Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Download 464.52 Kb.
bet13/35
Sana18.04.2020
Hajmi464.52 Kb.
#100118
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
2 5463100466667718345


Tunjina (Kingila); Hindistonga bosqinlarni boshlagan birinhi hukmdor. 455-484

  • Toramana; Tunjinaning o’g’li. 484-515

  • Mihirakula; Toramananing o’g’li. 515-533

  • Pravarasena; Mihirakulaning kichik ukasi. 537-597

  • Gokarna; Pravarasenaning o’g’li. 597-600

  • Xinxila; Gokarnaning o’g’li. 600 and 633

  • Yudhishtira/Judhishtira; Xinxilaning o’g’li. 633-657

  • Lakhana; Yudhishtiraning o’g’li. 657 - 67055

    (Various lineages are given in places, but most scholars seem to agree on the following chronology:

    1. Tunjina (Khingila); The first to initiate Indian invasions. 455-484 CE

    2. Toramana; Son of Tunjina. 484-515 CE

    3. Mihirakula; Son of Toramana. 515-533 CE

    4. Pravarasena; Youngest half-brother of Mihirakula. 537-597 CE

    5. Gokarna; Son of Pravarasena

    6. Khinkhila; Son of Gokarna. 600 and 633 CE

    7. Yudhishthira/Judhishthira; Son of Khinkhila. 633 to 657 CE.

    8. Lakhana; Son of Yudhishthira. 657 - 670 CE)

    Eftaliylar davlati tasarrufiga birlashgan ulkan mamlakatnivg tabIIy geografiyasi qanchalik rang-barang bo’lsa, axolisining ztnik tarkibi shunchalik qurama, ijtimoiyva iktisodiy hayoti esa biri ikkinchisidan keskin farq qilardi. Ilk o’rta asr Xitoy manbalarida eftaliylarning yurtida shaharlarning yo’qligi, o’zlari esa o’tloqlarga boy yaylovlarda kigiz o’tovlarda yashashi ta’riflanadi. VI asr Vizantiya muarrixlarining asarlarida, aksincha, ularning «shaharlik» ekani ta’kidlanadi. Biri ikkinchisiga zid bunday ma’lumotlarda ma’lum darajada asos bor, albatta. CHunki O’rta Osiyo, Xuroson, SHarqiy Turkiston va SHimoliy Xindiston yerlarini zabt etgach, ko’chmanchi chorvador eftaliylar, shubxasiz, bu viloyatlardagi obod dehqonchilik vohalariga, xunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj toptan katta-kichik shaharlarga ega bo’ladilar. Yillar o’tishi bilan omilkor maxalliy aholi bilan qon-qarindosh bo’lib, ularga qorishib ketadilar. Natijada ularning bevosita vorisiga aylanadilar. SHu boisdan 568-569 yillarda Vizantiya imperatori Yustin II xuzurida bo’lgan turklar elchisi imperatorning "Eftaliylar shaxarlarda yashaydimi yoki qishloqlardami?" degan savoliga «Ular shaxarda yashovchi qabiladir, janobi oliylari» deb, javob bergan.

    Demak, Eftaliylar davlatiga birlashgan aholining bir qismi ko’chmanchi chorvador bo’lsa, ikkinchi kattaroq qismi shaxar va kishloqlarda yashovchi o’troq aholi edi. Uning axolisi asosan ziroatchilik bilan shug’ullanardi. Toxariston va So’g’d rivoj topgan dehqonchilik va bog’dorchilikning markazi hisoblangan. Kashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g’alladan tashqari sholi xam yetishtirilar edi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, V— VI acrlarda SHarqiy Turkiston va O’rta Osiyo yerlarida ko’plab g’o’za ekilar edi. Uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin mato to’qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo’lgan. CHunki o’sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilmas edi.

    Aholining dashtliklarda yashovchi yarim ko’chmanchi qismi chorvachilik, xususan mayda va yirik shohli hayvonlar boqish, tuyachilik, tog’liva tog’ oldi mintaqalaridagi aholi esa yilqichilik bilan shug’ullangan. Farg’ona vodiysi hamon zotli arg’umoqlari bilan mashhur edi.

    Ziroatkor yerlarning kattagina qismi xali xam qishloq jamoalari tasarrufida bo’lsa-da, ammo mamlakatda feodal munosabatlarining tarkib topishi oqibatida sug’oriladigan yer maydonlarining ma’lum bir qismi mulkdor zodagontabaqa vakillari — «dexqon»lar qo’lida to’plana boshlagan edi. Buning natijasida qishloq jamoasining erkin qo’shchilari ma’lum darajada zodagon dexqonlar asoratiga tushib, ularga qaram kadivarlarga aylanmokda zdi. Obikor yerlarning bir qismi ibodatxonalar mulki hisoblangan. Bunday yerlar «vag’nze» deb yuritilar edi. Yaylovlarning asosiy qismi esa qabila va urug’ jamoalari xamda ularning oqsoqol zodagonlari biylar tasarrufida edi.

    Samarqand, Buxoro, Kashqadaryo va Toshkent viloyatlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, V—VI aerlarda dehqonchilik vohalarining tevarak-atrofiga kelib o’rnashgan ko’chmanchi eftaliy qabilalarining ommaviy ravishda o’troqlashuvi kuchayadi. Buning oqibatida obikor yerlarga bo’lgan muxtojlik ortadi. Daryo vodiylari bo’ylab katta-kichik sug’orish kanallari qazib-chiqarilib, minglab gektar, yangi yer maydonlari o’zlashtiriladi. Sug’orma dexqonchilikning kengayishi bilan irrigasiya texnikasi rivoj topadi. SHoxariqlar chuqurlashib, sersuv va sershoha sug’orish tarmoqlariga aylanadi. Ular daryodan suvni bog’lab oluvchi va yuqoriga ko’tarib beruvchi suv inshootlari bilan jihozlanadi. Hozirgi vaqtdagi Toshkent vohasi va Janubiy Kozog’istonerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog’ariq va Bo’zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbai bo’lgan Darg’om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug’orish tarmoqlaridan hisoblanadi. Bu davrda tog’oldi mintaqalarida joylashgan adir yerlarga suv chikarib, obod etishda o’q, gupchak va tishli gildirakka asoslangan va o’z davri uchun ancha-muncha murakkab gidrotexnika inshootlari charxpalak, chig’ir va boshqalardan foydalaniladi. Yangidan o’zlashtirilgan yerlarda zodagon dehqonlarning qalin va ulkan xom g’ishtlardan urib chiqilgan baland tagkursi ustiga bino qilingan ko’shklari, atrofi baland devorlar bilan o’ralgan istexkomli qo’rg’onlariyu, xashamatli qasrlari bilan bir qatorda mexnatkash qo’shchilarning ko’pdan-ko’p istexkomsiz qishloqlari va mayda qo’rg’onlari qad ko’taradi. Eftaliylar davrining hashamatli qasrlaridan biri Surxondaryoda Bolaliktepa yodgorligi ostidan qazib ochilgan. Xuddi shu davrda CHag’oniyon, Termiz, Samarqand, Buxoro, Kesh, Naxshob va Toshkent atroflari to’la o’zlashtirilib alohida-alohida dehqonchilik vohalari shakllanadi. Keyinchalik bu vohalarda katta yerli dehqonlarning siyosiy mavqei oshib, ilk o’rta asrlarning deyarli mustaqil mayda xokimiyatliklari tashkil topadi. Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Varaxsha qasri VI—VII asrlarda buxorxudotlar — Buxoro maxalliy xukmdorlarining yozga qarorgoxi edi.

    Aholiningommaviy xashari va mashaqqatli mehnati bilan suv chiqarilib obod etilgan vohalarni tashqi yev bosqinlaridan muxofaza kilish maqsadida ularning tevarak-atrofi bir necha yuz chaqirimlarga cho’zilgan baland va qalin devorlar bilan o’rab olinadi. Ilk o’rta asrlarning mudofaa inshootlari ko’rinishdan qadimgi Buyuk Xitoy devoriga o’xshar edi. Samarqand vohasi atrofini o’ragan 12 darvozali bunday inshoat «Devori Qiyomat», Buxoro viloyati atrofini o’ragan 336 km. li devor «Kampirak» va Toshkent vohasining devori esa «Kampirdevol» nomlari bilan tarixda shuhrat topadi.

    Bu davrda dexqonchilik voxalaridagi katta-kichik shaharlar gavjumlashib, ularda ayniqsa kulolchilik, shishagarlik, chilangarlik, bo’zchilik, sarrojlik, zargarlik va kurolsozlikkasb-hunarlari ravnaq topadi. CHochda yasalgan o’q va yoy «kamoni chochiy» nomi bilan butun SHarqqa dong’i taraladi. Ilk o’rta asrlarda birgina Zarafshon vodiysida, Samarqand va Buxorodan tashqari, Rivdad, Kushoniya, Dabusiya, Xariman, Arqud, Romitan, Varaxsha va Poykand kabi xunarmandchilik va savdo shaharlari mavjud edi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Poykand shahri Eftaliylar davlatining poytaxti bo’lgan. Xitoy manbalarida u Bi nomi bilan tilga olinadi. Arablar uni «Madinat ut-tujjor», ya’ni «savdogarlar shaxri» deb yuritar edi.

    Eftaliylar o’z tashqi siyosatlarida harbiy kuchga suyanganlar. Ularning juda kuchli qo’shini bo’lgan. Lashkarning asosiy kismini suvoriylar tashkil etgan. Eftaliy suvoriylari gurzi va shamshir bilan qurollangan. Kamondan o’q uzishda mohir mergan bo’lishgan.

    VI asr Vizantiya tarixchisi Prokopiyning yozishicha, Ef­taliylarningqonuniy davlati podshohi mutlaq tomonidanboshqarilgan. Ko’shni davlatlar bilan munosabatlarda ular rumiy (vizantiyalik)lar va forslar adolatidan zarracha ham kam bo’lmagan adolatga amal qilganlar.
    Xioniy va kidariylarning O’rta Osiyoga kirib kelishi hamda Buyuk Eftaliylar davlatining tashkil topishi mahalliy aholining madaniy hayotiga ham ma’lum darajada ta’sir qildi. CHorvador ko’chmanchilar bosqini oqibatida tevarak-atrofi dashtliklarga tutashgan Xorazm, Buxoro va Naqshob kabi viloyatlarning ziroatkor yerlari payhon etilib, ko’plab qishloqlar, katta-kichik shaharlar bo’shab, huvillab qoldi. Xorazm aholisining kattagina qismi o’z ona yurtinn tark etib, Zarafshon vodiysiga borib o’rnashdi.

    Ko’chmanchi qabilalarning dehqonchilik vohalari atrofiga kelib o’rnashishi bilan, shubhasiz, ma’lum darajada dasht udumlari va e’tiqodiy tasavvurlari o’troq aholining hayotiga kirib bordi. Mamlakatda sodir bo’lgan tushkunlik uning moddiy madaniyatida ayniksa o’z aksini topdi. Madaniyatning ko’pgina tarmoqlari odimlashdi va dag’allashdi. Bunday holat garchi Xorazm, Buxoro va Kashqadaryo voxalarida yakqol kuzatilsa-da, ammo u asriy madaniy an’analari kuchli bo’lgan Toxariston va So’g’dda deyarli sezilmadi. Aksincha, bunday vohalarda ko’chmanchilar tez orada o’troqlashib, maxalliy aholi bilan qorishdi va uning ijtimoiy-Iktisodiy va madaniy hayotida faol ishtirok etdi. Feodal munosabatlar qaror topayottan sharoitda ko’chmanchilarning tazyiqi ostida o’troq hayotning madaniy an’analari dasht udumlari bilan omuxtalashib., ilk o’rta asrlarning o’ziga xos madaniyati shakllana boshladi. Mahalliy hayotda sodir bo’lgan bunday o’zgarishlar ayniqsa binokorlik, me’morchilik va tasviriy san’atning ayrim jabxalarida ko’proq namoyon bo’ldi.

    IV asrning ikkinchi yarmi va V asrda mamlakatning ichki va tashqi hayotida sodir bo’lgan keskinlik ayniqsa binokorlikka kuchli ta’sir ko’rsatdi. Samarqand, Buxoro, Naqshob va Toshkent kabi dehqonchilik vohalarida baland tagkursi ustiga bino qilingan ko’plab istexkomli qasrlar va feodal qo’rg’onlari qad ko’tardi. Istehkomlarning to’rt burchagi baland burjlar bilan mustaxkamlanib, devorumulalari bir necha qator kamondan o’q uzgich nishon tuynuklari bilan ta’minlanadi. Markazida baland arkli, girdi ikki yoki uch qator qalin mudofaa devorlari bilan o’ralgan feodal qo’rg’onlar ilk o’rta asrning o’ziga xos me’morchilik namunalaridan bo’lib, Naxshob vohasidagi Zaxoki Moron qal’asi, Buxorodagi SHaxri Vayron va Xorazmdagi Fir qal’alari shular jumlasidandir. IV asrda xorazmshoh Afrig’ tomonidan qurilgan Alfir qal’asini ta’riflar ekan, Beruniy uning ... uchta devori paxsadan va xom g’ishtdan urilgan; bularning biri ikkinchisi ichiga joylashgan; har birining balandligi boshqasinikiga qaraganda oshib boradi, ammo shohlar qasri hammasidan ham balanddir" deb yozadi.

    Geografik jixatdan bir-biridan uzoqda joylashgan va har xil diniy tasavvur va an’analarga ega bo’lgan viloyatlarning aholisi turli tillarda so’zlashgan. CHorvador aholi o’rtasida shubhasiz, turkiy til tobora kengayib borgan. O’troq aholining katta qismida so’g’diycha so’zlashuv va so’g’d tilining tobora rivojlanib borishi kuzatiladi. Bu davrda so’g’d tili va yozuvi Yettisuv va Farg’ona orqaliSHarqiy Turkistonga kirib, Xitoy xududlarigana yetib boradi. V-VI asrlarda So’g’d yozuvi va uning «.Samarkand yozuvi» uslubidan tashqari Xorazm va Eftaliy yozuvlari ham tarqalgan edi. Eftaliylar xati Baqtriya yozuvi asosida paydo bo’ladi. Xitoy sayyohi Syuan Szanning yozishicha, eftaliylar yozuvi asosan 25 harfdan iborat bo’lgan. Xat chapdan o’ngta tomon kundalangiga yozilgan.



    17-mavzu: O’rta Osiyo xalqlari Turk xaqonligi tarkibida
    (VI - VIII asr boshlari)
    (2 soat)

    Reja:



    1. Turk xoqonligining tashkil topishi.

    2. Turk hoqonligining qo‘shni davlatlar bilan munosabati.

    3. G‘arbiy turk hoqonligining iqtisodiy, ijtimoiy hayoti

    4. Turk hoqonligining inqirozga yuz tutishi.

    Turk etnonim ilk bor qaysi yozma manbada qayd etilganligi munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Markaziy Osiyoning chorvador kabilalari haqida ma’lumotlar «Avesto», yunon manbalari, qadimgi eron qoyatoshlari va xitoy yilnomalarida qayd etilgan bo’lib, xususan, «Avesto»ning Got va Yasht qismida tilga olingan Amudaryoning o’ng tomonida yashovchi «turlar», «chopqir otli turlar»ni tadqiqotchilar O’rta Osiyoning sak qabilalari yoki turklar bo’lgan, deb hisoblaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar esa Geodotning «Tarix» asarida keltirilgan skiflarning birinchi xukmdori Targ’itoy nomi bilan Turk etnonimini bog’lashga xarakat qilganlar.

    Turk etnonimi Azov dengizining shimolidagi o’rmonlarda yashovchi xalqlarga nisbatan «turcae» shaklida Rim tarixchisi Pompeniy Melaning «Geografiya» asarida qayd etilgan. SHuningdek, Yana bir rimlik tarixchi Katta Pliniy o’zining «TabIIy tarix» asari (mil 23-79 yillar)da Pompeniy Mela ko’rsatib o’tgan xududlarda «turcae» nomli kishilarning yashashini yozib qoldirgan. Ko’pchilik tadqiqotchilar turkae etnonimlarining Gerodot keltirgan iyrkai xalqini Volga-Ural daryolaridan Oltoygacha bo’lgan xududlarda yashagan ug’or, boshqird va boshqa xalqlarning ajdodi bo’lganligini e’tirof etadilar.

    Gerodot shimoli –sharqdagi skif qabilalarini quyidagicha joylashtiradi. «Tanais (Don)ning ortida savromatlar, ..ularning tepasida budinlar, ..ulardan sharqda fissagetlar yashaydi. Xudi shu xududda ular Bilan qo’shni yashovchi yirki, ulardan sharqda qattiq toshli, notekis еr boshlanadi. Bu еrdan o’tgach, baland tog’ etagida odamlar yashaydi. Aytishlaricha, ularning erkaklari ham, ayollari ham tug’ma sochi yo’k, yassi burun va keng iyakli kishilardir. Ular butunlay o’zgacha tilda gaplashadi, skiflarga o’xshab kiyinadi. Kishilar yog’ochlarda yashaydi. Qishda yog’ochni qalin oq kigiz bilan yopadi, yozda esa yopinchiqsiz qoldiradi. Bu xalqning nomi argippeydir»

    Tadqiqotchilarning fikricha, Ural ortidan Oltoyga qadar joylashgan «yassi burunli, keng yonoqli» mongoloid argippeylar, ya’ni «oq otli» xalqlar turkiy xalqlar bo’lganlar. Gerodot «argippeylardan sharqda ko’p sonli issedonlar, ularning yuqorisida esa arimaspalar yashaydi» deb qayd etadi. Tadqiqotchilar issedonlarni Tyanshan yonbag’irlarida, arimaspalarni esa Oltoy tog’ etaklarida yashovchi xalqlar bo’lgan, degan xulosani ilgari suradilar. Gerodot ularning ko’shnisi sifatida «iyrkai» xalqlarini ko’rsatadi.SHunisi qiziqki, keyingi davr Yunon-lotin tilidagi manbalarda ham xudi shunday nom Bilan gunn (xun)larni ataganlar.

    Turk etnonimII Tabariyning «Tarix» asarida ham qayd etilgan bo’lib, unga ko’ra, sosoniylar shoxi Baxrom V (420-438) xukmronligi davrida turklarning xoqoni 250 minglik qo’shini Bilan Eron xududiga bostirib kirgan, lekin bu yurish muvaffaqiyatsiz tugagach, xoqon o’zini-o’zi o’ldirgan. Moisey Xorenskiyning «Arman tarixi» asarida ham sosoniylar shoxi SHopur II davrida «SHarq Xoqoni» nomi Bilan qandaydir xukmdor qayd etilgan. Tadqiqotchilar buni turklar, jujanlar, syanbilar yoki kushonlardan birining nomi bilan bog’laydilar.

    Bir qator tadqiqotchilar, jumladan yirik turkolog S.G’Klyashtorniy «turk» etnonimining birinchi bor Mo’g’ilistondan topilgan Bugut yodgorligida (528-583) so’g’dcha shaklida «tr’wkt» tarzida uchragan va xitoyliklar ushbu etnonimni «tukyue» tarzida qabul qilganlar, deb hisoblaydi va bunga ilk bor Xitoy bilan turklarning o’zaro diplomatik aloqalari so’g’dliklar va so’g’d yozuvi yordamida amalga oshirilganligini (bu еrda 545 yil G’arbiy Vey imperatori Vindining Bumin yabg’u xuzuriga An-Nopanto boshchiligida elchilik xay’atini yuborganligi sabab qilib ko’rsatadi.

    Lekin ba’zi tadqiqotchilar esa jujanlar turklarni o’zlarining tillarida ko’plik shaklida «turk-ut» deb atalganligini, xitoyliklar esa «turk-ut» nomli yangi qabilalar ittifoqi haqida xitoyliklar aynan jujuanlardan eshitganligini va xitoy manbalarida bu atama «tukuvet» shaklida 540 yilda paydo bo’lgan deb hisoblaydilar

    Oltoy va Janubiy Sibirda ashina qabilasining yabg’ulari Asan-shod, Tuu va Buminlar (460—553) boshchiligida turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga keladi. qadimgi turk manbalarida bu ittifoq turk tIIrkel va t'urk bodunkabi nomlar bilan tilga olinadi. VI asr o’rtalarida Bumin boshliq bu turk ittifoqi tele qabilasini o’ziga bo’ysundirgach, Markaziy Osiyodagi eng kuchli, Jujan xoqonligiga qaqshatkich zarba beradi. 551 yilda Bumin xoqon, ya’ni xukmdor unvoniga muyassar bo’lib, Markaziy Osiyoda yangi saltanat —Turk xoqonligiga asos soladi. Oltoy xoqonlikning markazi bo’lib qoladi.Markaziy Osiyo va Janubiy Sibirda xukmronlikni mustahkamlab olgach, Bumin va uning ukasi Istemi xoqonlik chegaralarini kengaytirishga kirishadilar. Kisqa vaqt ichida Yenisey daryosi bo’ylarida yashovchi kirg’izlar, janubi-g’arbiy Manjuriyaning mo’g’ul qabilasi kidanlar bo’ysundiriladi. SHimoliy Xitoy viloyatlari bosib olinib, Xitoy imperatori turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik esa xatto u_yiliga yuz ming to’p ipak mato hisobida xoqonlikka o’lpon to’lab turishga majbur bo’ladi.

    Turklar g’arbga tomon ayniqsa muvaffaqiyatli yurishlar olib boradilar. g’arbiy xarakatlarga Istemi boshchilik qiladi. Unga «yabg’u xoqon» degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va SHarqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi nushibi, dulu va turgash kabi turkiy qabilalar buy­sundiriladi. 555 yildayok turklar SHarkiy Turkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining kattagina qismini va boy xunarmakdchilik shaharlarini hamda O’rta Osiyoning Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng dasht mintaqasini butunlay egallab oladilar. Turklar xokimligi shu paytlarda, shubhasiz, Xorazmga ham yoyilib, xoqonlik chegarasi Eftaliylar davlati xududlariga borib yondashadi.

    Turk xoqonligi avarlarga qarshi kurash masalasida g’arb bilan juda yaxshi hamkorlik olib borgan. Jumladan, Vizantiya tarixchisi Menandrning 562-yilga oid quyidagi yodnomasi bu fikrni tasdiqlaydi. Uning yozishicha, 562-yilda Avarlar turklarga hujum qilib, g’alabaga erishmay chekinganda, Turklar podshosi Silziboulos avarlarni o’rganadi va Vizantiyaga quyidagi mazmunda xat yuboradi: “Avarlar qushlar emas, havoda uchib turk qilichlaridan qochgani, ular baliqlar emas, suvga sho’ng’ib, dengiz chuqurligida yo’qolib qolsa. Ular ham biz kabi odam va ular yer yuzida yurishadi. Agar men eftaliylarga qarshi urushni tugatsam, birinchi navbatda avarlar ustiga yuraman va ular mening kuchimdan hech qayerga qochib ketisha olmaydi.”56It was precisely at this time that the first information about the Avars being pursued by
    the Türks appears in Western chronicles. In c. 562, for example, the Byzantine historian
    Menander Protector12 wrote that Silziboulos, the ruler of the Türks, having learnt of the
    Avars’ retreat after an attack on the Türks, sent the following message to Byzantium:
    The Avars are not birds, to escape Türk swords by flying through the air; they are not fish, to
    dive into the water and disappear in the depths of the sea; they wander over the surface of the
    earth. When I finish the war with the Hephthalites I shall attack the Avars, and they will not
    escape my forces.

    558 yilga borganda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini zabt etib, undan g’arbda va SHimoliy Kavkazda bepoyon еrlarni egallab olgan avarlar bilan to’qnashadilar. g’arbdagi bu ikki dushmanga uzil-kesil zarba berish maqsadida^ turklar Eron va Vizantiya bilan do’stona aloqa o’rnatishga intiladi. Turklar tazyiki oqibatida bu davrda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston, Zabuliston, Kobuliston va CHag’oniyonni eftaliylardan tortib oladi.



    Vizantiyaning avarlarga xomiyligini to’xtatishga imperatorni ko’ndirish maqsadida 563 yilda Turk xoqonligi elchilari Konstantinopol shaxriga еtib boradilar. Elchilikka nushibi qabilasining boshlig’i Eskil rahbarlik qiladi. O’sha yili Eron askarlarining Balxga xujumi ko’magida turklar Eftaliylar davlatining еrlariga bostirib kiradi. Parak vodiysi va uning markazi CHoch shahri olinadi . Turklar Sirdaryodan o’tib, Zarafshon vodiysiga kirib bo­radilar. Samarqand, Kesh va Naxshobni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar.. Eftaliylar Balx, Xuttalon, Termiz, Omul va Zamm shaxarlaridan katta kuch to’plab Buxoro yaqinida jangga tayyorgarlik ko’radilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftaliylar qo’shini turklardan еngiladi. SHunday qilib, janubda Eron sosoniylaridan, shimolda esa Turk xoqonligidan qaqshatkich zarbaga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan oshiqrokxukmronlikdan so’ng tamomila barbod bo’ladi. Natijada mag’lub davlatning merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar Eron, uning shimoliy sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha cho’zilgan еrlar Turk xoqonligi tasarrufiga o’tadi.

    5-6 asrlardan O’rta Osiyoda feodalashish jarayoni tobora avj olib, feodal zulm kuchayadi. Yer va suvdan ajralib qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor kashovarzlar zadogon dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga aylanadi. Aholi qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi bosh ko’tarishga majbur bo’ladi. SHunday xalq h.arakati dastavval 5 asr oxiri va 6 asr boshlarida Eronda Mazdak boshchiligida ko’tarilgan edi. Mazdakchilar еr-suv, boylik hamda xokimiyatni egallab olib, aholini muxtojlikka solgan katta еr egalariga qari «hamma barobar bo’lsin» degan g’oyani olg’a so’radilar. Mazdak quzg’oloni bostirilib bostirilib oradan qariyib yarim asr o’tgach, Buxoroda mana shunday xalq xarakati ko’tariladi Qo’zg’olonga Obro’y boshchilik qiladi. Buxoro tarixchisi Muxammad Narshaxiyning yozishicha, qo’zg’olon natijasida Obro’ydai jabrlangan zodagon dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, Turkiston va Taroz atrofiga borib o’rnashadilar. Kochib ketganlar orasida bir katta dehqon bo’lgan. U Buxoroning qadimiy dehqonzodalaridan bo’lgan. Daromadli еrlarning ko’pi uning mulki, kadivar va hizmatkorlarning ko’pchiligi uning xizmatida bo’lganidan u Buxorxudot nomi bilan shuhrat topgan. qochib borganlar turk xoqoniga murojaat qilib, qo’zg’olonchilarga qarshi kurashda yordam berishni suraganlar. Turk xoqoni qora-churin Turk o’g’li SHeri Kishvar boshliq qo’shin yuboradi. Obro’y o’ldirilib, qo’zg’olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar o’z xo’jayinlari dehqonzodalarga qaytariladi. SHu tariqa VI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda ilk feodal dehqonlarning kadivarlar ustidan xukmronligi yanada mustaxkamlanadi.
    17-mavzu: Arablarning O’rta Osiyoga bostirib kirishi. (2 soat)
    Reja:

    1. Arab xalifaligining tashkil topishi

    2. O‘rta Osiyoga arablar bosqinining boshlanishi

    3. O‘rta Osiyoning arablar tomonidan egallanishi

    4. Arablar bosqinining oqibatlari


    1-masala

    Qadimdan Arabiston yarim orolida yashab kelayotgan arab­lar Somiy qavmiga mansub bulib, ularning O’rta Osiyo xalqlariga na kelib shiqishi, na tili va na diniy e’tiqodi tomonidan hesh qanday qon-qarindoshligi va tanishligi yo’q edi. Arablarning ko’pshiligi sahro va dashtlarda yashovshi ko’shmanshi tuyakash shorvador edi. Ular badaviylar deb yuritilgan. Dengizga yaqin joylarda katta-kishik-Vohalar va ularning markazida esa katta-kishik shaharlar qad ko’targan. Vohalarda dehqonshilik, shaharlarda esa savdo-sotiq va mayda hunarmandshilik bilan kun keshiruvshi aholi yashar edi. VI asr oxiri va VII asr boshlarida arab jamoalari ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan juda qurama edi. Ular o’rtasida urug’-aymog’shilik va quldorlik muno­sabatlari hali kushli bulgan. Ilk feodal udumlar endigina vujudga kelmoqda edi. Mamlakat vohalarida tashkil topgan mayda hukumatlardan iborat bulib, ular shahar zodaronlari tomonidan idora qilishgan.Yamandan shimolga tomon yo’nalgan karvon yo’li Xijoz, Makka va Madina shahiarlarini kesib o’tib, mamlakatni Misr, Vizantiya va Suriya bilan bog’lar zdi. Bu yo’l orqali olib boriladigan tashqi savdodan shaharlik sudxo’r zodagon savdogarlar hamda badavlat qabilalarning urug’ oqsaqollari manfaatdor edi. SHahar aholisinnng ko'sh­manshi shorvadorlar bilan olib borgan savdo-sotiq aloqalari ayniqsa gavjum bulgan. Biroq mamlakatda hukm surgan siyosiy tarqoqlik, badaviy qabilalari o’rtasidagi uzaro nizo, totemistik va animistik e’tiqodlar asosidagi but­parastlik mavjudligi, bularning oqibatida karvon yo’l­larida avj olib ketgan talonshilik ishki va tashqi savdo aloqalarining kengayishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Bu, shubhasiz, zodagon savdogar tabaqaning manfaatlariga zid bulib, mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga katta putur etkazmoqda edi. VII asr boshlarida Arabistonda sodir bul­gan bunday ijtimoiy va siyosiy vaziyat mamlakatning birla­shuviga olib keldi. Bunday harakatning asosiy tarafdori bulib shaharlarning savdogar va hunarmand ahli ko’­tarildi.Bu harakat buyuk va birdan-bir haq yul-yagona e’tiqodga da’vat qilishdan boshlanadi. Bu tavhidlik dini bulib, u tarixda "itoat", "tobelik" va "buyin egish" ma’nolarini anglatuvshi islom nomi bilan shuhrat topadi. Buyuk va yagona tangri - Ollohhu akbarning еrdagi rasuli sifatida Arabistonning yirik markazi-Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari o’zlarini "muslim", ya'ni islom diniga sodiq "itoatkor"lar deb ataydilar. Muslim (musulmon) laryumg xudo oldida teng ekani, rizq-­ruzni barchaga yaratushining o’zi etkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlikning barham topishi haq ekani to’g’risida targ’ib etiladi. Bu, shubhasiz, mamlakat aholisining deyarli hamma tabaqalari manfaatlariga ma­‘lum darajada mos kelib, birinshi navbatda shahar mehnatkash ommasi islomni qabul qiladi va bu harakatning avjga shiqishiga olib keladi. Dastavval o’z ona shahrida muvaffaqqiyat qozona olmagan Muhammad 622 yil 16 iyulda Makkadan Madina shahriga hijrat qilishga majbur buladi. Xuddi shu kundan boshlab musulmon SHarqida qabul qilingan hijriy yil hidobi boshlanadi. SHunday qilib islom bayrog’i ostida Makka shahirida boshlangan tavhidlik dini targ’iboti Madinaga ko’shadi va bu shahar kurashning markaziga aylanadi. Madinaliklar o’zga shahar va qabilalarning butparastlik dinlariga qarshi tashviqot is’hari olib borish bilan bir vaqtda ularning siyosiy tuzumiga zarba bera boshlaydilar. Bu kurashga arab qabilalarini jalb qilish maqsadida g’ayri din, o’zga mamlakatlarni talab o’lja olish shiori targ’ib qilinadi. Natijada musulmonlar tezda g’alaba qozona boshlaydilar. Muhammad vafot etgash, avval Abu Bakr (632-634), so’ngra Umar (634-644), Usmon (644-656) va Ali (656­-661) lar xalifa, ya'ni "o’rinbosar" deb e’lon qilinadi. Bu xalifalar islom tarixshunosligida "xulafoiy rashoddin", ya’ni ,,haq yo’ldan borgan sahih halifalar" degan tabarruk nom bilan shuhrat topadilar. SHunki ular Muhammad boshlagan muborak ishni davom ettiradilar. Ular hukumronlik qilgan davrda Arabistonda islom dini to’la g’alaba qozonib, tarixda ilk bor o’ta markazlashgan musulmon davlati - Arab xalifaligi tashkil topadi. Misr, Suriya, Quddus, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron buysundirilib, islom jahon dinlaridan biriga aylanadi. Bu еrda shuni takidlash o’rinliki, arab qabilalarining islomni qabul qilib siyosiy jihatdan yagona hokimiyatga birlashuvida islom aqidalari, e'tiqod talablari, shariat ahkomlari, huquqiy va axloqiy maromlarni o’z ishiga qamrab olgan yangi mafkuraning boy va o’ta nodir manbai - Qur’oni karimning ahamiyati nihoyatda buyuk buldi. Ko’pgina boy mamlakatlar buysundirilib, behisob o’l­jalarga ega bulgan Arab xalifaligi harbiy yurishlarni g’arb va sharqqa tomon kengaytirishga harakat qiladi. Bun­dan ayniqsa arab zodagonlari juda manfaatdor edi. O’ta jangovar katta qo’shin bilan xalifalik bir vaqtning o’zida ham Vizantiyaga, ham Eronga qarshi tajovuzkorlik yurishlarini boshlaydi. Turk hoqonligi va Vizantiya bilan uzoq yillar davomida olib borilgan urushlar oqibatida kushsizlanib, siyosiy parokandalikka ushragan Soysoniylar davlati xalifalikning harbiy kushlariga bardosh bera olmaydi. Eron qo’shinlari arablar bilan bulib o’tgan dastlabki to’qnashuvlardayoq qaqshatqish zarbaga ushrab, mag’lubiyat to­padilar. Sosoniylar shohi Yazdijird III dushmanga qarshi kush to’plash maqsadida mamlakatning sharqiy viloyatlariga shekinadi. Biroq sheksiz zulm, og’ir soliqlar va to’xtovsiz urushlar natijaysida toliqib, qashshoqlashib qolgan maz­lum xalq o’z shohini qo’llab-quvvatlamaydi. 651 yilda shoh o’ldirilib, qariyb besh asr hukmronlik qilgan Sosoniylar davlati qulaydi. O’sha yili arablar jangsiz holatda Marv shahrini egallaydilar. Ular bu еrda o’rnashib olgash, Amudaryodan shimolda joylashgan boy vilo­yatlarni bosib olishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar.
    Download 464.52 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling