Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari


Download 2.35 Mb.
bet5/123
Sana17.08.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1667659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
UMK UMUMIY-4 yillik

Umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari.
Psixologiya fanining filogenetik, tarixiy, ontogenetik rivojlanishiga yangicha yondashish prinsiplarini quyidagicha turlarga ajratishga imkon beradi:

    1. Determenizm;

    2. Ong va faoliyat birligi;

    3. Taraqqiyot;

    4. Tarixiylik;

    5. Predmetlilik;

    6. Monizim;

    7. Nutq va tafakkur birligi;

    8. Faollik;

    9. Interiorizatsiya va eksteriorizatsiya;

    10. Faoliyat ichki va tashqi tuzilishi birligi;

    11. Psixikani sistemali analiz;

    12. Aks ettirishni faoliyat tuzilmasidagi in’ikos qilinuvchi obyektga bog‘liqligi va hokazo.

Psixologiya fanining asosiy printsiplari: determinizm printsipi, ong va faoliyat printsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi printsiplari ishlab chiqiladi.
A) Subyektiv asosga nisbatan obyektiv asoslar birlamchiligi printsipi. Psixika material bo‘lmasa ham materiyadan ayrim holda yashay olmasligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham psixologlar psixikaning tashqi material ko‘rinishidan o‘rganadilar.
B) Psixika taraqqiyotida faoliyatning yyetakchi rol o‘ynashi printsipi. Psixika taraqqiyotda faoliyatning yyetakchi rol uynashi printsipi inson psixikasining mehnatda yuzaga kelganligi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayrim holda o‘rganish mumkin.
V) Psixik hodisalarning o‘zaro bog‘liqlik printsipi. Psixik hodisalarning o‘zaro bog‘liqlik printsipini bizning ichki dunyomiz yagona bir butun ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllangan, aniq shaxslarga xos miyaning yagona ma’suli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o‘rganishning o‘zi asosiy maqsad bo‘lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biron psixik hodisaning boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va ta’sirini hisobga olish lozim bo‘ladi.
G) Psixik faoliyatni o‘rganishda obyektivlik printsipi. Boshqa tekshiruvchilar qatori psixologda ham real ma’lumotlarni o‘rganishni va real axvolni tasvirlamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yul qo‘ymaslikni talab qiladi.
D) Nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi printsipi. Nazariya amaliyotni yetaklab borishini o‘z qobiliyatiga o‘ralashib qolmasdan amaliyotga yangi-yangi yo‘llarni ko‘rsatishni talab etadi.
Y) Determinizm printsipi. Printsipiga ko‘ra psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi, va yashash sharoiti o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Inson ongining paydo bo‘lishi formalari va taraqqiyoti oqibat natijada hayot uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalar ishlab chiqarish usullari taraqqiyotining qonununlari bilan beligilanadi.
Masalan determinizm printsipiga ko‘ra psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va yashash sharoiti bilan o‘zgaradi.
Ong va faoliyat birligi printsipi psixologlarning xulq-atvor xatti-harakatlar va faoliyatni o‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlagan maqsadlarga muvofaqiyatli erishishni ta’minlovchi ichkii psixologik mexanizmlarni, ya’ni psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi. Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish printsipiga ko‘ra psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish hamda aynan tushuntirib berish mumkin. Ong va faoliyat birligi printsipiga ko‘ra ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi aynan ham emas, ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatining ichki planini, uning programmasini tashkil etadi. Faqat ongdagina vokelikning dinamik modellari yaratiladi, ana shu modellar yordamida odam tevarak-atrofni kurshab olgan muhit bilan munosabatga kirishadi. Psixika va ongning faoliyatida taraqqiy etishi printsipiga ko‘ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to‘g‘ri tushunish hamda aynan tushuntirib berish mumkin. Bu printsip psixologiyalardan P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskits, S.L.Rubinshteyn, B.M.Teplov va boshqalar tomonidan ishlangan, ularning asarlarida o‘z ifodasini topgan.
1. Psixologiyaning an’anaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvafaqqiyatli qo‘llanilmoqda.

Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling