Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo’yicha Direktor o`rinbosari
o’qituvchi uchun adabiyotlar
Download 1.88 Mb.
|
Tasdiqlayman
13. o’qituvchi uchun adabiyotlar: A. Asosiy: A.Raflyev. N. G'ulomova. ‘Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. ‘SHARQ’ NMAK.2002 yil. G'.Abdurahmonov. H.Rustamov. ‘Ona tili’ 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. ‘O’qituvchi’. 1995 yi B.Qo’shimcha: 1. G'.Abdurahraonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari studentlari uchun qo'llanma. Toshkent. «O’qituvchi» 1981 yil. 2. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, SH.Yusupova. ‘Hozirgi o'zbek adabiy tili’ Akademik litseylarning 3-bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent. A.Qodiriy nomiiagi xalq merosi nashriyoti. 2003 yil.
Frontal savollar. 1. Davlat tili deganda nimani tushunasiz? 2. ‘‘Davlat tili to'g'risida’’gi qonun necha moddadan iborat? 3. Mustaqil ish: ‘Ona tilimni puxta bilaman’ mavzusida qisqa insho yozish.
REJA:
O'zbek tili imlosining nazariy asoslari va tamoyilari. O 'zbek tili imlo qoidalarining bo'limlari. Qo sh unli harflarning ishiatilishi. Qo 'sh undosh harflarning qo 'llanishi. Tayanch so’z va iboralar: til, tovish, harf, tilning o'ziga xos xususiyatlari, tovushlarning hosil bolish o'rni, usuli, qo’shimchalar qo'shilishi tartibi, unlilar imlosi, undosh harflar imlosi, bosh harflar imlosi, chiziqcha bilan yozish, qisqartib yozish, alfavit tartibi, imloning tamoiylari, ko'makchi fe'l, yo’akchi fe'l. XX asr hozirgi o'zbek tilining sayqal topishi, takomillashishi, ijtimoiy faollashuvi va birdaniga ikki davlatda davlat tili deb e'lon qilinishi bilan xarakterlidir. Shunday ekan o'zbek tilining orfografikasi, orfoepiyasi ma'lum tartibga solinishi lozim edi. 1995 yil 24 avguslda lotin yozuviga asoslangan o’zbek yozuvi uchun Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan o'zbek tilining imlo qoidalari tasdiqlandi. Imlo qoidalari lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish bo’yicha respublika davlat kommisiyasi topshirig'i bilan tegishli olimlar tomonidan tayyorlandi va keng muhokamaga qo'yildi. Imlo qoidalarining nazariy asoslariga o'zbek adabiy tilining avval yaratilgan imlo qoidalari asos qilib olingan. Unda o'zbek tilining o'ziga xos xususiyatlari, tovushlarning hosil bo'lish o'rni, usuli, uzun qisqaligi, qo’shimchalar qo'shilish tartibi, unli va undosh harflar imlosi, bosh harflar imlosi, o'zakning yozilishi, chiziqcha bilan yozish, qisqartib yozish, alfavit tartibi kabi tamoiyllarga alohida e'tibor berilgan. Lotin yozuviga o'tilishi munosavati bilan tovish-harf munosavatiga oid ayrim masalalar berilmadi. Masalan, kirill alifbosidagi yo, ya, yu harflaridan va Ъ (yumshatish), Ь (ayirish) belgilaridan vos kechildi. Ammo bunday harf va belgi qatnashgan so'zlar yozilishi imlo lug'atida ko'rsatildi. Alifboni o'rgatish maqsadida yaratilgan o'quv qo'llanmasida vayon qilindi. Ma'lumki, o'zbek tili lug'ati tarkibida yasama so'zlar juda ko'p. Bunday so'zlarning, aniqrog'i ulardagi so’z yasovchi qismining imlosi asosan bir xil bo'ladi. Ammo imlosida chalkashlik, qiyinchilik yuz berishi mumkin bo'lgan so'zlar ham bor. Masalan, -li, —lik yasovchi qo’shimchalari yasalgan so'zlar, alangali salom, (iliq munosavatni ifodalaydi) alangalik salom (bunday deyilmaydi), yigitlik burchim, (yigitlarning zimmasidagi ish) yigitli (yigiti bor), otali (otasi bor) bola, otalik (otalik qilmoq), bolali (bolasi bor), bolalik (g’or, yosh, tajrivasiz). Imlo qoidasida shu kabi masalarga ham aniqlik kiritilgan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida o'ntadan ortiq ko'makchi fe'I bor. Ular yordamida yangi so'z yasalmaydi, valki fe'lning murakkab shaklari hosil qilinadi. Imlo qoidasida komakchi fe'l bilan yo’akchi f'e'l ajratib yozilishi aniq ta'kidlandi. Masalan, yoza boshladi, (yozmoq, boshlamoq), aytib qo'y (aytmoq, qo'ymoq), olib berdi, qo'ya qol, degan edi. lmlo qoidalari quyidagi bo'limlardan iborat. 1. Harflar imlosi: Unlilar imlosi, undoshlar imlosi, yonma-yon keladigan unlilar imlosi. 2. Asos va qo’shimchalar imlosi. 3. Qo'shibyozish, 4. Ajratib yozish. 5. Bosh harflar imlosi. 6. Kochirish qoidalari. Harflar imlosi bo'limi o'z navvatida unli harflar imlosi va undosh harflar imlosi qismlariga ajraladi. Unlilar imlosi qismida tilimizdagi mavjud olti unlining yozilishi hamda ko’-ko’ma keladigan unlilar imlosi haqida vatafsil ma'lumot beradi. Ma'lumki o'zbek lilida tovushlar hosil bolish orniga ko'ra ham tafsivlanadi. Imlo qoidalarida unlilarning til oldi yoki til orqa o'rnida hosil bo'lish o'rniga kora yozilishi ham berilgan. Masalan, A,a harfi: 1) aka, alanga, aloqa, og'a; sentabr, noyabr kabi so'zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) vahor, zamon, savol, gavda, vasvasa kabi so'zlarning oldingi bo'g'nida, vaqt, vahm so'zlarda a aytiladi va yoziladi. I, i harfi: 1) ish, iz, qilmoq, xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki, volida, piramida, bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so'zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi; 2) o'tin, o'rik, bo'lim kabi oldingi bo'g'inida o' unlisi keladigan so'zlarning keyingi bo'g'inida keng I aytiladi va yoziladi. Mazkur bo'limning yo’tinchi vandida yonma-yon keladigan unlilar imlosi quyidagi tartibda berilgan: 1) unlilar orasida va'zan y undoshi qo'shib aytilsa ham, yozilmaydi: a) ia; material (yozilishi), mo’eriyal(aytilishi), tabiat(yozilishi), tabiyat
Boshqa hollarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi: manfaat, kauchiu, aorta, saodat, burjua, shuaro, inshoot, sanoat, vakuum, maummo, matbuot, tabbiy, rioya va hakazo. Undoshlar imlosi bo'Iimida 23 ta undosh harflarning yozilishi, ko’me-ko’ keladigan undoshlar iralosi va tutuq belgisining qo'llanishi haqida ma'lumot berilgan. MaMumki, undosh tovushlar, labning va shovqning ishtirokiga kora ham turlarga bo'linadi. Bubdan. tashqari sonor tovushlari, til orqa, til oldi, chuqur til orqa va bo'g'iz undoshlariga ham bo'linadi. Imlo qoidasida ana shularga alohida e'tibor berilgan. Masalan: B,b harfi 1) bobo, vahor, bir, majbur, zarb kabi so'zlarda jarangli, portlovchi, lan undoshini ifodalash uchun yoziladi; 2) kitob, yuzlab, kelib kabi sozlar oxirlda p aytilsa ham, b yoziladi. 3) qibla, tobla kabi so'zlarda va'zan v aytilsa ham, b yoziladi. Shu tariqa har bir undosh hargning o'ziga xususiyatlari ko'rsatiladi. Shuningdek, yonma-yon kelgan undoshlarning yozilishi ham vatafsil yoritilgan: 1) valand, Samarqand, poyezd, dovst, go'sht, artist, g'isht kabi so'zlar oxirida d,t tovushi va'zan aytilmasa ham, yoziladi. 2) Metal, kilogram, kilovatt, eongress kabi o'zlashgan so'zlar oxirida bir harf aytilsa ham, ikki undosh yoziladi. Lekin bunday so'zlarga shu tovush bilan boshlanadigan qo’shimchalar qo'shilsa, so'z oxiridagi bir harf yozilmaydi: Metal+lar= Metallar, kilogram+ mi=kilogrammi kabi.
1) a unlisi bilan tugagan fe'llarga -v, -q , -qi qo’shimchalari qo'shilganda a unlisi o tarzda aytiladi: sayla + V = saylov, oqla + V = oqlov, sina + V = sinov, tanla + V = tanlov; so'ra + q = so’roq, bo'ya + q = bo'yoq, o'yna + qi = o'naqi, sayra + qi = sayroqi kabi; 2) 1 unlisi bilan tugagan ko'pchilik fe'llarga -v, - q qoshiMchalari qo'shilganda asosda tovush o'zgarishi sodir bo'ladi: o'qi + v = o'quv, sovi+q= sovuq kabi. Undosh bilan tugagan varcha fe'llarga -uv, - uq qo’shimchalari qoshiladi.
Imlo qoidalarida shuningdek, so'zlarni qo'shib yozish, chiziqcha bilan yozish, ko'chirish qoidalari, ajratib yoish, bosh harflar imlosi kabi masalalarga atroflicha to'xtalib o'tilgan. Adabiy til qonunlari asosida to'g'ri yozish muhim bo'lib, tilshunoslikdagi to'g'ri yozuv qoidalarini o'rganadigan bo'lim orfigraflya deyiladi. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. O'zbek tili imlosining nazariy asoslari va tamoyilarini bilasizmi? 2. O'zbek tili imlo qoidalarining bo'limlarini sanang. 3. Qo'sh unli harflarning ishlatilishini aytib bering. 4. Qo'sh undosh harflarning qo'llanishini izohlang. 5. Harflarning qo'shaloq kelishiga misollar ayting va daftaringizga yozing. 6. Imlo qoidalarini yodlang. 7. Malbuot nashrlaridan imlo qoidalari buzilgan matnlarni toping va ularning xatolarini to'g'riling. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxat 1. A. Rafiyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. ‘SHARQ’ DMAK. 2002 yil. 2. G’.Abdurahmonov. H. Rustamov. Ona tili. 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. ‘o'rituvchi’. 1995 yil. 3. G’.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi O’zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari studentlari uchun qo'llanma. Toshkent. «O’qituvchi» 1981 yil. 4. A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, SH.Yusupova, Hozirgi O’zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3-bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 2003 yil. 5. Xalq ta'limi jurnal. 1996 yil.l son. 2-5 bo’. ‘Davlat tili to’g'risida’gi qonun. 6. O'zbektili va adabiyotijurnali 2005 yil. 3-son. 121-bo’. 7. F. Is'hoqov . Hski o'zbek tili va yozuvi. Qo'llanma. Toshkent. ‘O’qituvchi’. 1995 yil. 8. O'zbek tilining imlo lug'ali. Toshkent-’O’qituvchi’- 1995. 9. O'zbek lilining asosiy imlo qoidalari. 1995 yil. 24 avgust. 5. Yangi mavzuni mustahkamlash: Bu bosqichda o’qituvchi o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollardan foydalanadi: Frontal savollar: 1. O'zbek tili imlo qoidalarining bo'limlarini sanang. 2. Qo'sh unli harflarning ishlatilishini aytib bering. 3. Yonma-yon keladigan undosh harflarning ishlatilishini aytib bering. 4. O'zbek tili imlo qoidalarini tasdiqlash to'g'risidagi Vazirlar Mahkatnasining qarori qachon qabul qilingan?
A. Rafiyev. N. Gulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. ‘SHARQ’ NMAK. 2002 yil. 19-41 bo’. lmlo qoidalarint yodlash. 1. MAVZU: So'z o'zagiga qo’shimchalar qo'shganda yuz beradigan tovush o'zgarishlari asosida togri yozish. -ning va -ni qo’shimchalarini belgili va belgisiz qo'llanishi. 2. Dars turi:_________________ 3. Dars vaqti: ___ daqiqa 4. Dars tipi: o’quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlash, yangi mavzuni o'zlashtirish. 5. Darsda qo'llaniladigan usullar: Innvovatsiyon texnoligoyalari asosida ‘‘Muz yorar’’, ‘‘B.B.B.’’ usullari, 6. Darsda qo'llaniladigan nazorat turtari: 1. Frontal savollar. 2. Test savolliklari. 3. Mustaqil ish turi. 7. Dasr maqsadlari: A. Talimiy maqsad: Nazariy bilimlarni egallash va mustahkamlash; -ning va -ni qo’shimchalarini belgili va belgisiz qo'llanishi; so'z o'zagiga qo’shimcha qo'shganda yuz beradigan tovush o' zgarishlarini bilish; o'zakka qo’shimcha qo'shganda bo'ladigan tovush o'zgarishlari asosida to'g'ri yozish. B.Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarda namunali savodxonlik ko'nikmalarini shakllantirish. amaliy faoliyalda turli nutq tovushlarini tog'ri qollay bilish o'quvchidagi axloqiy va estetik tushunchalar asosida so'zlash ko'nikmasini yanada rivojlanlirish. ona tiliga muhabvat hissini kuchaytirish; V. Rivojlantiruvchi maqsad: Hozirgi o'zbek adabiy tilning asosiy tamoiylarini kengroq bilish; Til birliklarini amalda bexato qo'llay olish ko'nikmasini rivojlantirish; o'quvchining tiamunali yozma va ogzaki nutqini shakllanishini o'stirish; Nutqiy faoliyat chog'ida mavzuga ijodiy yondoshish malakasini rivojlantirish. Mustaqil fikrlash va o'z fikrini aniq, to'lq vayon qilish ko'nikmasini rivojlantirish. o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish. 8. Darsni o'tish joyi: ________________ 9. Darsning didaktikasi(integratsiya): A. Fandagi mavzular aro bog'lanish: Mavzu: 1.Imlo qoidalarining asosiy bo'limlarihi sharhlash. So'zlarda unli va undoshlarning qo'shaloq qo'llanishi B. Fanlararo bog'lanish: 1. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish: Mavzu. 1. Til birliklarining vazifasi va ularni amalda qo'llanishi. 2. Kommunikatsiya asoslari: 1. Tibbiyot xodimining so'zlashish odobi. V. Hayot bilan bog'lash: Mavzuni meditsina tarixidan olgan bilimlar asosida tushuntirish. Tibbiyot xodimi va bemor o'rtasidagi muloqot jarayonida adabiy tildan foydalish zamriyatini tushuntirish; Kundalik hayotimizdagi nutqiy faoliyat bilan bog'lanish. Ichki kechinma, fikr-mulohaza, dunyoqarashni tushuntirish.
-ning va -ni qo’shimchalarini belgili va belgisiz qo'llanishi; so'z o'zagiga qo’shimcha qo'shganda yuz beradigan tovush o'zgarishlarini bilish; o'zakka qo’shimcha qo'shganda bo'ladigan tovush o'zgarishlari asosida to'g'ri yozish. 11. Darsni jihozlash: Mavzuga oid ko'rgazmali qurollar, tarqatma materuallar, test savolliklari. Slayd, kodoskop, ekran, o'zbek tilining asosiy imlo qoidalarining to'liq matni. Imlo lug'ati. DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.
12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.
Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling