Tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov " " 2022-yil tarix fakulteti "Jahon tarixi" kafedrasi
Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to‘g‘risida manbalar
Download 0.5 Mb.
|
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” -fayllar.org
Aka-uka Pazuxinlar elchiligi to‘g‘risida manbalar. Aka-uka Pazuxinlar Markaziy Osiyo xonliklarining umumiy ahvoli, xonliklarga, Eron va Hindistonga Astraxan orqali olib boradigan karvon yo ‘li haqida keng m a ’lumot jamlaganlar. Aka-uka Pazuxinlar kelib chiqishi aslzoda (dvoryan) avlodi. Katta Pazuxin — Boris A n dreevich Pazuxin 1667— 1673-yillarda stolnik mansabida davlat xizmatida bo'lgan va inisi Semyon Ivanovich bilan birgalikda 1669—1671 -yillarda Buxoro, Balx va Urganchga yuborilgan Rossiya elchi!igiga boshchilik qilgan. O radan sakkiz yil o'tgach, 1679- yili Qrimga elchi qilib yuborilgan. Yo'lda isyonchi rus kazaklarining hujumiga duchor bo'lgan va olishuv paytida o'ldirilgan. Aka-uka Pazuxinlar (elchilik tarkibida 10 kishi bo'lgan) Buxoroga Yoyiq-qalmoq ulusi va Xiva orqali borganlar, qaytishda esa Eron-Shemaxa va Boku orqali qaytishgan. Elchilar Buxoro va Xivada hammasi bo'lib ikki yarim yil turganlar. Podshoh va elchilik mahkamasi tarafidan berilgan hujjatlardan m a ’lum bo'lishicha, aka-uka Pazuxinlar elchiligi oldiga quyidagi vazifalarqo'yilgan; 1) H ar ikki davlat: Rossiya va O'rta Osiyo xonliklari o'rtasidagi do'stlik va savdo aloqalarini mustahkamlash. Podshoh Aleksey Maxaylovich (1645— 1676)ning Buxoro xoni A bdulazizxon (1645—1680) nom iga yo'llagan maktubida o'qiymiz: «...Biz ota-bobolarimizning (ishlarini) o'zaro do'stlik va izzat-hurmatda bo'lish, bordi-keldi aloqalarini davom ettirish haqidagi ko'rsatmalarini esda tutib, Sizning savdogarlaringizga bizn in g m am lak atim izg a, b izn in g sav d o g arlarim iz Sizning mamlakatingizga bemalol borib kelishlarini yaxshilaylik». 2) Buxoro, Balx va Xiva xonliklarida saqlanib turgan rus asirlarini ozod qilishga harakat qilish. Elchilik mahkamasi (Посольский приказ) bergan yo'riqnom a (HaKa3)da bunday deyiladi: «Buxoro, Balx va Urganchga qarashli yerlarda saqlanayotgan rus asirlari (barcha choralar bilan) ozod qilinsin. Shuni ham aytish kerakki, elchilikka «Podshoh oliy hazratlariga tegishli kishilarni, aslzoda (dvoryan va boyar)larning bolalarini qidirib topib ozod qilishga» alohida e ’tibor berish topshirikli. 3) O 'rta Osiyo xonliklarining ichki va xalqaro ahvolini, ulardan qaysilariga suyanish m um kinligini aniqlash. Xususan, Elchilik mahkamasining yo'riqnomasida (Nakazida) mana bunday gaplar bor: «(Xonliklardan) qaysinisi kuchliroq va ishonchliroq bo'lsa, o'shanisi bilan aloqa o'rnatish lozim. Boris va uning hamrohlari Buxoro, Balx va Urganchda bo'lganlarida ularning xonlari hozirgi paytda Turkiya sultoni, Eron shohlari va Gruziya bilan qanday munosabatda ekanligini, kimlar 100 bilan aloqasi y o ‘qiigini, shu kunlarda Xorazm taxtida kim o'tirganini har qanday yo‘l bilan aniqlasinlar; Buxoro, Balx va U rganch xonlarining xazinasi boymi, askari kuchlimi, shularni ham aniqlasinlar». Moskva hukumati aka-uka Pazuxinlarga ham Buxorodan Hindistonga olib boradigan qulay yo‘lni aniqlash vazifasini yuklagan edi. Ularbu vazifani bajarish uchun taijimonlar Nikita Medvedev va Semyon Izmaylovlami Balxga jo'natdilar. Ulardan faqat Nikita Medvedev Pazuxinlar huzuriga qaytib keldi va Balxdan Hindiston poytaxti Shohjahonobodga olib boradigan yo‘l haqida ma'lumot keltirdi. U bunday deb yozgan: «Hindistonga olib boradigan yo‘l Balxdan aholi yashab turgan qishloqlar oraqali o'tadi. Yo'lda hech qanday odobsizlik, talontaroj va boj olish degan narsalar yo‘q». Taijimon Shohjahonobodga yo'l Xinjon, Parvon, Kobul, Peshovar orqali o ‘tishini aytgan. Yana u yozgan: «Xinjon bilan Parvon oralig‘ida Hind tog‘lari (Hindikush) yotadi. To'g'ri yo'ldan, tog1 orqali borilganda masofa olti kunlik, tog‘ni aylanib borilganda — to'rt haftalik yo‘1». Ikkinchi taijimon Semyon Izmaylov Kobulda qolgan edi. Aka-uka Pazuxinlar O'rta Osiyo xonliklaridagi mavjud harbiy-siyosiy ahvol haqida ham m uhim m a ’lumotlarni to'plaganlar. Axborotnomada o'zbek xonlari saroyida amalda boigan qabul marosimlari haqida ham m a ’lumotlar keltiriladi. Unda, xususan, bunday deviladi: «(Ark) darvozasi oldida Boris va uning hamrohlarini Malaybek (to‘pchiboshi) kutib oldi. Boris va uning hamrohlari (to'pchiboshi olib kelgan) otlarga mindilar. Podshoh qasriga yetganda ularni otdan tushirdilar, chunki podshoh qasriga otliq kirish m an ’ etilgan. Borisning o'ng tarafiga Buxoroning atoqli zotlari, xon avlodidan bo‘lgan shahzoda va xonning yaqin mulozimlari, chap taralda, katta amir (boyarin) xonning yaqin mulozimlari va boshqa lavozimdagi mansabdorlar, (umuman) 100 dan ortiq kishi joy oldilar... Abdulazizixonning o ‘ng tarafidan xojalar, ruhoniylar va ulamolar o ‘rin oldilar. Xonning oldiga uning qilichi, o ‘q-yoyi va qalqoni qo'yilgan edi. Uning orqasida 12 nafar nayza va qilich ko‘targan uy xizmatkorlari turgan edi. Xonning old tarafida 200dan ortiq yasovul (va qo‘riqchilar) tik turar edilar...»
Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling