Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R
Fan bo‘yicha ko‘nikma, malakalar va bilimlarini baholash
Download 6.32 Mb.
|
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshae
6. Fan bo‘yicha ko‘nikma, malakalar va bilimlarini baholash
va reyting nazorati. O‘quv mashg‘ulotini o‘zlashtirish sifatini baholash 2 xil nazorat : joriy va yakuniy baholash orqali amalga oshiriladi. 1.Joriy baholash (JB) - har kuni talabalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirilishi, talabalarning mustaqil ish bajarishi tekshirilib boriladi. Talabalarning mustaqil ishlari (TMI) – talabalar tomonidan mustaqil tayyorlangan ishlari (referat, slayda, krossvord, tarqatma material, vaziyatli masala,konspekt) amaliy mashg‘ulotlarda eshitilib, taxlil qilinadi va reyting nazorati tizimi asosida ballarda baholanadi. Talabaning mustaqil ishi O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligi-ning 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug‘i va oliy ta'lim muassasasi rektori 2009 yildagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baxolash tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizom» asosida tashkil etiladi. Talabalarning mustakil ishi namunaviy dastur asosida ko‘rsatilgan mavzular asosida amalga oshiriladi. TMI bo‘yicha olingan natija 0.05 koeffitsientga ko‘paytiriladi. Baholash quyidagicha amalga oshiriladi : -savollarga og‘zaki javob berishi; -vaziyatli masalalarni yechish,takliflar berish; -amaliy ko‘nikmalarni bajarish; -yangi usullarni qo‘llab, bilimni baholash; -mavzu bo‘yicha testlarni qo‘llash. Har bir bajarilgan ish reyting nazorati tizimiga asosan ballarda baholanadi. 2. Yakuniy baholash (YaB) – amaliy mashg‘ulotlar tugagach, quyidagicha olib boriladi:. -YaB ga joriy bahoning maksimal reyting balining 55 va undan yuqori ball olgan talabalar qo‘yiladi; -yakuniy baholash og‘zaki OSKI yoki yozma test shaklida olinadi; -reyting nazorti tizimiga asosan ballarda baholanadi. Fan bo‘yicha umumiy reyting balli JB va YaB ballarini qo‘shib olinadi. Olingan ballar qaydnoma va talabalarning reyting kitobchasiga qo‘yiladi. Fan bo‘yicha umumiy reyting balli quyidagicha baholanadi : 86,0 – 100,0 ball - a'lo 71,0 – 85,9 ball - yaxshi 55,0 – 70,9 ball - qonikarli 54,9 va undan past - qonikarsiz Talabaning tayyorgarlik sifatini belgilovchi asosiy kriteriyasi uning reytingi hisoblanadi, bu esa joriy va yakuniy nazorat baholarining yig‘indisidan chiqariladi. Fan bo‘yicha 100 ball kuyidagicha taqsimlanadi:
Amaliy mashg‘ulotlarni baholash kriteriyasi bo‘lib, talabaning mashg‘ulotga tayyorgarligi va vazifalarni bajarish sifati baholarining yig‘indisidan kelib chiqadigan joriy bahosi hisoblanadi. Har bitta talaba amaliy mashg‘ulotlar davomida mustaqil ishlarni bajarishi kerak. Mustaqil ish mavzusini va bajarish shaklini talabaning o‘zi tanlaydi. Download 6.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling