Tasdiqlayman O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Nazorat savol va topshiriqlari
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematik tasavvur 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematika mashg`ulotlarini planlashtirish
- Nazorat savol va topshiriqlari
- Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar
- Tayanch so’zlar va iboralar
Nazorat savol va topshiriqlari 1.Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari 2. Tayyorlov guruhida olib boriladigan ishlar. 3. Bog’cha bilan maktab o’rtasidagi aloqa shakllari Mustaqil ish topshiriqlari: 1. Bog’cha bilan maktab va oila o’rtasidagi aloqa shakllari Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar 1. Kurmakaeva R., A'zamova M., Normatova S., Yusupova M., Elementar matematika rejalari. T. 1992y. 2. Bikbaeva N.U., Ibroximova 3.I., qosimova X.I. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish, T., 1995 14. MAVZU: BOLALAR BOG`CHASIDA, BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISH BO`YICHA ISHNI REJALASHTIRISH VA QAYD QILISH. Dars o’quv maqsadi: Mashg`ulot konspekti batafsil yoziladi, ba'zi paytlarda tarbiyachi qiladigan ish so`zma — so`z yozilib, ko`chirma gaplar va bolalarning ismlari ham keltirib yoziladi. Bu ochiq mashg`ulot o`ttanda yoziladi. Kalendar plan 2 haftaga tuziladi va qiska qilib yoziladi. Tayanch so’zlar va iboralar: maktabgacha ta’lim muassasasi, rejalashtirish, qayd qilish, kalendar reja, talablar, hisobot. Asosiy savollar: 1. Maktabgacha tarbiya muassasalarida matematika bo`yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilishning ahamiyati. 2. Matematika bo`yicha ishni rejalashtirish. 3. Kalendar rejaga qo`yiladigan talablar va hisobot. Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishni amalga oshirish muvaffaqiyati tarbiyachi ixtisosiga, uning kasbiga oid tayyorgarchiligiga bog`liq. Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari ishini rejalashtirish va tashkil qilishsiz ish hal bo`lmaydi. Matematika mashg`ulotlarini planlashtirish Matematika mashg`ulotlari ham boshqa predmet mashg`ulotlari kabi kalendar planda rejalashtiriladi. Ba'zi paytlarda tarbiyachining kalendar planidan tashqari, plan konspekt ham tuziladi. qanday paytlarda? - qanday maqsad bilan? Kalendar plandan konspektning farqi nima? Mashg`ulot konspekti batafsil yoziladi, ba'zi paytlarda tarbiyachi qiladigan ish so`zma — so`z yozilib, ko`chirma gaplar va bolalarning ismlari, ham keltirib yoziladi. Konspekt yozish va konspekt bilan mashg`ulot o`tish tarbiyachi uchun ancha oson bo`ladi. Ammo, tarbiyachilar bolalar bog`chasida ko`pincha o`zlari tuzgan planlar bilan mashg`ulotlarini o`tkazadilar. Shuning uchun ham tarbiyachilar konspektdan ham avval plan yozishni, uni tuzishni o`rganishlari kerak. Tarbiyachilar matematika mashg`ulotlarni faqat o`z gruppasidagina emas, balki boshqa gruppalarda o`tkaziladigan mashg`ulotlarni ham programma mazmunini bilishlari kerak. Yilning boshida ikkala tarbiyachi ham matematikadan, mashg`ulotlarni planlashtirishi juda muhim. Mashg`ulot konspektining taxminiy sxemasi Mashg`ulotning nomi. Programma mazmuni. Oldindan olib boriladigan ish. G`Bolalarning bilim darajalarini bilishG` Mashg`ulotga tayyorlanishi. Bolalarni tashkil qilish, mashg`ulotning borishi, metodik usullar G`bular hammasi birgalikda yoziladiG`. Shuningdek, tarbiyachilarning nutqi bu erda juda katta ahamiyatga ega. Uning nutq madaniyati va savodi, ravon va anik, muloyim va sodda, anik, qisqa tushuntiradigan, to`g`ri savol bera oladigan, u ko`p bo`lmasdan aniq savollar berib, qo`yilgan vazifaga to`lik javob oladigan bo`lishi kerak. Har bir bola bilan mashg`ulotdan tashqari vaqtlarda ham yakkama- yakka ish olib borishi zarur. Matematika mashg`ulotlarida olgan bilimlarini boshqa mashg`ulotlarda mustahkamlab borishi kerak. Bolalar bog`chasi dasturi malakali tarbiyachilarga moslab tuzilgan. Ammo dastur - bu darslik emas. U bilan ishlashni o`rganish va bilish kerak. Undan keyin shu planga qarab 2 haftalik mashg`ulotlar plani tuziladi. Lekin shunday narsalarga e'tibor qilish kerak: 1. Hamma va ayrim bolalarni bilish darajalarini. 2. Programma vazifalarini 3. Ko`rgazma qurollar qancha borligini bilish va qanday materiallarni tayyorlash kerakligini e'tiborga olish kerak bo`ladi. Lekin aniq mashg`ulot planini umumiy sxemaga aylantirish, unda faqat metodik usullarni eslatib o`tib, mashg`ulotning qismlarini ko`rsatishi noto`g`ri. Mashg`ulot planini mashg`ulot konspektiga o`xshatish ham kerak emas. Matematikadan mashg`ulotlar plani aniq tuzilishi kerak. Metodika va nazariyani biladigan boshqa tarbiyachi ham bu plandan foydalanib mashg`ulot o`tkazishi mumkin bo`lishi kerak. Ish tajribasida ayrim tarbiyachilar boshqa odam tayyorlagan planlarni, konspektlarni ko`chirish bilan shug`ullanadilar. Bu albatta, unga katta zarar keltiradi. Bunday tarbiyachi hech qanday ijodiy ish olib bormaydi va bolani tarbiyalashda juda katta, yomon xatoga yo`l qo`yadi. Plan tuzishning taxminiy sxemasi 1. Mashg`ulotning nomi: Bu punktda uchraydigan xatolar: A) mashgulot nomi o`rniga uning nomeri yoki didaktik o`yin nomini yozib qo`yadilar, bu noto`g`ri hisoblanadi. 2. Programma mazmuni: Bu punktda biz nimalarni o`rganish, qanday tushunchalarni qanday hajmlarda berilishini yozamiz. Undan keyin ishimizga qo`yilgan vazifalarni, maqsadimizni yozamiz. G`Bundagi xatolarG` a) o`z oldiga qo`ygan vazifalarni ifodalashda aniq so`z topa olmaslik, ko`pincha tarbiyachilar «o`rganishi» deb yozadilar, bu noto`g`ri, chunki G`faqat bir mashg`ulotda bolani o`rgatib bo`lmaydi. Shuning uchun boshqa so`zlarni ishlatish lozim. Ya'ni, tanishtirish, ko`rsatish, mustahkamlash, mashq qilish kabilarG`. Sh. Ko`rgazmali materiallar: Bu punkgda metodik usullar yozilmaydi. Planda mashg`ulotga kerakli ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar. IV. Mashg`ulotning borishi Bu punktda ham metodik usullar yozilmaydi, faqat mashg`ulot haqida batafsil yoziladi. Mashg`ulotning borishi qismlarga bo`linadi. Shularning hammasini qisqa, aniq va ko`chirma gaplarsiz yozish kerak. 1. Mashg`ulotning nomi: elementar matematika. 1. Bolalar nutqida “ko`p”, “bitta-bittadan”, “birorta ham” so`zlarni qo`llanilishini shakllantirish va aktivlashtirish. 2. Programma mazmuni: Bolalarni ayrim predmetlarni gruppadan ajratib olishga va ayrim predmetlardan gruppa tuzishga o`rgatishni davom ettirish, gruppadagi, barcha predmetlar uchun umumiy bo`lgan 1-2 belgini topishga bolalarni o`rgatish; bolalar nutqida “ko`p”, “bitta”, “bittadan”, “birorta ham” so`zlarni qo`llanilishini aktivlashtirish, bir soni gapda ot vazifasida kelganida turlash. III. Ko`rgazmali material: O`yinchoqlar: gruppadagi bolalar soniga teng miqdorda archacha va quyoncha. IV. Mashg`ulotning borishi: 1 qism: Bolalarni archachalarning ko`pligiga jalb qilaman. Keyin esa bitta archacha olib bolalardan menda nechta archacha borligini so`rayman, ulardan javob olgan har bir bolani bittadan archacha olishga taklif etaman va ularning har biridan nechta archacha olganligini so`rayman. Hammalari archachalarni olib bo`lganlaridan so`ng stolda bitta ham archacha qolmaganligini " ta'kidlayman va bolalarga archachani ko`zdan kechirishni taklif qilaman. Bolalardan archachalarning rangini, har birida nechtadan archacha borligini savollar berib so`rayman, so`ng umumlashtiraman. Hamma bolalarda bittadan archacha borligini stol ustida bitta ham archacha qolmaganligini ta'kidlayman va bolalarga hammalari birgalikda birorta ham archacha qolmaganligini aytishni taklif qilaman. Shundan so`ng hamma bolalarga bittadan archachani stol ustiga olib kelib qo`yishlarini aytaman va bolalarning har biridan nechta archacha qo`yganligini so`rayman. Shundan so`ng archalar ko`payib qolganligini ularga tushuntiraman. Oxirida esa archalar ko`pligini aytib yakunlayman. 2 qism: Bunda xuddi shunday mashqni quyonchalar bilan o`tqazib, bolalarni gruppadagi predmetlarning hammasi uchun umumiy bilishlarni ko`ra bilishga o`rgataman. Ulardan archacha va quyonchalar rangini so`rayman. Ularning javoblaridan xulosa qilaman. Pedagogik ishning hisoboti va analizi Hayot gruppadagi ta'lim tarbiyaviy jarayonni analiz qilishni, uning sifat va samaradorligini aniqlashni talab qiladi. Mashg`ulot aniq bolalar va alohida olingan har bir bola programma materialini qanday egallaganligi (topshiriqlarni hamma uddaladimi, kim uddalay olmadi, sababi nimada, bu bolalarga tatbiqan harakatlarning qanday individual programmasini mo`ljallash, yo`q bo`lgan va orqada qolgan bolalarga etishib olishlarida qanday yordam berish, mashg`ulotda boallarning aktivligi qanday bo`lganligi) qayd etiladi, bolalar intellektlari, xotiralari, idroklarida qanday siljishlar tashlanganligi, ularning yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari nimalarda ifodalanganligi, ta'lim tarbiya jarayonini o`stiruvchi hamda tarbiyalovchi ahamiyat kasb etgan-etmaganligi aks ettiriladi. Bolalarning yutuqlari maksimal darajada ob'ektiv baholanishi kerak, chunki haqiqiy ahvolni analiz qilishgina maktabgacha yoshdagi bolalarga bundan keyin ta'lim va tarbiya berish usullarini aniqlash uchun asos bera oladi. Shuning uchun tarbiyachi faqat o`zining taasurotlariga asoslanmasligi, balki bolalar faoliyati (rasm, yasalgan narsa, bolalar hikoyalari va shu kabilar)ning natijalaridan foydalanishi lozim. Nimalar egallanmaganligi, kimlar va nima egallanmaganligi albatta hisobga olinishi kerak. Masalan, kichkintoylarning nutqlarnni o`stirish va ularga savod o`rgatish mashg`ulotlaridagi faoliyatlarini analiz qilishda bolalarning predmet va hodisalar haqidagi bilim va tasavvurlarining cifati, ularning nutqiy ko`nikmalari, ifoda vositalaridan foydalanish, so`z yasash, so`zni o`zgartirish malakalari, so`zning tovush strukturasini farqlashning rivojlanganligi va shu kabilarga e'tibor berish zarur. Bolaning ta'limda orqada qolish sabablari analiz qilinar ekan, tarbiyachilarning ishlarini kuzatish, ularga bu hodisalar sabablarini aniqlashlarida ko`maklashish, alohida-alohida o`qitishni uyushtirishda va bolalarga individual yondashishni amalga oshirishda foydali maslahatlar berishi kerak. Umumiy ta'lim va hunar maktabining islohoti mehnat ta'limiga doir ishlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Yangi programmada bolalarning mehnati birinchi marta bolalar faoliyatining mustaqil turi sifatida ikkinchi kichik gruppadan boshlaboq alohida bo`limga ajratilgan. Shuning uchun hisobotda bolalarda mehnat ko`nikma va malakalari, kollektiv mehnat malakalarining rivojlanish darajasini qayd etish lozim. Bunday analiz tarbiyachiga pedagogik jarayonning tafsilotini ko`rish, ijobiylik va kamchiliklarni ob'ektiv baholash, asosli xulosalar chiqarish, o`z mehnati mahsulini ko`rish va uning istiqbolini belgilash imkonini beradi. Pedagogik masala № Bolalar bog`chasining mudirasi ertalab gruppalarning ishga tayyorgarligini tekshira turib, bitta tarbiyachida matematika mashg`uloti uchun hamma materialning stol ustida turganini ko`rdi. Navbatchilar geometrik shakllarni konvertlarga solayaptilar, rangli qalam va daftarlarning bor yo`kligini tekshirdilar. Ikkinchi tarbiyachi o`z o`rnida yo`q edi, u metodik kabinetda sanash uchun o`yinchoqlar tanlayotgan edi, keyin esa gruppada sanoq zinachasini qidirdi. Uchinchi tarbiyachi esa mashg`ulot uchun materialni taxlayotgan edi, bolalar bu vaqtda o`yin bilan mashg`ul bo`ldilar. Xisobot — kundalik ish yakunida xisobot yoziladi. Nazorat savol va topshiriqlari 1. Hap 6ir tarbiyachining ishga tayyorgarligini qanday baholaysiz? 2. Mashg`ulotni o`tkazishga tarbiyachining tayyorgarligi qanday bo`lishi kerak? U qachon amalga oshiriladi? Mustaqil ish topshiriqlari: 1. Bolalar bog`chasida matematika bo`yicha rejalashgirishning ahamiyati va sharoiti. 2. Matematika bo`yicha mashg`ulot konspektini tuzishga qo`yilgan talablar. 3. Matematika bo`yicha mashg`ulot rejasini tuzishga qo`yilgan talablar. 4. Bolalar bilan individual ishlashni rejalashtirish. 5. Programma vazifalarining bajarilishi va bolalarning matematik bilimini egallashlarini tekshirishni rejalashtirish. 1. Kalendar plandan konspektning farqi nima? Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar 1. S.Salimar A.A. Formirovanie elementarno`x matematicheskix predstavleniy u doshkolnikov. M., 1988 y. 2. Bikbaeva N.U., Ibroximova 3.I. qosimova X.I. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish. T.1995 y. 3. Metlina L.S. Bolalar bog`chasida matematika. T. — 1981 y. 4. Bolalar bog`chasining ta'lim tarbiya dasturi. 15.MAVZU: BOLALAR BOG`CHASIDA BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISH ISHIGA METODIK RAHBARLIK QILISH Dars o’quv maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’lim muassasalarida matematik tassavvurlarni shakllantirish ishlariga metodik raxbarlik qilish bo’yicha ma’lumot berish. Tayanch so’zlar va iboralar: tarbiyachi, ishni tashkil qilish, bolalar, mudira, katta tarbiyachi, mahorat, ish tajribalarini umumlashtirish. Asosiy savollar: 1. Matematik tasavvurlarni shakllantirish ishini tashkil qilishda bolalar muassasasi mudirasi va katta tarbiyachining roli. 2. Tarbiyachilar bilim darajasini va mahoratini oshirish shakllari. 3. Ish tajribalarini umumlashtirish va uni bolalar bog`chasida pedagoglar orasida yoyish. Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni. Prezident Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi muhbirining savollariga bergan javoblarida O`zbekiston fuqarosining siyosiy faolligi ortib borayotgani, ertangi kunga ishonchi va O`zbekiston har sohada yanada yangi muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritanligidan faxrlansa, bir tomondan yaqinda bo`lib o`tgan noxush hodisalar to`g`risida esa afsus bilan so`zladilar. Javoblardan yoshlar tarbiyasi bilan shug`ullanuvchi barcha hodimlar, murabbiylar va tarbiyachilarga ko`proq taalluqli bo`lgan vazifalar kelib chiqadi. Vatanga sadoqat ruhida tarbiya topayotgan, jahon taraqqiyoti va madaniyati darajasiga etish uchun intilayotgan yoshlarimiz bilan birga noxush hodisalar keltirib chiqarishda qatnashgan va shunta o`xshash doiralarga tushib qolayotgan yoshlarimiz bor ekan, hali bizning oldimizda katta muammolar turganini his etish mumkin. Shunday muammolarni hal etishda har bir ta'lim xodimining chuqur bilim egasi va zamon bilan hamqadam bo`lib yurishga intilishga hozirgi yoshlarga berilayotgan bilim va tarbiya zamon talablariga javob berishda - ko`p mehnat qilish kerakligini anglatadi. «Hushyorlikka da'vat» maqolasini o`qib Prezidentimiz I.Karimovning «Ko`p narsa albatga, insonning o`ziga va uning tarbiyasiga bog`liq», «Bu borada qancha ish qilmaylik shu sohada ishlarimiz etarli emasligini tan olishimiz, to`g`ri yo`lni adashmay topa olishga qodir bo`lgan barkamol avlodni tarbiyalash, etishtirihda bag`ri keng, zaxmatkash murabbiylarimizga tayanishimiz lozim» degan fikrlar barchani e'tiborini yoshlar tarbiyasi jiddiy masala ekaniga qaratadi. Shunday ekan O`zbekiston bolalar bog`chasining mudira va katta tarbiyachilarining, tarbiyachilar hamda bolalar bilan ishlashdagi roli juda katta ahamiyatga egadir. Katta tarbiyachining lavozim va vazifalari «Bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalari, rahbar va pedagogik xodimlar lavozimlarining malaka xarakteristikalari» va «Maktabgacha bolalar muassasalari haqidagi Nizom»da belgilab berilgan. yosh gruppalari tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha bolalar muassasasi va maktab ishida ketma-ketlilikni ta'minlash bo`yicha ishni uyushtiradi. Katta tarbiyachi oliy pedagogik ma'lumotga (maktabgacha pedagogika fakulteti) ega bo`lgan yoki o`rta pedagogik (maktabgacha bo`limi) ma'lumotga va kamida 3 yil pedagoglik stajiga ega bo`lgan eng yaxshi tarbiyachilardan tayinlanadi. O`z kasbining hurmatini qozonishi va ularga o`z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun katta tarbiyachi qanday rahbarlik sifatlariga ega bo`lishi kerak? Katta tarbiyachi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmasiga ham ega bo`lish zarur. Bunday ko`nikmasiz butun ish qat'iy ilmiy asosda qurilgan, bola psixologiyasini chuqyp bilishni nazarda tutadigan zamonaviy maktabgacha muassasada ishlab bo`lmaydi. U fanning turli sohalari, madaniyat, san'at, etikadan keng xabardor bo`lishi kerak. Tajribali katta tarbiyachining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g`oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishga qarab farqlanadi. U pedagoglar bilan maslahatlashadi, jamoatchilik fikri, hamkasblarining tanqidiy mulohazalari va takliflariga hushyorlik bilan quloq soladi, ularning tajriba va bilimlaridan foydalanadi, tarbiyachi ishidagi muvaffaqiyatni o`z vaqtida qo`llab quvvatlaydi. Uning yutuqlarini ommalashtiradi. Maqtov va ma'qullash pedagoglarning o`z tajribalari, fikr va hissiyotlarini hamkasblari bilan o`rtoqlashish ishtiyoqini tug`diradi. Katta tarbiyachi talablarni qo`yishda talabchan va qat'iy bo`lishi kerak. Rahbarning o`ziga bo`ysunuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim hislati — talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, hayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga qo`shib olib borish zarur. Talabchanlik — bu qattiqo`llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, hayfsanlarning foydasidan ko`ra zarari ko`proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat bepadi. Katta tarbiyachining muhim sifatlardan biri tadbirkorlikni har xil tipdagi kishilarga ularning bilimlari, madaniyati, tarbiyalanganlik darajalarini, temperament va xarakterlarini hisobga olib yondosha bilishidir. Maktabgacha muassasaning qandayligini uning tarbiyachilari kollektivi ko`rsatib turadi. Kollektivni yaratadigan, uni jipslashtiradigan, ishga layoqatli kuchga aylantiradiganlar mudira va katta tarbichidir. Yaxshi kollektivda nizoli vaziyatlar ishbilarmonlik bilan, taqdirlovichi so`zlar takabburona tanbehlarsiz hal qilinadi. Ma'lumki, odoblilik shaxsning o`zini tuta bilishi, emotsional vazminliligi bilan bog`liqdir. Rahbarning obro`sini hech bir narsa manmanlik, bag`ritoshlik, ma'naviy, etik madaniyatning tanqisligi, o`ziga va qo`l ostidigilarga talabchanlik, so`z bilan ish o`rtasidagi uzilish to`kkandek to`kolmaydi. Hap qanday talab — ko`rsatma yoki maslahat, mulohaza yoki hatti-harakat tajribali rahbarda doimo amaliy xarakter kasb etadi. U hatto jaxli chiqqan vaqtda ham ovozini ko`tarishdan o`zini tiyadi. Talabchanlik har bir kishiga xurmat bilan olib borilgan, va o`ziga talabchan bo`lish namunasi bilan mustahkamlangan hollardagina samarali bo`ladi. Xushmuomala, nazokatli rahbar boshchilik qilgan pedagoglar kollektivida uning baholari, ko`rsatmalari, muomala ohangida alohida sezgirlik tarkib topishi qayd etilgan. Maktabgacha muassasa ta'lim tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi, uning obro`si ko`p jihatdan pedagoglar kollektivining jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida birlik va o`zaro tushunishning mavjudligiga bog`liq bo`ladi. Mudir va katta tarbiyachining boshqaruvchilik vazifasi umumiy va o`ziga xos vazifalarga bo`linadi. Masalan, rahbarning asosiy va umumiy vazifasi maktabgacha mussasada ta'lim — tarbiya jarayonini tashkil etishdir. Umumiy vazifalarga tarbiyachilar kollektivini uyushtirish, jipslashtirish, uning faoliyatini aktivlashtirish, maqsadga yo`llash, o`z-o`zini boshqarish, kontrol qilishni rivojlantirish kiradi. O`ziga xos vazifalarga esa tarbiyachilarning kasb — hunar malakalarini oshirish, metodik ishni tashkil qilish, pedagogik hujjatlarni yuritish kiradi. Bu vazifalarni bajarish katta tarbiyachi va bolalar bog`chasining mudiri o`rtasida aniq taqsimlangan va kelishib olingan bo`lishi kerak. Kelishilgan harakatlar ma'lum masaalalarni hal qilishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni bartaraf etishda barchaga yordam beradi. Amaliyot ko`rsatishicha, operativ masalalar: ishni planlashtirish, kontrolni amalga oshirish, pedsovet, konsultatsiyalarni o`gkazish, buyruqlar, ko`rsatmalar berish va hokazolar osonroq hal qilinadi, takkabburlik, engillik va ta'sirchanlik, insoniy hatti-harakatlar sabablarini tushuna bilmaslik, kishilardagi afzalliklardan ko`ra ularning nuqsonlarini sezishga moyillik — bularning barchasi rahbarlikninig qoralanadigan uslubining asosiy belgilaridir. Mana shuning uchun ham pedagogik eruditsiya, yuksak ma'suliyat hissi, g`oyaviy ma'naviy e'tiqod haqikiy rahbarning qimmatli hislatlari hisoblanadi. Yosh tarbiyachilarga metodik yordam Yosh tarbiyachining dastlabki ish kunlari eng og`ir ish kunlar hisoblanadi. Bolalarda ularning yangi tarbiyachilari qanday ilk taassurot uyg`otishi ham katta ahamiyatga egadir. Agarda u ikkilansa, qat'iyatsizlik ko`rsatsa, kichkintoylar oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishdan cho`chisa, bolalar buni tezda anglab oladilar va ularni boshqarish oson bo`lmaydi, «gruppani eplolmaydi» deyishadi, bunday tarbiyachi haqida. Yosh mutaxassis o`z muvaffaqiyatsizliklaridan chuqur tashvishga tushadi, xatto o`zining kasbiga yaroqliligiga gumonsiraydi. Yosh tarbiyachilarga yordamni qanday uyushtirish kerak? Eng avvalo uni tajribali, bilimdon, bolalarii va o`z ishini sevadigan pedagog ishlaydigan gruppaga yo`llash kerak. Eng yaxshi yordam pedagogga bolalar bilan qanday ishlash kerakligini ko`rsatishdir. Hech qanday maslahat, gapirib berish, tushuntirishlar ko`rsatishdik yordam bermaydi. Mana yosh tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini uyushtira bilmayapti. Bolalar nima bilan shug`ullanishni bilmaydilar, pedagog esa gruppada intizomni, tartibni o`rnata olmaydi. Katta tarbiyachi yoki bolalar bog`chasining mudiri bolalarning bunday hatti-harakatlari sababini aniqlaydi: agarda bolalar bekorchilikdan to`polon qilayotgan bo`lsalar, unda darhol ularga maqul keladigan mashg`ulotlarni topish haqida o`ylash kerak bo`ladi. Bunday vaziyatlarda katta tarbiyachi tarbiyachiga bolalarning hilma xil faoliyatiga mos keluvchi sharoitlarni qanday tashkil qilishni, bolalarni turli xil o`yinlar, mashg`ulotlarga jalb qilishni ko`rsatadi. Ustalik bilan, bolalarning fikrlarini buzmay, bolalarga individual yondoshuvni amalga oshirishga yordam beradi, qiynalayotgan va ishini yarim yo`lda tashlab ketmokchi bo`lganlarga maslahatlar beradi, tushuntiradi, ko`umaklashadi, bolalarga o`z faoliyatlarini hamma narsani oldindan tayyorlab, qo`shib uyushtirishni o`rgatadi; o`yin uchun sherik topishda yordamlashadi. Bunday ko`rgazmali misol tarbiyachiga bolalarning faoliyatlarini to`g`ri uyushtirishda yordam beradi. Har bir yosh mutaxassis — ishni endi boshlayotgan yosh tarbiyachi konsultatsiyalar olib turishi uchun unga murabbiy — tajribaliroq va obro`liroq tarbiyachini biriktirish lozim. Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo`lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagogni ishning ilg`or metodlari va usullarini egallashga, o`z bilimlarini doimo to`ldirib borishga, erishilgailar bilan chetlanmay, tarbiya sirlarini egallash ishtiyoqini singdirishga yo`llash katta tarbiyachining vazifasi hisoblanadi. Dastlabki kundan boshlab katta tarbiyachi yosh pedagogga bolalarni diqqat bilan kuzatishni, ularning fikrlariga quloq solishni, hatti - harakatlarini o`rganishni o`rgatadi. har bir bolaning kimligini, qandayligini), uni nimalar qiziqtirishini, nimalar bilan yashashi, nimalar quvontirishi, tengqurlarinig unga qanday munosabatda bo`lishini bilgan taqdirdagina har bir bolannng qalbiga yo`l topish mumkinligi hammaga ma'lum. Pedagogning, unda kasb mahoratinig shakllanishi tarbiyachi bolani, uning xususiyatlarini, hatti - harakatlarining sabablarini tushuna bilganda, har bir bolaga e'tiborli va sezgir bo`lganda, hayrixohlik bildirib, ko`nglini ko`tarib, erkalata olganda, gruppadagi bolalar o`zlarini uylaridagidek his qiladigan vaziyatni yarata olishidan boshlanadi. Yosh mutaxassisni iliqlnk bilan kutib olish va o`z kollektiviga qabul qilish, unga kasbga «kirishida» va unga mehr qo`yishida yordamlashish muhimdir. Ayrim yosh tarbiyachilarning ishdan hafsalasi pir bo`lishi va qoniqmasliklari haqidagi mavjud faktlarga ba'zan to`liq darajada ma'muriyat va birinchi navbatda katta tarbiyachi sababchi bo`ladi. Tarbiyachi, ayniqsa yosh tarbiyachi mehnatining o`z vaqtida, adolatli baholanshiga ehtiyoj sezadi. Biz ko`pincha tarbiyachining ishini faqat, tashqi belgilariga ko`ra baholaymiz. Gruppada osoyishtalikmi — demak hammasi joyida. Buning ortida nima bor? Asosiy maqsad tashqi intizom emas, balki pedagog bolalarni xushmuomala qilib tarbiyalay olgan — olmaganligi, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo`lishni o`rgatgan — o`rgatmaganligi, bolalarning yordamga muhtoj o`rtoqlariga o`z vaqtida yordam ko`rsatishni bilish-bilmasliklarida emasmi? Maqtov kayfiyatni ko`taradi, faoliyatni rag`batlantiradi, ishga qiziqishini oshiradi. Tarbiyachi shaxsidagi ijobiylikka tayanish unga qo`yiladigan yuksak talabchanlik bilan birgalikda amalga oshiriladigan kollektivlarda yaxshi an'analar, yuksak ma'suliyat ruhi, do`stona o`zaro yordam, ijodiy tashabbuskorlik yashaydi. Bunday sharoitlarda ishni endi boshlayotgan tarbiyachi pedagoglar kollektiviga tez va osonlik bilan singib ketadi. Kasbga oid sifatlar ko`p jihatdan tarbiyachining o`ziga xosligi, xarakteri va temperamentining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Pedagoglik faoliyatiga ma'lum irsiy moyilliklari bo`lgan talantli kishigina chinakam va omilkor tarbiyachi bo`lishi mumkin degan fikrlar mavjud. Maktabgacha tarbiya muassasalarida metodik ish shakllari Metodik ishga rahbarlik vazifalarini amalga oshirish kadrlar bilan kollektiv va individual ish shakllari orqali amalga oshiriladi. Kollektiv ish shakliga pedagogik yig`ilishlar kiradi. Maktabgacha bolalar muassasalarida pedagogik sovet haqida Nizomga asosan quyidagi masalalarni ko`rib chiqish mumkin: «Bolalar bog`chasi ta'lim — tarbiya dasturi» ning bajarilishi haqida tarbiyachilarning hisobotlari, tajriba almashish, tematik tekshirish natijalarining bahosi, ilg`or pedagogik tajribani va fandagi yangi yutuqlarni amaliyotda qo`llash va boshqalar. Pedagogik kengashlarning aniq mavzusi maktabgacha tarbiya muassasalarining holati va yillik planda ko`zda tutilgan vazifalarga bog`liq holda quyidagicha temalarni keltirish mumkin. 1. Matematika mashg`ulotlarida bolalarning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirish ish tajribasi bilan almashish. 2. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda o`yin usullari va qiziqarli mashqlardan foydalanish ish tajribasi bilan almashish. 3. Bolalar tomonidan o`zlashtiriladigan matematik bilimlarning individual xususiyatlari. 4. Matematika mashg`ulotlarida bolalarga individual yondashish. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling