O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari :
-kompleks davolashda DJTning tutgan o‘rnini, yurak-qon tomir va nafas tizimi kasalliklari misolida DJTning ta'sir mexanizmini, kasalliklarning davolash bosqichlarini patogenetik asoslab berishni o‘rgatish;
-bemorning holatiga va kasallikning kechishiga qarab DJTning harakat tartibotini to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;
-DJTning vazifalarini aniq va to‘g‘ri tanlash haqida tushuncha berish;
- bemorlarni davolashda DJTning vosita va shakllarini tanlash haqida tushuncha berish;
- bemorlarga tavsiya etiladigan gimnastik mashqlar kompleksini tuzishga o‘rgatish;
- yuklamalrni to‘g‘ri meyorlash prinsiplarini o‘rgatish;
- qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlarning samaradorligini baholashga o‘rgatish;
|
6. O‘quv faoliyatini natijalari:
- yurak-qon tomir va nafas tizimi kasalliklari misolida jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizimini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarini, shakllarini, vositalari va uning turlarini aytib beradilar;
- DJTning harakat tartiboti va vazifalarini aniq belgilashadi;
- DJTxonasini jihozlashni bilishadi;
- asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolovchi gimnastik mashqlar kompleksi-ni tuzish prinsiplarini shakllantiradilar;
- DJT mashg‘ulotida qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samarador-ligini baholash usularini tartibli ravishda ochib beradilar;
- YuQT va nafas tizimi kasalliklari bilan bemorlarda va talabalar o‘zlarida DJTni o‘tkazadilar
|