«таsdiqlаymаn» O’quv ishlаri bo’yichа dirеktоr o’rinbоsаri
yil 1 yanvar holatigacha bo’lgan korxona qoldiqlarini hisoblash
Download 246.89 Kb.
|
10-mavzu informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1C dasturida “Mars computer service” MCHJ korxonasining asosiy vositalari va ularning eskirishini hisoblash
- Savol va topshiriqlar
2006 yil 1 yanvar holatigacha bo’lgan korxona qoldiqlarini hisoblash
2006 yil 1 yanvar holatigacha bo’lgan korxonaning debitor hamda kreditor qarzlarini hisoblash uchun avvalambor dasturga buxgalteriya hisobi bajariladigan davr o’rnatiladi. Buning uchun dasturdagi “операции” menyusidan “управление бухгалтерскими итогами” bandi tanlanadi va u yerdan birinchi kvartaldan ikkinchi kvartalgacha bo’lgan davr o’rnatiladi. Davr o’rnatilib bo’lingandan so’ng qoldiqlarni kiritish jarayoni boshlanadi. “Операции” menyusidan “журнал документов” ga kirilib, “ввод остатков” tanlanadi va OK tugmasi bosiladi. Ekranda qo’yidagi ko’rinishdagi oyna paydo bo’ladi. Shundan so’ng klaviaturatagi “INSERT” tugmasi bosilib “ввод остатков” (ввод сальдовых остатков счетов) tanlanadi va OK tugmasi bosiladi. Ekranda qo’ydagi oyna paydo bo’ladi. So’ng “Mars computer service” MCHJ korxonasining 2006 yil 1 yanvar holatigacha bo’lgan qarzdorliklari kirdiriladi. Bu jarayon ancha murakkab jarayon hisoblanib buxgalterdan juda hushyorlikni talab qiladi. Bir marta yo’l qo’yilgan hato juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin va hisobotni buzilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun buxgalteriya hisobilarni hatosiz yozish kerak. Qoldiqlar bilan “Mars computer service” MCHJ korxonasining buxgalteriya hisoblari bajarilgandan so’ng OK tugmasi bosiladi va bu ishlar dastur hotirasida saqlanadi. Agar “сформировать” tugmasi bosilsa ekranda qoldiqlar varaqa ko’rinishida tasvirlanadi. Bu ko’rinishni bemalol printer orqali bosmaga chiqarib olish mumkin. 1C dasturida “Mars computer service” MCHJ korxonasining asosiy vositalari va ularning eskirishini hisoblash 01-“Asosiy vositalar” hisob varag’i korxona mulkchilik huquqlari asosida egalik qiladigan foydalanishda, zaxirada, konservatsiyada bo’lgan yoki ijaraga berilgan (uzoq muddatga ijaraga beriladiganlaridan tashqari) assiy vositalarning mavjudligi va harakati haqidagi axborotni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, o’tkazuvchi qurilmalar, ishchi mashinalar va kuch mashinalari va uskunalar, o’lchovchi va tartibga soluvchi asboblar, ishlab chiqarish va xo’jalik inventlari va buyumlari, ishchi va mahsuldor mollar, ko’p yillik daraxtlar, qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining o’n besh baravarlik miqdoridan ortiq bo’lgan xo’jalik ichidagi va boshqa asosiy vositalar kiradi. Obektlarning asosiy vositalarga kiritilishi va ularning tarkibi qonun hujjatlari va boshqa normativ aktlar bilan tartibga solinadi. 01-“Asosiy vositalar” hisobvarag’ida qo’yidagilar ham hisobga olinadi yerlarni yaxshilash uchun kapital mablag’ sarflashlar (melirativ, quritish, irrgatsiya va boshqa ishlar) va uskunalar hamda asosiy vositalarga kiradigan boshqa obektlar. Bunda ijaraga olingan asosiy vositalar (uzoq muddatga ijaraga olinganlaridan tashqari) ijarachi tomonidan balansdan tashqari 001-“Ijaraga olingan asosiy vositalar” hisobvarag’ida hisobga olinadi. Ko’p yillik daraxtlarga yerlarni yaxshilashga qilinadigan kapital mablag’ sarflashlar har yili butun ishlar majmuining tugallanishidan qat’iy nazar foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli hujjatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Asosiy vositalar 01-“asosiy vositalar” hisobvarag’ida dastlabki boshlang’ich bahosida hisobga olinadi, bunday baho obektlar uchun qo’ydagicha belgilanadi: muassislar korxonaning ustav sarmoyasiga omonatlari hisobiga kiritgan obektlar – tomonlarning kelishuviga binoan; korxonaning o’zida tayyorlangan, shuningdek korxona va shaxslardan haq evaziga xarid qilingan obektlar – ushbu obektlarni tiklash (qurish) yoki ularni xarid qilish ketgan amaldagi xarajatlar, shu jumladan ularni olib kelish, montaj qilish va o’rnatish uchun ketgan xarajatlardan kelib chiqib; boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga olingan obektlar – ekspert yo’li bilan yoki qabul qilish-bersh xujjatlari ma’lumotlari asosida. Asosiy vositalarning dastlabki boshlang’ich qiymati o’zgartirilishiga faqat tegishli obektlarning qo’shimcha qurilishi, qo’shimcha uskunalanishi, rekonstruksiya qilinishi va qisman bartaraf, shuningdek ularning qayta baholanishi hollarida yo’l qo’yiladi. “Mars computer service” MCHJ korxonasi asosiy vositalari 1C dasturida quyidagi ko’rinishda kiritiladi: Asosiy vositalarning eskirishi 02-“asosiy vositalarning eskirishi” hisobvarag’ida hisobga olinadi. Muassislarning korxonaning ustav sarmoyasiga omonatlari evaziga kiritgan asosiy vositalarning kirim qilinishi 01-“asosiy vositalar” hisobvarag’ining debeti va 75-“muassislar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag’ining krediti bo’yicha aks ettiriladi. Korxonaning o’zida tayyorlangan, shuningdek boshqa korxona va shaxslardan haq evaziga xarid qilingan asosiy vositalar obektlari 08-“kapital mablag’ sarflashlar” hisobvarag’idan 01-“Asosiy vositalar” hisobvarag’ining debeti bo’yicha kirim qilinadi. Boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalar obektlarning kirim qilinishi 01-“Asosiy vositalar” hisobvarag’ining debeti bo’yicha 80-“Foydalar va zararlar” hisobvarag’i bilan bog’liqlikda, davlat korxonalari uchun esa – 85/1-“Nizomiy sarmoya” hisobvarag’i bilan bog’liqlikda aks ettiriladi. Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishi (sotilishi, hisobdan chiqarilishi, tekinga berilishi va hokazo)da ularning dastlabki boshlang’ich qiymati 01-“Asosiy vositalar” hisobvarag’idan 47-“Asosiy vositalarning sotilishi boshqacha chiqib ketishi”hisobvarag’ining debetiga hisobdan chiqariladi. Shunga o’xshagan yozuv etmaydigan yoki to’la ishdan chiqqan asosiy vositalarning dastlabki boshlang’ich qiymati hisobdan chiqarilganida ham amalga oshiriladi. 01-“Asosiy vositalar” hisobvarag’i bo’yicha tafsiliy (analitik) hisob asosiy vositalarning turlari va ayrim inventar obektlari bo’yicha yuritiladi. Bunda tafsiliy hisobning tuzilishi respublika hududidagi va xorijdagi asosiy vositalarnng mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni olish mkoniyatini ta’minlash lozim. 02-“Asosiy vositalarning eskirishi” hisobvarag’i korxona mulkchilik huquqlari asosida egalik qiladigan va uzoq muddatga ijaraga olgan asosiy vositalarning eskirishi to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Asosiy vositalarning hisobda aks ettirilishi lozim bo’lgan eskirishi har oyda amaldagi qonunlarga muvofiq asosiy vositalarning to’liq qayta tiklanishi uchun amortizatsiya ajratmalarining belgilangan normalaridan kelib chiqib aniqlanadi. 02-“asosiy vositalarning eskirishi”hisobvarag’iga qo’ydagicha ilova hisobvaraqalari ochilishi mumkin: 02-1-“o’z asosiy vositalarining eskirishi” ; 02-2-“uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi” . 02-1-“o’z asosiy vositalarining eskirishi” ilova hisobvarag’ida korxona mulkchilik huquqlari asosida egalik qiladigan asosiy vositalarning eskirishi harakati hisobga olnadi. 02-2-“uzoq muddatga ijasraga olingan asosiy vositalarning eskirishi” ilova hisobvarag’ida korxona uzoq muddatga olgan asosiy vositalarining eskirishi harakati hisobga olinadi. Savol va topshiriqlar 1С dasturi qanday vazifalarni bajarishda ishlatiladi? 1C dasturining menyulari nimalardan tashkil topgan? Shablonlar qanday yaratiladi? Jadval qanday yaratiladi? Download 246.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling