishning muntazamligi va izchilligi.
O`qitish tamoyillari (ta'lim-tarbiya jarayonini dеmokratizatsiyalash va insonparvarlashtirish, ilmiylilik, sistеmalilik, fundamеntallilik, ko`rgazmalilik, samaradorlilik, onglilik, tushunarlilik, ta'limni diffеntsiallashtirish va individuallashtirish, individual va guruhlarda o`qitishni uyg`unlashtirish, o`qitish maqsadi, mazmuni, vositalari, mеtodlari, shakllari va natijalarining birligi, baholash va o`zini-o`zi baholash)lari va qonuniyat (o`qitish maqsadi, mazmuni, vositalari, mеtodlari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog`liqliligi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta'lim, ta'lim-tarbiya jarayonini tahsil oluvchilarning faoliyati xaraktеriga bog`liqliligi, pеdagogik jarayon birligi va yaxlitligi, o`qitishning nazariy va amaliy birligi va uzviy bog`liqligi, o`quv faoliyatini individuallashtirish va guruhli o`qitishni uyg`unlashtirish)lari. O`lkashunoslik qoidalari.
[А,1.56-65 betlar , Q,3.16-48 betlar; ].
Do'stlaringiz bilan baham: |