Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor X. Kadirov
b) katta tezlikda boshqarishni yoqtiraman (3 ochko); v)
Download 1.96 Mb.
|
Pedagogik mahorat MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25 – 31 ball
- 32 – 45 ball
- 5. Xarakteringizdagi kuchli holatlar.
b) katta tezlikda boshqarishni yoqtiraman (3 ochko);
v) atrofimdagi boshqa transport vositalariga yo‘l bermasdan, ba’zan tezlikni oshiraman (2 ochko). 11. Suhbatdoshingiz Sizni tinglamayapti, o‘zingizni qanday tutar edingiz? a) asabiylashaman (3 ochko); b) xushmuomalalik bilan suhbatimga e’tibor bermayotganligiga ishora qilaman (1 ochko); v) qayrilib ketvoraman (2 ochko). 12. Siz suhbatdoshingizni doimo diqqat bilan tinglay olasizmi? a) hamisha (1 ochko); b) ba’zida (2 ochko); v) kamdan kam holatlarda (3 ochko). 13. Kishilarning diqqat markazida bo‘lishni xush ko‘rasizmi? a) xohlayman (3 ochko); b) ba’zan (2 ochko); v) bu men uchun zarur emas (1 ochko). 4. Siz ishlaydigan maktabda o‘qiydigan o‘g‘lingizni kimdir ranjitdi, qanday chora ko‘rar edingiz? a) sinf rahbariga murojaat qilardim (1 ochko); b) o‘g‘limni ranjitgan bolani adabini berardim (2 ochko); v) raqibiga qanday “javob” qaytarishni o‘g‘limga zimdan o‘rgataman (3 ochko). 15. O‘zaro murosaga kelib, yon bosishga qodirmisiz? a) hech qachon (3 ochko); b) ha (1 ochko); v) vaziyatga qarab xulosa chiqaraman (2 ochko). Endi yiqqan ballaringiz natijalari bilan tanishing: 24 ball va undan past: Siz bilan bemalol muloqot olib borsa, suhbatlashsa bo‘ladi, biroq Siz haddan tashqari ko‘ngilchan insonsiz, tinchliksevarsiz. Qat’iyatli, dovyurak bo‘lishingiz kerak. O‘zingizga tanqidiy munosabatda emassiz. Shunday bo‘lsada, jamoaga va atrof muhitdagi kishilarga nisbatan hurmat-ehtiromni yo‘qotmang. 25 – 31 ball: Siz jamoa va atrofingizdagi kishilar bilan bemalol muloqot qila olasiz, ba’zan Siz bilan muloqotga kirishish juda qiyin. Chunki, Sizning xatti–harakatingiz kayfiyatingizga qarab o‘zgaradi. Ruhiy kechinmalarga, his–tuyg‘ularga berilishingiz kerak emas, sabr–toqatli bo‘ling. Ba’zan o‘zingizni o‘zgalar hamda Siz ranjitgan odamlar o‘rniga qo‘ya biling. 32 – 45 ball: Siz umuman o‘ylamay gapiradigan, yengil tabiat insonsiz, ba’zan judayam tajovuzkor, urushqoq holatga tushasiz. Jamoangiz va atrof-muhitingizdagi kishilar fikr–mulohazalariga qarshi kurashishga ham tayyorsiz. Siz bilan murosaga kelish, muloqot olib borish juda og‘ir. Agarda o‘zingizga nisbatan qat’iyatli, kamchiliklaringizga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lsangiz, kunlar o‘tib yaxshi suhbatdoshga aylanishingiz mumkin. 5. Xarakteringizdagi kuchli holatlar. Hurmatli o‘qituvchi. Siz pedagogik faoliyatingizga nisbatan qanday pozitsiyadasiz: ijodkorlik bilanmi, o‘ziga xos noyob g‘oyalar bilanmi yoki eskirgan siyqasi chiqqan andozalar bilan ishlaysizmi? Pedagogik mahoratingizdagi kuchli jihatlar nimada mujassamlashgan? Ushbu test savollari xuddi shu muammolarga javob topishingizga yordam beradi. 1. Salomatligim mening jiddiy mehnat qilishimga ta’sir qiladi: Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling