Ko‘proq «b» javob natijalari: Sizni ijodkorlik umuman qiziqtirmaydi. Balki, bu holat Sizning judayam kamtar va sustkashligingiz sabablidir? Agarda Siz, hozirgi holatingiz haqida o‘ylab ko‘rmasangiz va kasbiy faoliyatingizga biror ijobiy o‘zgarish kiritmasangiz, umringiz davomida faqat yaxshi ijrochi yoki bajaruvchi bo‘lib qolasiz. Aslini olganda, bu ham yomon emas. Siz fan olamida qobiliyat tushunchasi yo‘q deb hisoblasangiz, aziyat chekmasangiz ham bo‘ladi. Barchamizga ma’lumki, hayotda qobiliyatsiz, no‘noq insonlar uchramaydi, aksincha, o‘z kasbini noto‘g‘ri tanlagan insonlar uchraydi.
Ko‘proq «v» javob natijalari: Siz hech ikkilanmasdan, o‘z ijodkorlik qobiliyatingizni namoyon etishingiz mumkin, biroq negadir bu jarayonni xohlamaysiz. Ehtimol, Sizning ijodkorlik aqlingiz tanlash xususiyatiga egadir va u kasbiy faoliyatingizning muhim jabhalarida o‘zini ko‘rsata olishi mumkin. Misol uchun Eynshteyn, abstrakt g‘oyalar to‘g‘risida gap ketganda tengsiz iste’dodli ijodkor edi. Ammo uni kundalik kichik ixtirolar mutlaqo qiziqtirmagan va bunga toqati yo‘q edi. Shunday bo‘lsada, birgina g‘oyaga ega bo‘lgan inson bo‘lishdan qochishga harakat qiling. Yoki, dilingizga yaqin asosiy g‘oyangizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ko‘proq kichik g‘oyalaringizni shakllantirishga urinib ko‘ring.
Sizning mantiqiy fikrlash qobiliyatingiz.
Hurmatli o‘qituvchi. Pedagogik faoliyatingizda mantiqiy fikrlash qobiliyatingiz shakllangan bo‘lishi zarur. Ushbu test topshiriqlari asosida bajaradigan vazifangiz: quyida berilayotgan mantiqiy ta’kidlar real haqiqatga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligidan qat’iy nazar aniqlab javob berish. Ba’zi topshiriqlarda to‘g‘ri javob bir nechta bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi mumkin. Test 8 minut davomida yechilishi lozim.
1. Ba’zi palma daraxtlari moychechak turiga mansub. Hamma moychechaklar baland ovozda qichqiradilar. Demak, barcha palmalar ham baland ovozda qichqiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |