Tasdiqlayman" O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov " " 2022-yil tarix fakulteti "Jahon tarixi" kafedrasi


-Mavzu: Rossiya imperiyasi davri manbalari


Download 0.5 Mb.
bet22/29
Sana03.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1743301
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh. Kadirov ” -fayllar.org

10-Mavzu: Rossiya imperiyasi davri manbalari
Darsning mazm uni: T u rk isto n o ‘lkasining c h o r Rossiyasi mustamlakasiga aylanishi, uning sabablari, mustamlakachilik tuzumining xalqlar boshiga solgan zulm-u bedodliklari to'g'risidagi tarixiy manbalar asosiy xususiyatlari, ularning ilmiy ahamiyati talabalarga tushuntiriladi.
Reja:
1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar.
2. Mahalliy manbalar.
3. Rossiya manbalari.
4. Rasmiy hujjatlar va ushbu davr to'g'risidagi adabiyotlar.
5. Turkiston to'plami.
6. Turkiston albomi.
Asosiy tushunchalar: Chor Rossiyasi, Turkiston o'lkasi, mustamlaka, oq podshoh, mardikor.
1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar Movarounnahrdagi yirik davlat bo'lgan Buxoro va Xiva xonligi XVIII asrning birinchi yarm ida Eron shohi N odirshoh t a ’sir doirasiga tushdi. 1753-yili Nodirshohni vasiy sifatida tan olgan M uhammad Rahim o'zini Buxoro amiri deb e’lon qildi va 1920-yilgacha hukm surgan m ang'itlar sulolasiga asos soldi. Farg'ona vodiysida yashab turgan o'zbek qabilalaridan biri minglar o'z yetakchisi Shohruhbiyni hokimiyat tepasiga ko'tardilar va Qo'qon xonligi tashkil topdi. XIX asrboshida M uham m ad Rahimxon avval (1806—1825) mustaqil Xiva xoni sifatida faoliyat ko'rsata boshlaydi. Shunday qilib, XVIII oxiri XIX asr boshlarida Movarounnahrda uchta mustaqil davlat faoliyat ko'rsata boshlaydi. 247 Rossiya iqtisodiy va harbiy qudratga erishishi munosabati bilan uning Qo'qon, Xiva xonliklari va Buxoro amirligiga bo'lgan munosabatida istilochilik ruhi ustun kelib, XIX asrning ikkinchi yarmidan o'lkani zabt etishga kirishdi. 1860-yili Rossiya Q o 'q o n xonligiga qarshi e ’lon qilinmagan urush boshladi. Polkovnik Mixail Chernyayev 1864-yili Avliyo ota shahri tomon yurish boshladi va shaharni egallab, general darajasiga ko'tarildi. 1865-yil M.Chernyayev Toshkentni egalladi. 1866-yili M.Chernyayev Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlarini boshladi va 2 yil davom ida uning yarim hududini egalladi. Rossiya hukumati yangi bosib olingan yerlarni boshqarish uchun va bu harakatni davom ettirishni muvofiqlashtirish uchun 1867-yilning 11- iyulida Turkiston general-gubernatorligini t a ’sis etdi va uning rahbari etib general Fon Kaufmanni (1867—1881) tayinladi. 1872-yil oxirlarida harbiy vazir boshchiligiga Peterburgda Turkiston, Orenburg general-gubernatorlari va Kavkazdagi podshoh noiblari ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga qaror qilinadi. 1873-yili may oyida ruslar Xiva shahrini egallaydilar. Bu esa kuchayib borayotgan Rossiya davlatining osonlikcha o'lkani o'z ta ’sirdoirasiga o'tkazish imkonini berdi. 1917-yilgi Sank-Peterburgda yuz bergan Oktabr to'ntarishi Rossiya davlati tarixida Sho'rolar hukmronligiga asos soldi. Bu davrda yuz bergan voqealar bir tomondan o'sha davr rasmiy hujjatlarida mahaliiy xalq vakillari va rossiyalik mualliflar tomonidan turlicha yoritilgan. Mana shuning uchun har manba alohida o'rganilishi, turli tomonlarqarashlari o'zaro qiyosiy tahlil qilinishi maqsadga muvofiq. Ushbu davr voqealari keyingi davr adabiyotlaridan ham turlicha talqin etib kelindi. Chunki, ularga siyosiy tuzum tazyiqi juda kuchli edi. 0 ‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bilan mustamlaka davri tarixini xolislik va odilona tarzda yoritish imkoni yaratildi.
2. Mahaliiy manbalar Bu davrda «Afzal at-tavorix», «Tarixi Umarxon», «Risolai askariya», H ak im x o n T o 'ra n in g «M u n tax ab u t-tav o rix » , M ulla N iyoz Muhammadning «Tarixi Shohruhiy», Avaz Muhammad Attorning «Tarixi jahonnamoiy», M uham m ad Solihning «Tarixi jadidayi Toshkand», Mullo Yunusjon Munshiyning «Amiri Lashkar Alimqul tarixi» kabi asarlar Qo'qon xonligida, «Tuhfat ul-xoniy», «Tarixi amir Haydar», «Fatxnomai sultoni», «Mang'itlar xonadoni tarixi», «O'zbek podshohliklari zikri», Mirzo Abdullazim Somiyning «Tarixi Salotini mang'itiya», «Tarixi salotini mang‘itia, uzbakiya va ashtarxoniya», «Shajarai xusravi Komkor» nomli asarlar Buxoro amirligida, Munisning «Firdavs ul-iqbol», Muhammad Rizo Ogahiyning «Riyoz ud-davlat», «Zubdat ut-tavorix», «Jom i’ al-voqioti sultoniy», «Gulshan ud-davla», Bayoniyning «Shajarayi Xorazmshoxiy», «Xorazm tarixi», «Iqboli Feruziy» kabi tarixiy asarlar Xorazmda yaratildi. Xorazmda yaratilgan tarixiy asarlar o'zbek tilida yaratilganligi bilan diqqatga sazovor. Bundan tashqari xorazmlik olim va tarjimonlar ko'plab tarixiy asarlami o ’zbek tiliga taijima qilganlar. U muman, mustamlakachilik arafasida va bu davrda ko'plab mahalliy tarixchilar bo'lib o'tgan siyosiy voqealarga o'z munosabatlarini bildirganlar. Bugungi kunda ushbu manbalardagi qimmatli m a ’lumotlarni boshqa manbalar bilan qiyosiy o'rganish asosida tarixni xolis va odilona yoritish mumkin.
3. Rossiya manbalari Mustamlakachilik davriga oid Rossiya manbalari deganda, birinchi galda Chor Rossiyasining rasmiy idoralari, tashqi ishlar vazirligi, rus amaldorlarining xotiralari hamda rus tarixchilaming asarlarini tushunamiz. Chor Rossiyasining rasmiy idoralarining Turkistonni zabt etilishi va mustamlakaga aylantiriiishiga oid ko'plab qimmatli ma’lumotlari mavjud. Ammo, ular yaxlit holda chop etilmagan. Bu manbalardan O'zbekiston yangi tarixining birinchi jildi «Turkiston Chor Rossiyasi mustamlachiligi davrida» (Toshkent, 2000) kitobidan ma’lum darajada foydalanilgan. Lekin, ularni katta tarixiy-ilmiy ahamiyatga egaligini nazarda tutganda hammasini yaxlit holda ilmiy izohlar bilan chop etilishi maqsadga muvofiqdir.
4. Rasmiy hujjatlar va ushbu davr to‘g‘risidagi adabiyotlar Turkiston o'lkasining rus mustamlakachiligi va sho'ro hukmronligi davrida kechgan mazlumona hayoti tarixiy-ilmiy adabiyotlarda, qay nuqtayi nazardan bo'lmasin, harholda, nisbatan to'laroq ifoda etilgan, deyish mumkin. Bu adabiyotlarni mazmun va mohiyat e'tibori bilan to'rt davrga ajratish to'g'ri bo'ladi. Birinchi davr, asosan 1917-yilgacha yozilgan tadqiqotiarni, ikkinchi davr 20—50-yillarda, uchiinchi davr esa 50-yildan to 80-yillar birinchi yarmiga qadar yaratilgan asarlarni qamrab oladi. To'rtinchi davrga oid adabiyotlar tarixshunoslikda «qayta qurish» deb nom olgan 80-yillarning ikkinchi yarm idan to O 'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishguniga qadar va mustaqillik yillarida vujudga kelgan asarlar majmuidan iboratdir. Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasining nodir nashr va qo'lyozmalar fondida 594 jilddan iborat («Туркестанский сборник») «Turkiston to ‘plami» alohoda ahamiyatga ega. U n d a 1917 yilgacha 0‘rta Osiyo tarixi, etnografiyasi, iqtisodi, madaniyati to ‘g‘risida noyob m a ’lum otlar mavjud. T o ‘pi am Turkiston va unga chegaradosh Markaziy Osiyo, Sharq mamlakatlari adabiyoti, tarixiga oid davriy nashrlardan olingan maqolalar, ayrim kitoblardan olingan m a ’lum otlar jamlangan bo‘lib, XIX asrning 70-yillaridan 1916-yilgacha chop etilgan m a ’lumotlarni qam rab olgan. «Turkiston albomi» Alisher Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasida 10 jild, 4 qismd a n iborat “ Turkiston albomi” saqlanib, u o ‘lkada yashagan xalqlarning hayoti va turmushiga oid qimmatli m a ’lumotlarni o ‘z ichiga olgan. U nda 1200 dan ortiq nodir fotorasmlar mavjud. Sharqshunos A.L.Kun rahbarligida 1871-1872-yillarda yig'ilgan fotorasmlarda qadimiy Samarqand yodgorliklari, o ‘lkada yashagan turli millatlar hayot tarzi, 100-110 yil oldingi hunarmandchilik xususuyatlari aks etgan.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Bu davrga oid qanday tarixiy manbalarni bilasiz?
2. Bayoniy asarlarida ruslarning bosc/ini qanday tasvirlangan ?
3. Rus tarixchi lari Turkiston о ‘Ikasining iabt etilishini qanday yoritganlar?
4. Turkistonning tarixi zamonaviy adabiyotlarda qanday yoritilgan ?
5. «Turkiston to ‘plami»
11-Mavzu . Sovetlar davri manbalari
Darsning mazmuni: O'zbekistonning sho'rolar hukmronlik qilgan (1917—1991) davriga oid manbalar, um um iy xususiyatlari bayon etiladi.

Reja:
1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar.
2. Rasmiy manbalar.
3. Davr tarixi tadqiqotlarda.
4. Sho‘ro davri tarixi xorijiy olimlar asarlarida.
5. Sho'ro davri tarixi zamonaviy tadqiqotlarda.
Asosiy tushunchalar: Sovet, sho ‘ro, bolshevik, kompartiya, s’yezd, dehqon, ishchi, pioner, komsomol, partiya.
1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar Yaqin o'tmishimizning sobiq sovet hokimiyati hukmronlik qilgan davri m amlakatimiz tarixida o'ziga xos o ‘rin egallaydi. Bu davr, garchi tarixan qisqa b o ‘lsa-da, lekin o ‘zining murakkabligi va ziddiyatliligi bilan ajralib turadi. 1917-yilning oktabrida bolsheviklar zo‘rlik bilan amalga oshirgan to ‘ntarish sobiq Ittifoq xalqlari, shu jum ladan, 0 ‘zbekiston xalqlari tarixida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi o'rnini «qizil imperiya» egalladi. Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan o ‘lka xalqlari bolsheviklar «sotsialistik tajribasi»ning barcha m ash’um mushkulotlarini boshdan kechirdilar. Eng achinariisi shundaki, respublikadagi ijtimoiysiyosiy tarixiy jarayonning o ‘ta murakkab va ziddiyatli kechishi ko'plab qurbonlar berilishiga, madaniy va m a ’naviy y o ‘qotishlarga olib keldi. O ktabr to'n tarish id an keyin 0 ‘zbekistonning Turkiston hududida b o ‘lgan anchagina qismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida R S F S R tarkibiga q o ‘shib olindi. 1924-yilda z o ‘raki o ‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida O'zbekiston SSR tashkil topib, SSR Ittifoqi tarkibiga kiritildi. SSR Ittifoqi o ‘z mohiyatiga ko‘ra unitar (qo'shm a) davlat edi. O qibatda O'zbekiston to ‘la-to'kis Moskvaga qaram b o ‘lib qoldi. O'zbekiston SSR faqat nomigagina mustaqil edi. Respublikaning rahbar organlari Kompartiya Markaziy Q o ‘mitasi (M Q ) va Ittifoq hukum ati tom o n id an tayinlanar, binobarin, ularga b o ‘ysunardi. Ular respublika va uning xalqlari manfaatlari emas, balki Sovet Rossiyasi m anfaatlari y o 'lid a siyosat yurgizishga m ajbur edilar. 0 ‘zbekiston xalqlarining suveren huquqlari asosida ularning tub manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rahbarlarning chiqishlarini mustabid tuzum g‘oyat q at’iyat bilan barham toptirardi. Mustabid tuzum 0 ‘zbekistonni m ustam laka sifatida o ‘z iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning xomashyo bazasi va mahsulot bozori sifatidagi holatini yanada mustahkamlashga intildi. Bunday siyosat oqibatida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi, uning qishloq xo ‘jaligi tobora ko‘proq paxtachilik yo'nalishiga ega b o ‘lib bordi, shu alfozda paxta yakkahokimligi qarortopdi. O'zbekiston sanoati, asosan qishloq xo'jaligi ehtiyojlariga xizmat qilishga y o ‘naltirilgan edi. 251 Sanoatda qishloq xo'jaligi mahsulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarm oqlar asosiy o ‘rinni egallardi. Respublika xomashyosining pirovard mahsuloti Ittifoq sanoat markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi ham o ‘sha yerda qolardi. Markazning 0 ‘zbekistondagi mustamlakachilik siyosati respublikaning madaniy rivojida ham o'zining yaqqol ifodasini topdi. Garchi, bu sohada birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bo'lsa-da, o'lka xalqlarining m a ’naviy hayoti to'la-to'kis o ‘z davrining hukm ron mafkurasi va siyosati t a ’siriga olindi, baynalmilallik niqobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish ro'y berdi. O'zbek xalqining milliy, madaniy qadriyatlari oyoqosti qilindi, o'zbek tili ikkinchi darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi. Darvoqe, Markazning bunday mafkura siyosati tufayli xalqimiz hayotining barcha sohalariga putur yetkazilganligini ta ’kidlash barobarida respublika tarixiy o ‘tmishining sovet davrida ham bir qator ijobiy ishlar qilinganligini aytib o'tm aslik noxolislik bo‘lur edi. Zero, o‘sha yillarda xalqimizning fidokorona mehnati bilan ko'plab zavod va fabrikaiar qurildi, millionlab gektar yangi yerlar o'zlashtirildi, katta-katta kanallar qazildi, qishloq xo ‘jaligining m oddiy-texnika negizi m ustahkam landi, uning mahsulotlari hajmi ortdi. O'nlarcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari ochildi, ularda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlandi, u m u m ta ’lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlarining kengtarm og'i tashkil etildi, ko'pgina m adaniy-m a’rifiy muassasalarbarpo qilindi. N atijada aholining t a ’limiv va m adaniy saviyasi oshdi. Bu yutuqlarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bo'lib qolgan «partiyaning dono siyosati» tufayli emas, balki xalqimizning sadoqatli, fidokorona mehnati tufayli erishildi. Biroq, shuni alohida ta ’kidlash joizki, og'ir va mashaqqatli m ehnatlar evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar o'zbek xalqi, uning farovonligi uchun xizmat qilmadi. Aksincha, bu m o d d iy -m a’naviy boyliklar o'zbek xalqini kamsitish, milliy g'ururini oyoqosti qilish, o'zligini unuttirish, kom m unistik mafkurani yanada kuchaytirish uchun xizmat qildi. O'zbekiston hududida bunyod etilgan korxonalar (ayniqsa, kimyo kombinatlari), keragidan ortiqcha o'zlashtirilgan qo'riq va bo'z yerkir, qazilgan kanallar, qurilgan suv omborlari respublikaning ekologik ahvolini murakkablashtirdi, Orol dengizining qurib borishini teziashtirdi, dehqonchilik yerlari tarkibini o'zlashtirib yubordi, atrof-muhitni, ichimlik 252 suvini zaharladi. Modomiki shunday ekan, Sovet davlati «eksperimentlari» natijasida barcha xalqlar boshiga tushgan fojialar va kulfatlarni, mustabid tuzum, hukmron partiya tomonidan sovet xalqlariga qarshi olib borilgan zo'rovonlik va g ‘ayriinsoniy siyosatni hech qachon oqlash m um kin emas.
2. Rasmiy manbalar Sho‘ro davri rasmiy manbalari deganda turli davlat idoralarining hujjatlari, partiya tizimi organlari qarorlarini tushunamiz. 0 ‘sha davr rasmiy m atbuotida ularning bir qismi chop etilgan. Lekin turli maxsus organlar hujjatlari m a ’lum davrgacha ko'pchilikdan pinhon saqlangan. C hop qilingan rasmiy m a ’lum otlam i maxsus tizim lar hujjatlari bilan qiyosiy o'rganish juda muhimdir. Bu hujjatlar ichida sho'ro davri rahbarlari hayoti, ijodiga oid m a ’lumotlar, ularning asarlari m uhim tarixiy manba vazifasini o'taydi. Faqat, O'zbekiston davlat mustaqiliigini qo'lga kiritishi bilan tarixiy haqiqatni tiklash uchun, yangicha va xolis yondashuv, sovet davrida yuzaga kelgan Vatanimiz tarixidagi noxolisliklar va «oq dog‘lan>ni milliy mustaqillik mafkurasi asosida tugatish uchun qulay shart-sharoit qaror topdi. Bunga bosh mezon sifatida tarixiy dalil va voqealarga, butun tarixiy jarayonga respublika va uning xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda tamoyilli baho berish asos qilib olindi. Aynan shunday yondashuvlarning asosiy tamoyillari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti l.A.Karimov asarlarida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil dekabrdagi «O'zbekistonning yangi tarixini yaratish» va 1998-yil iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi qarorlarida bayon etilgan bo'lib, turli ilmiy-ommabop kitoblar mualliflari jamoasi ham shu asosda sovet davri O'zbekiston tarixini, sovet davlatchiligining mustabidchilik mohiyatini xolisona yoritishga harakat qilganlar.
3. Davr tarixi tadqiqotlarda Sho'ro davrida amalga oshiriigan tadqiqotlar mavjud siyosiy yo'nalish va mafkuraga bo'ysingan edi. Bu davrdagi tadqiqotlarni bir necha davrga bo'lib o'rganish m um kin. Birinchisi—1917—30-yillarda am alga oshiriigan tadqiqotlardir. Ularda shu davr tarixi butun borziddiyatlari bilan yoritilgan. Ikkinchisi—40—50-yillarda amalga oshiriigan tadqiqotlarda tarixiy haqiqat m a ’lum darajada «sotsialistik» g'oyalarga bo'ysindirilgan holda yoritilgan. U ch in ch isi—60—70-yillarda am alga oshiriigan tadq iq o tlard a m a ’lum darajada shaxsga sig'inishdan ozod bo'lingan bo'lsa-da, um um an, «kommunistik» mafkura ruhida yoritilgan. Mustaqillik tufayli biz sho'ro davri tarixini xolis va to ‘g ‘ri yoritish imkoniga egamiz.
4. Sho‘ro davri tarixi xorijiy olimlar asarlarida 0 ‘zbekistonning sh o ‘ro davri tarixi Rossiya va m ahaliiy o lim lar to m o n id an mavjud m afkura ruhida yoritilganligi sababli chet el olimlarining ularga munosabati m a ’lum ilmiy ahamiyatga ega. Albatta, ularning b a’zilarida g ‘oyaviy kurash t a ’siri aks etgan. Lekin, ayrim yirik olimlar tadqiqotlari, xususan A hm ad Zakiy Validiy T o ‘g ‘on asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Bu davrda 0 ‘zbekistonda b o ‘Igan chet el tarixchilarining taassurotlari h am m a ’lum darajada m anba sifatida ilmiy qim m atga ega.
5. Sho‘ro davri tarixi zamonaviy tadqiqotlarda Tarix fani mustabidchilik davrida 0 ‘zbekistonning sovet davrini (1917— 1991), respublikamiz davlat mustaqilligini q o lg a kiritgunga qadar b o ‘lgan tarixini o'rganish borasida muayyan ishlarni amalga oshirdi. Tarixchi olimlarning sa’y-harakatlari bilan, o ‘sha davr nuqtayi nazaridan, katta miqdordagi tarixiy manbalar to'plandi, ular bir tizimga solinib, ilmiy jihatdan umumlashtirildi. Biroq, bu asarlar jamiyatshunoslikda hukm ron b o ‘lgan m arkscha uslub asosida, sinfiylik va partiyaviylikning asosiy tamoyillari negizida yozilgan edi. Shu boisdan bu asarlarda tarixiy jarayon k o ‘p jihatdan bir tom onlam a, noxolis, tarixiy dalil va voqealar ataylab buzib k o ‘rsatildi, kom m unistik mafkuraga xos xulosalar qilindi. Binbarin, chop etilgan ana shu ilmiy, ilmiy-ommabop ishlar konseptual tuzilishi, oldiga qo'ygan vazifasi, uslubiy jihatlar xilma-xilligiga y o ‘l qo'yilmaganligini, yagona siyosiy mafkura qolipida yozilganligini e ’tiborga olib, sovet davri tarixiy adabiyotlarining har biriga alohida baho berishni lozim ko'rmadik. Shuningdek, 73 yillik sovet tuzumi davrida sotsializmni ulug‘lab yozilgan tarixiy adabiyotlarning son-sanog‘i y o ‘qligini inobatga olib, mavzuga oid adabiyotlar ro'yxatini berishni ham maqsadga muvofiq emas deb hisobladik.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Sho'ro davridagi qanday manbalarni bilasiz?
2. Sho'ro davri rasmiy manbalar deganda nimani tushiinasiz?
3. Sho'ro davri tarixiga oid qanday tadqiqotlarni bilasiz?
4. Qaysi chet e/lik tarixchilar asarlarida sho'ro davri tarixi yoritilgan?
5. Zamonaviy tadqiqotlarda sho'ro davri tarixi qanday talqin qilinadi?



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling