«tasdiqlayman» O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari I. Abdirimov «15» may 2023 yil


Download 88 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi88 Kb.
#1595021
  1   2
Bog'liq
Ochiq dars ishlanmasi


«TASDIQLAYMAN»
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari____________ I.Abdirimov «15» may 2023 yil

O’zbekiston Respublikasi IIV ning Xorazm akademik litsey «Biologiya» fani o`qituvchisi Sapayeva Anorgul 107- guruhda o`tkazilgan
« Inson biosferaning tarkibiy qismi » mavzusidagi

Urganch – 2023y.

NAZARIY DARS REJASI


Guruh: 107
Sana: 15.05.2023
O’quv fanining nomi:Biologiya
Mavzu nomi: “ Inson biosferaning tarkibiy qismi”

Darsning maqsadlari:


a) ta’limiy: o’quvchilarda o’tilgan mavzu yuzasidan yangi bilim va ko’nikmalar hosil qilish va uni shakillantirish.
b) tarbiyaviy: o’quvchilarni dunyoqarashini kengaytirish va ularda ma’naviy va axloqiy tarbiyani shakllantirish
с) rivojlantiruvchi: o’quvchilarni diqqat, hotira, tafakkur va bilish qobiliyatlarini shakllantirish
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1.Biosfera darajasiga xos xususiyatlari.
2Biosfera haqidagi ta’limotning qoidalari.


Ta’lim metodlari: ma’ruza
Baholash metodlari: savol – javob, biologik diktant, kroosvord, mosini top.
Axborot manbalari va texnik vositalari: darsliklar, kompyuter – o’quv komplekti , proektor, spektroskop.elektrofor, shisha va qaxrabo tayoqchalar.
Dars turi: yangi bilimlarni o’zlashtirish
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 minut
Uyga vazifa: mavzuni o`qib olish va savollarga javob yozish.


Mavzu nom”Inson biosferaning tarkibiy qismi”



Mashg’ulot bosqichlari

Ajratilgan vaqt

Mashg’ulot mazmuni

Ta’lim metodlari

Ta’lim vositalari

1.



Tashkiliy qism



5
minut



Xonani darsga tayyorgarligini tekshirish va davomat olish







2.

Kirish qismi
(Motivatsiya)

15
minut



Biosfera darjasining funksiyalari.

Savol
javob



darsliklar

3.




Yangi mavzuni bayoni



35
minut



Biosfera darasini o’ziga xosligi haqidagi ma’lumotlar.



aqliy hujum



darsliklar, kompyuter, slaydlar, plakatlar

4.


Mustahkam-lash



25
minut



1.Bugungi mavzuni qisqaqcha takrorlash
2.O’tilgan mavzu bo’yicha test yechish
3.O’tilgan mavzuga doir masala yechish





savol–javob



darsliklar

5.

Yakuniy qism





5
minut



1. Darsni xulosalash


2. O’quvchlar bilimini baholash


3.Uyga vazifa berish








darsliklar

1. Tashkiliy qism -5 daqiqa.
2. Kirish qismi- 15 daqiqa.
I bosqich. Biologik diktant.
II bosqich. Yangi mavzu bayoni – 35 daqiqa.
Biosfera darajasi sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar va ularning yashash muhitini qamrab olgan yaxlit sistema hisoblanadi. Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi biosfera tarkibi va strukturasining shakllanishiga olib keldi. Ekologik nuqtayi nazardan biosfera Yer sayyorasidagi barcha ekosistemalarni birlashtiradigan, to‘xtovsiz moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘ladigan global ekosistemadir. «Hayot qobig‘i» haqidagi dastlabki fikrlar J.B.Lamark nomi bilan bog‘liq. Biosfera atamasi birinchi bo‘lib fanga 1875-yili avstriyalik olim Eduard Zyuss tomonidan kiritilgan. Akademik V.I.Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotni yaratgan (36-rasm). Bu ta’limotga asosan, biosfera – tabiatdagi barcha tirik organizmlar va ular qoldiqlari, atmosfera, gidrosfera, litosferaning tirik organizmlar yashaydigan yoki ular hayotiy faoliyati izlariga ega qismlarini o‘z ichiga oladi. Biosferani o‘rganish geologik jarayonda hayotning va tirik moddaning ahamiyatini tushunib yetishga sabab bo‘ldi. Yerning hozirgi qiyofasi, uning atmosferasi, cho‘kindi jinslar, landshaftlarning barchasi tirik organizmlar hayot faoliyatining natijasidir. V.I.Vernadskiy: «Biosfera geologik va biologik rivojlanishning hamda biogen va abiogen moddalarning o‘zaro ta’siri natijasidir», deb ta’kidlagan. Biosfera bir tomondan tirik organizmlarning yashash muhiti bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa tirik organizmlarning hayotiy faoliyati mahsulidir. Yer sayyorasining holati ko‘p jihatdan unda yashaydigan tirik organizmlar hayotiy faoliyati bilan bog‘liq. Tirik organizmlar tomonidan amalga oshiriladigan modda va energiya almashinuvi Yer sayyorasi holatining turg‘unligini ta’minlovchi omil sanaladi. V. I. Vernadskiy biosfera hosil bo‘lishida inson faoliyatining o‘rnini alohida ta’kidlagan. Biosfera darajasining xususiyatlari. Hayotning har bir darajasi o‘ziga xos tarkibi, xususiyatlari, qonuniyatlari bilan tavsiflanadi. Bu jihatdan biosfera darajasi hayotning eng murakkab tuzilgan, eng yuqori darajasi hisoblanadi. Biosfera darajasining komponentlari, ya’ni tuzilish birligi biogeotsenozlar sanaladi.
Biosfera darajasida modda va energiyaning davriy aylanishi kuzatiladi. Biosferaning barqarorligi unda kechadigan barcha jarayonlarning tartibliligida, ya’ni biosferani tashkil etuvchi tirik organizmlarning o‘zaro murakkab munosabatlari xilma-xilligida, moddalar davriy aylanishining dinamik muvozanatida namoyon bo‘ladi. Biosferaning asosiy vazifasi Yerdagi hayot shakllarining xilma-xilligini va ularning uzoq davr mobaynida saqlanishini ta’minlashdan iborat. Biosfera darajasining asosiy yo‘nalishi biologik xilma-xillikning saqlanishi orqali biosferaning dinamik barqarorligini ta’minlashdan iborat. Biosfera darajasida Yerdagi hayotiy jarayonlarning davomiyligini ta’minlaydigan muhim global jarayonlar sodir bo‘ladi. Ularga misol qilib, quyosh energiyasining uzluksiz 36-rasm. Vladimir Ivanovich Vernadskiy (1863–1945), tabiatshunos olim, biosfera va noosfera ta’limoti asoschisi. 135 qabul qilinishi, o‘simliklar tomonidan erkin kislorodning hosil bo‘lishi, ozon qatlamining mavjudligi va karbonat angidrid gazi miqdorining doimiy saqlanishi, tirik organizmlarning zarur kimyoviy moddalar bilan ta’minlanishi hamda turlar va ekotizimlar biologik xilma-xilligining rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoitlarning mavjudligini olish mumkin. Biosfera tiriklikning eng yuksak darajasi ekanligini to‘liq tushunish uchun uni tashkil etuvchi komponentlar – biogeotsenozlarning hamda shu biogeotsenozlar tarkibiga kiruvchi xilma-xil turlar va populatsiyalarning xususiyatlarini anglab yetish zarur. Zamonaviy biologiya biosfera darajasida umumbashariy muammolarni, masalan, Yer sayyorasi o‘simliklar qoplami tomonidan kislorod ajralishi intensivligini aniqlash, atmosfera tarkibidagi karbonat angidrid gazi konsentratsiyasining inson faoliyati bilan bog‘liq holda o‘zgarishi, Yer yuzida biologik xilma-xillikning hamda biosferaning dinamik va barqaror holatini saqlab qolishga qaratilgan muammolarni hal etadi Biosferaning inson tomonidan tubdan o‘zgartirilgan yangi qobig‘i noosfera deyiladi. Inson tabiatning bir qismi sifatida u bilan uzviy bog‘langan va uning hayot faoliyati barcha tirik mavjudotlarga xos umumiy biologik qonunlar asosida sodir bo‘ladi. Yerdagi barcha tirik organizmlardan farqli ravishda inson ong, tafakkur, og‘zaki va yozma nutqqa ega. Fransuz matematigi Eduard Lerua noosfera atamasini taklif qildi. (grek. «noos» – ong, «sphaira» – shar). U inson ongi bilan shakllantiriladigan biosfera qobig‘ini noosfera deb atadi. Noosfera – Yer qobig‘ining kishilik jamiyatining ongi, tafakkuri, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fan-texnika rivoji, madaniyati bilan bog‘liq holda biosferaning yangi qiyofaga ega inson jamoasini o‘z ichiga oladi. Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy noosferani biosferaning inson va tabiat munosabatlarini ongli ravishda tartibga solishdan iborat bo‘lgan, biosferaning rivojlanishidagi yangi bir bosqich deb ifodalaydi. U inson faoliyatining ijodiy va yaratuvchanlik xarakterdaligi, inson ongi tufayli ilgari tabiatda mavjud bo‘lmagan va tabiatda mustaqil yashay olmaydigan madaniy o‘simliklarning yangi navlari va uy hayvonlarining zotlari yaratilganligini qayd etadi. Noosfera – biosfera rivojlanishining oliy bosqichi, unda insoniyatning ongli faoliyati asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. Inson biosferaning rivojlanish qonuniyatlarini to‘g‘ri tushunishi va shundan kelib chiqib, uning ekologik rivojlanishini ongli ravishda boshqarishi lozim. Boshqacha aytganda, inson o‘z mehnat faoliyati bilan biosferaning rivojlanish qonuniyatlariga amal qilishi lozim.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling