2. Mavzuni o‘rganish davomiyligi: 7soat.(315min)
|
Talabalar soni 8-9
|
3.Mashg‘ulot shakli va maqsadi:
|
Talabalarni jismoniy mashqlarning davolovchi ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab davolovchi gimnastika kompleksini tuzishni o‘rgatish. Jarrohlik kasalliklarida va travmatalogiya-ortopediyada DJT vositalari, shakllari va harakat tartibotini qo‘llash va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatish.
|
4. O‘quv mashg‘ulot tuzilishi:
(mashg‘ulot rejasi)
|
Kirish
Asosiy qism
Yakuniy-xulosa qiluvchi qism
|
5. O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari :
-bemorlarni davolashda DJTning vosita va shakllarini tanlash haqida tushuntirish;
-bemorning holatiga va kasallikning kechishiga qarab DJTning harakat tartibotini to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish;
- DJTning vazifalarini aniq va to‘g‘ri tanlash haqida tushuncha berish;
- bemorlarga tavsiya etiladigan gimnastik mashqlar kompleksini tuzishga o‘rgatish;
-qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlarning samaradorligini baholashga o‘rgatish;
-kasallik tarixiga DJT tavsiyasini to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rgatish.
|
6. O‘quv faoliyatini natijalari:
- jismoniy mashqlarning ta'sir mexanizmini, DJTni qo‘llash uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalarni, shakllarini, vositalari va uning turlarini aytib beradilar;
- DJT harakat tartiboti va vazifalarini aniq belgilashadi;
- DJTxonasini jihozlashni bilishadi;
- asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda davolash gimnastik mashqlar kompleksini tuzish prinsiplarini shakllantiradilar;
- DJT mashg‘ulotda qo‘llanilayotgan jismoniy yuklamalarning adekvatligini va samarador-ligini baholash usularini tartibli ravishda ochib beradilar;
-bemorlarda va talabalar o‘zlarida DJTni o‘tkazadilar
|
|