Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor X. Kadirov


Download 1.96 Mb.
bet22/234
Sana02.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1146627
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   234
Bog'liq
Pedagogik mahorat MAJMUA

Kommunikativ muloqot
Interaktiv muloqot
Perseptiv muloqot
1. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvini qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir - birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etishdir. Muloqotga kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr almashinuv, hatti-harakat va xulq atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi.
3. Perseptiv muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim.

O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi


O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va xotirjamligini ta’minlaydi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:




Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling