Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Arishli – Jizzax, Forish tumanlaridagi qishloq. Qangli qabilasining tarkibida arishli degan urug‘ nomi bilan atalgan (9). Ashshakkeldi


Download 251.98 Kb.
bet20/53
Sana08.09.2023
Hajmi251.98 Kb.
#1674306
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53
Bog'liq
Tasdiqlayman-fayllar.org

Arishli – Jizzax, Forish tumanlaridagi qishloq. Qangli qabilasining tarkibida arishli degan urug‘ nomi bilan atalgan (9).

Ashshakkeldi – Forish tumanidagi qishloq. Ug‘uzlarda ashak – etak, past, quyi demakdir. Demak, toponim etakdan kelganlar qishlog‘i degan ma’nodadir (10) kabilar.
2.5. O‘rinboev B. Asrlardek barhayot nomlar (Samarqand viloyati toponimlari izohi). – Samarqand: Zarafshon, 2003. – 281 b. Bu lug‘at dastlab “Samarqand viloyat toponimlarining izohi” nomi bilan nashr etilgan edi (Samarqand: SamDCHTI nashri, 1997. – 202 b.). Asar “Muqaddima” (3-11-betlar) va “Lug‘at” (12-280-betlar) qismlarini o‘z ichiga oladi. “Muqaddima” qismida viloyat toponimlarining o‘ziga xos xususiyatlari, uning tarixiy ildizlari haqida so‘z yuritilgan hamda lug‘atning tuzilishi, tarkibi haqida ma’lumot berilgan. Lug‘atdan namuna:


Boshcho‘rash - Payriq tumanidagi qishloq. Zarafshon vodiysidagi o‘zbek qipchoqlarning bir urug‘i cho‘rash deb atalgan. Etnonim oykonimga o‘tgan. Lotin: Boshcho’rash (40).

Jabi – Jomboy tumanidagi qishloq. Jabi yobu – yobi – yabu – yabo shaklida qo‘llaniladi. Jabi (yobi) o‘zbek millati tarkibiga kirgan qadimiy elat, qabila. Ular Zarafshon vodiysida yashaganlar. Paxtachi tumanidagi Niyoz jobi, Eshmat jobi nomlari ham shu o‘zakdan. Lotin: Jabi (70) kabilar.
2.6. Qoraev S. O‘zbekiston viloyatlari toponimlari. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2005. – 240 b. Asar “So‘zboshi” (3-4-betlar), “Toshkent shahri toponimlari” (5-41-betlar), “Andijon viloyati toponimlari” (42-51-betlar), “Buxoro viloyati toponimlari” (52-65-betlar), “Jizzax viloyati toponimlari” (66-78-betlar), “Navoiy viloyati toponimlari” (79-90-betlar), “Namangan viloyati toponimlari” (91-99-betlar), “Samarqand viloyati toponimlari” (100-121-betlar), “Sirdaryo viloyati toponimlari” (122-124-betlar), “Surxondaryo viloyati toponimlari” (125-134-betlar), “Toshkent viloyati toponimlari” (135-155-betlar), “Farg‘ona viloyati toponimlari” (156-163-betlar), “Xorazm viloyati toponimlari” (164-176-betlar), “Qashqadaryo viloyati toponimlari” (177-188-betlar), “Qoraqalpog‘iston toponimlari” (189-200-betlar), “Etnonimlar ma’nosi” (201-209-betlar), “Toponimikaning kodlari” (210-221-betlar), “Xotima” (222-223-betlar), “Adabiyotlar ro‘yxati” (223-238-betlar) qismlarini o‘z ichiga oladi. Bu asarda Toshkent shahri, har bir viloyat va Qoraqalpog‘iston hududining geografik joylashuvi, toponimlarining o‘ziga xos xususiyatlari qisqacha yoritilib, shu hududga oid toponimlarning qisqacha lug‘ati keltirilgan. Lug‘atdan namuna:


Buvayda – qishloq. Buvayda tumani markazi. SHoh Jamolning singlisi Bibi Xuvaydo nomi bilan atalgan deyishadi. Qo‘qon xonligi arxivida Bibi Ubayda shaklida tilga olingan (159).


Download 251.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling