“Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari:
Ro‘ziboyeva Z. _______
(F.I.Sh.) (Imzo)
“10-” sentabr 2018- yil
Nazariy dars rejasi № 1
Sinf:
|
5-“B”
|
Dars o‘tiladigan sana:
|
10. 10. 2018
|
O‘quv fanining nomi: Ona tili
Mavzu nomi: Gap bo‘laklari
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: “Gap bo‘laklari” mavzusi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga gap bo‘laklari haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, gap bo‘laklariga nisbatan bilim, ko‘nikmalarini boyitish.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
1. O‘zbek adabiy tilida gap bo‘laklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
2. Gap bo‘laklari tarkibiga ko‘ra bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga bo‘linishini bilib oladilar.
3. Gap bo‘laklarining tilimizdagi o‘rni haqida ma’lumot oladilar.
4. Turli xil amaliy-nazariy topshiriqlar, mashqlar asosida gap bo‘laklarining qo‘llanilish holatlarini amalda ko‘radilar.
Dars tipi: aralashgan dars.
Ta’lim metodlari va texnologiyalari: suhbat, “Tushunchalar tahlili”metodi, “Zanjir” metodi, tushuntirish, ko‘rsatish, namuna, og‘zaki va yozma bayon qilish (debat), “O‘z o‘rningni top!” o‘yini, grammatik topishmoqlar, “Teskari test” metodi
Ta’lim shakllari: slaydlar asosida kichik guruhlarda ishlash
Ta’lim usuli: o‘yin va topshiriqlar, matn va mashqlar asosida
Baholash metodlari: rag‘batlantirish va baholash
Axborot manbalari va texnik vositalari: kompyuter, proyektor, ekran, slayd, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, rangli va oq qog‘ozlar, markerlar.
Dars turi: nazariy-amaliy.
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. (5 daqiqa)
a) o‘quvchilar bilan salomlashish;
b) o‘quvchilarni darsga hozirlash;
d) o‘quvchilar davomatini aniqlash;
e) dars shiori hamda kun hikmatini e’lon qilish va uni muhokama qilish.
Dars shiori: Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur.
(O‘zbek xalq maqoli)
Abdulla Avloniy
II. Uy vazifasini so‘rash va baholash. (10 daqiqa)
1. O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va ularga nom beriladi.
I guruh: “Bilimdonlar” II guruh: “Zukkolar” III guruh: “Topqirlar”
Do'stlaringiz bilan baham: |