a) ha;
b) yo‘q;
v) ba’zi holatlarda.
2. Umuman olganda, men omadliman:
a) ha;
b) yo‘q;
v) ba’zan.
3. Mening xotiram:
a) yaxshi;
b) yomon;
v) o‘rtacha.
4. Meni g‘ayrioddiy, g‘alati hodisalar o‘ziga jalb etadi:
a) ha;
b) yo‘q;
v) agar u mening qiziqishlarimga to‘g‘ri kelsa.
5. Men o‘z mutaxassisligim bo‘yicha malakamni oshirishga ehtiyoj
sezaman:
a) ha;
b) yo‘q;
v) ba’zi darajalar bo‘yicha.
6. Men o‘z kasbimni quyidagi vaziyatda tanlaganman:
a) kutilmagan qulay bir vaziyat tufayli;
b) amaliy mulohazalarimga tayanganman;
v) men o‘ylamasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri ilk duch kelgan kasbni tanladim.
7. Men orzu qilishni, fantaziyaga berilishni yaxshi ko‘raman:
a) ha;
b) yo‘q;
v) ba’zan.
8. Men yolg‘izlikni xush ko‘rmayman:
a) ha;
b) yo‘q;
v) ba’zan xohlab qolaman.
9. Menga yolg‘iz qolib fikr yuritish yoqadi:
a) ha;
b) yo‘q;
v) vaziyatga bog‘liq.
10. Qachon xohlasam, o‘sha paytda barcha tashvishlardan holi bo‘lishni bilaman:
a) ha;
b) yo‘q;
v) ba’zan.
Endi bajarilgan testingiz natijalari bilan tanishing:
Ko‘proq «a» javob natijalari: Siz umuman har qanday kasbiy faoliyatga ijodkorlik bilan yondashishga iqtidoringiz yetarli. Aqliy teranlik, ixtirochilik qobiliyatingizni ham yuzaga chiqaradi. Siz hozirgacha birorta o‘ziga xos yangilik yaratmadingizmi? Balki, bu holat hali yosh kadr ekanligingiz uchundir yoki barcha ijodiy ishlarga birdaniga yondashishingiz tufaylidir. Har qanday sharoitda ham Sizning yaratuvchanlik iste’dodingiz namoyon bo‘lgan. Ushbu intilishni yanada takomillashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |