Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Demononim- iblis, shayton; jin kabilarga berilgan maxsus nomlar. Mifonomiya


Download 251.98 Kb.
bet6/53
Sana08.09.2023
Hajmi251.98 Kb.
#1674306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
Tasdiqlayman-fayllar.org

Demononim- iblis, shayton; jin kabilarga berilgan maxsus nomlar.
Mifonomiya-ertak, epopeya, xalq dostonlari, afsonalarda uchraydigan xayoliy, afsonaviy atoqli otlar, ularning majmui.
Anemonim-tabiat stixiyalari (bo‘ron, shamol, tayfun, siklon va b. ga berilgan atoqli otlar.
Ideonim- xalq tarixi uchun ahamiyatli bo‘lgan ba’zi tarixiy hujjatlar, asarlarning atoqli oti.
Fitonimiya- yakka holda olib nomlangan bir dona o‘simlik va daraxtlar atoqli oti.
Politonim- davlat ramzlari (bayroq, tamg’a, emblema va shu xil atributlar)ining atoqli oti.
Ergonim- faoliyat yuzasidan uyushgan kishilar jamoasi, shuningdek, muassasa, tahskilot va korxonalar atoqli oti.
Faleronim-har qanday orden, medal, ko‘krak nishonlari, tojlar va sh.k. atoqli oti.
Dignitonim-faxriy unvonlar, mansablar va sh.k. atoqli oti.
Kosmonim- kosmik fazoda joylashgan samoviy ob’ektlarning atoqli oti.
Stratonim- geologik formatsiyalar, gorizontlar va ularning qismlariga berilgan atoqli ot.
Poreyonim-har qanday transport vositasining bir nusxa( dona) siga berilgan atoqli ot.
Gemeronim-matbuot organlari (gazeta, jurnal, byulleten va b. ning atoqli oti.
Xrematonim-xalq tarixi, madaniyati uchun ahamiyatli bo‘lgan noyob qurollar, asbob-uskunalar, san’at va musiqa asarlarining bir donasiga berilgan atoqli ot.
Xrononim- tarixiy davrlar, bosqichlarning atoqli oti.
O‘zbek tili onomastikasi superko‘lamini tashkil qiluvchi keltirilgan makroko‘lamlar bir-biridan ularga kiruvchi atoqli otlarning tiplari va hajmiga ko‘ra farqlanadi. Makroko‘lamning hajman salmoqdorlari antroponimiya, toponimiya, nekronimiya, ilmiy, badiiy, san’at asarlarining atoqli otlari ko‘lamidir. Ularga nisbatan, masalan, politonim, faleronim, dignitonim, anemonim va b. hajman salmoqli emas.
Shuni qayd etish kerakki, keltirilgan makroko‘lamlarning har biri o‘z navbatida o‘zlaridan hajman kichiq bo‘lgan mikroko‘lamlarga bo‘linadi, ya’ni ular mana shu mikroko‘lamlardan tashkil topadi.


Download 251.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling