Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


II SEMESTR 21-mavzu: Qoraxoniylar davlati, G’aznaviylar davlati, Saljuqiylar davlati (


Download 464.52 Kb.
bet16/35
Sana18.04.2020
Hajmi464.52 Kb.
#100118
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
2 5463100466667718345


II SEMESTR
21-mavzu: Qoraxoniylar davlati, G’aznaviylar davlati, Saljuqiylar davlati (4 soat)

Reja:

  1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi.

  2. Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy- iqtisodiy hayoti.

  3. G‘aznaviylar davlatining tashkil topishi

  4. G‘aznaviylar davlatining boshqaruv tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ahvoli

  5. Saljuqiylar davlatining tashkil topishi

  6. Saljuqiylar davlatining boshqaruv tizimi va ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ahvoli

1-masala


X asrning birinchi yarmida Yettisuv va Koshg‘arda yashovchi turk qabilalari: qorluq, jikil (chigil) va yag‘molarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bir tarafdan, ularning o‘troq hayotga ko‘chishi kuchayib, dexqonchilik xo‘jaligi kengayadi, shaxarlar kutariladi, savdo va xunarmandchilik usadi. Ikkinchi tarafdan esa ilk feodal munosabatlar rivoj topib, turk jamoalari urtasida sinfiy tabaqalanish keskin tus oladi. Chorvador qabilalarning ichki hayotidagi bunday o‘zgarishlarda, shubhasiz, bir tomondan, Yettisuv va Koshg‘arni kesib utgan qadimiy karvon yo‘li buylab qad kutargan savdo shaharlariyu vohalarda vujudga kelgan dexqonchilik qishloqlari aholisining roli katta buldi. Ikkinchi to­mondan esa kushniMovarounnahrning o‘troq axolisi bilan ularning yaqindan olib borgan iqtisodiy va madaniy aloqalarining ta’siri kuchli buldi. Shunday qilib, murakkab ichki jarayonlar, feodal dexqonchilik dunyosi va karvon yo‘lidagi boy savdo-xunarmandchilik shaxarlarining bevosita ta’siri chorvador turk qabilalarining ijtimoiy hayotida ilk feodal munosabatlarining shakllanishida asosiy omil buldi. Buning oqibatida bu hududlarda siyosiy vaziyat nixoyatda keskinlashib ketdi.

X asr o‘rtalarida Issiqkulning janubi va Koshg‘arda yashagan yag‘mo qabilalari kuchayib, avval uzlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilalari bilan yagona ittifoqda birlashadi. So‘ngra ular Yettisuvga xuruj qilib, qorluqlarni buysundiradi va bu ulkan hududda qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar.

Yozma manbalarda yag‘molar turk qavmlari ichida madaniy jihatdan eng qolog‘i deb ta’riflanadi. Ular asosan yilqichilik va quychivonlik bilan shug‘ullanar edi. Muynali hayvonlar xamda ov qushlarini ovlardi. Dexqonchilik bilan kam shug‘ullanardi. Yag‘molar turk qabilalari orasida eng jangovari hisoblangan. Jikillar esa yag‘molarga nisbatan birmuncha madaniyroq va boy qabila bulgan. qoramol, quy va yilki podalariga ega bulishgan. qora uylarda yashasa ham, qorluqlarniki singari shaxar va qishloqlari bulgan. yarmo va jikillarga nisbatan qorluqlar ancha madaniyatli aholi hisoblangan. Turk qabilalariga tegishli yurtlar orasida ular eng obod joylarga ega bulishgan. Ularning mamlakatida qishloqlar bilan bir qatorda shaharlar ham bulgan. qorluqlarning ayrimlari muynali hayvonlar ovlash, qolganlari chorvachilik xamda dexqonchilik bilan shug‘ullangan.

Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida jikil va qorluqlar katta rol uynadilar. Davlatning yuqori mansablari va qo‘shinda ular muxim urinlarni egallasalar-da, biroq xonlik taxtiga yarmo biylari o‘tirganlar. Bu yangi turk davlatining podsholari «arslonxon» va «bug‘roxon» unvonlari bilan yuritilgan. Bu ikki oliy daraja buyuk xukmdor ma’nosini anglatgan, Buyuklik yoki ulug‘lik esa qadimda turkiy xalqlarda «qora» so‘zi bilan sifatlangan. Shu boisdan taxtda o‘tirgan arslonxon yoki bug‘roxonlar «qoraxon», ya’ni ulug‘ xon hisoblangan. Ular hukmdorlik qilgan davlat esa tarixda «qoraxonyylar davlati» nomi bilan shuxrat topgan. Aslida «arslon" jikil qabilasining totemi — ajdodi ibtidosi xisoblangan. «bug‘ra» esa yag‘molarning totemi bulgan. U og‘ir yuk ko‘taradigan bichilgan tuya ma’nosini anglatgan. Podsholik darajasiga qabila totemlarining nomlari bilan nisbat berilishiga qaraganda, qoraxoniylar davlatining asosini jikillar bilan yag‘molar tashkil etgan. Davlatni boshqarishda qoraxoniylar qabilaviy udumining og‘alik tartibiga qat’iy rioya qilingan. Bu udumga muvofiq qabila boshliqlari orasida eng yoshi ulug‘ini «arslonxon» yoki «bug‘roxon» darajasiga kutarib, xukmdor, ya’ni qoraxon qilib saylashgan. Odatda u «tamg‘achxon», ya’ni xonlar xoni deb yuritilgan.

992 yilda Xasan Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnaxrga tomon xujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Shosh, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turkiy qavmlar xam qatnashadilar. Natijada ular qoraxoniylar bilan birikib ketadilar. Bu davrda somoniylar ma’muriyati va harbiy qo‘shinlar boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan turk xojiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turklashkarboshilari mamlakatni dushmandan mudofaa qilish urniga xoinlik yo‘lini tutib, qoraxoniylarga yon bosadilar.

Qoraxoniylarning Buxoroga yurishi oldindan somoniylarning eng e’tiborli turk lashkarboshlaridan Xuroson noibi Abu Ali Simjuriy amir Nux ibn Mansurdan yashirincha Bug‘roxon bilan Somoniylar davlatini bo‘lib olish haqida muzokara olib boradi. Ikkinchi turk lashkarboshisi Ayach boshliq qo‘shin tor-mor qilinadi va uning o‘zi asirga olinadi. Raboti Malik yaqinidaga Harjan yonida yana bir turk xojibi Foyiq katta qo‘shin bilan Bug‘roxonga qarshi jang qiladi. Ammo Foyiq jang qizg‘inketayotgan paytda atayin taslim bo‘ladi. Shu sababli Buxoro himoyasiz qoladi. Nux ibn Mansur poytaxtni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Ko‘p vaqt o‘tmay Bug‘roxon sotqin FoyikniTermiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug‘roxon Buxoroda uzoq tura olmaydi. Kasallik uni poytaxtni tark etib, o‘z Vatani Koshg‘arga qaytishga majbur etadi. Yo‘lda u vafot qiladi. Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nux ibn Mansur Buxoroga qaytib, o‘z taxtini egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk xojibi — Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy Xurosonda amirga qarshi qo‘zg‘olonko‘taradi. O‘z kuchiga ishonmagan Nux G‘azna xukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli qo‘shin bilan u Movarounnaxrga yetib keladi va Nux bilan birlashib qo‘zg‘olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan sung Foyiq va Abu Ali qo‘shinlari tor-mor qilinadi. Sobuqtakinning bu yordami zvaziga nux ibn Mansur unga «din va davlat xomiysi», uning o‘g‘li Maxmudga esa «Sayf ud-din» yoki «din shamshira» degan unvonlarni taqdim etadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abu Ali Simjuriy urniga Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G‘azna va Xurosonda Sobuqtakin va Maxmudning siyosiy xukmronligi mustaxkamlanib, g‘aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bulgan yerlarni egallaydi.

2-masala

O‘rta Osiyo xududida Somoniylar va G‘aznaviy hukmronligi davrida shimoldagi turkiy qabilalar bilan do‘stona munosabat olib borilar edi. Lekin bu davlatlarning zaiflashib borayotganidan xabar topgan turkiylar O‘rta Osiyoga hujum qila boshladilar. Ularning yo‘lboshchisi Bilga Hoqon bo‘lgan67. The first of the Uïghūr Khāns of Turkestān who plays any great part in Mohammedan history is Boghrā Khān, whose capital was Balāsāghūn, and who ruled over Kāshghar


(called Urdu Kend), Khotan, Karakorum, Tarās, and Fārāb (Otrār).

996 yilda Koraxoniylar Movaronnaxr tomon yana xujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik qiladi. Nuxga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag‘oniyon, g‘uzg‘on va Xuttalon xokimlarining birlashgan qo‘shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib keladi. Nuxning xam o‘z qo‘shini bilan unga qo‘shilishini talab qiladi. Bu somoniylar amirining xukmdorlik xuquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib, Sobuqtakinni Buxoroga chaqirtiradi. Bunga javoban Sobuqtakin qo‘shin yuborib Buxoroni egallaydi. So‘ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular urtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo xavzasi qoraxoniylar quliga utadi. Sobuqtakin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonga xukmdor bulib oladi. Somoniylarga Movarounnaxrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq kup vaqt utmay qoraxoniylar Bu­xoroni bosib oladi. Garchi somoniylar to 1005 yilgacha Samarqand va Buxoroni qaytarib olishga uringan bulsalar-da, ammo 999 yilda Buxoroning Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi barxam topgan edi. Shunday qilib, X asr oxirida So­moniylar davlati o‘rnida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri — Koshg‘ardan Amudaryogacha chuzilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi Sug‘dni uz ichiga olgan qoraxoniylar davlati, ikkinchisi esa shimoliy Xindiston chegarasidan tortib Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha bulgan viloyatlarni qamrab olgan G‘aznaviylar davlati edi. Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o‘rtasidagi chegara deb belgilangan bulsa-da, ammo qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi deb xisoblab, uni o‘z davlatiga qo‘shib olish uchun xarakat qiladilar. Oradan ko‘p vaqto‘tmay qoraxoniylar bilan g‘aznaviylar urtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006 va 1008 yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo‘shin tortadilar, Balh Tus va Nishopur shaxarlari zabt etiladi. Ularning xarbiy yurishini Sulton Maxmudga qarshi bulgan Xurosonning mulkdor feodallari qullab-quvvatlaydilar. Lekin Maxmud g‘aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xu­rosonni uz davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi. 1017 yilda Maxmud Xorazm ustiga lashkar tortib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm mustaqil davlat sifatida barxamtopadi.

Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi ug‘uzlardan ajralib saljuqiylar nomi bilan Xurosonga borib o‘rnashganturkman qabilalari kuchayib, uz vaqtida ularga yer berib xomiylik qilgan g‘aznaviylarga qarshi tazyiq kursatadilar. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bunday vaziyatdan foydalangan qoraxoniylarning maxalliy xukmdori Ibroxim Buritakin 1038 yilda Amu­daryo buyi viloyatlari Huttalon, Vaxsh va Choganiyonni g‘aznaviylardan tortib oladi. Ko‘p vaqt o‘tmay u Movarounnaxrni va Farg‘onani o‘ziga buysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolasog‘unda bo‘l­gan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi Movarounnaxrdagi qoraxoniylar davlati edi. Bu g‘alabalardan sung Ibroxim Tamg‘ach bug‘roxon unvoniga sazovor bo‘ladi.

1040 yilda Marv bilan Saraxs (Seraxs) oralig‘idagi Dandonakon degan joyda g‘aznaviylar bilan saljuqiylar qo‘shinlari to‘qnashadilar. Bo‘lib o‘tgan shiddatli jangda Maxmud g‘aznaviy qaqshatgich zarbaga uchraydi. Sal­juqiylar g‘aznaviylar davlatining asosiy qismi xisoblangan shimoliy va g‘arbiy viloyatlarini egallab oladilar. Ular tasarrufida G‘azna, Qobul, Qandaxor va Panjob viloyatlarigina qolib, u kichik davlatga aylanadi. Sarkarda va xukmdor Tug‘rulbek zamonida (1038— 1063) Xorazm, Iroq Ajami (Iroqning Eron xududidagi qismi), Ozarbayjon, Kurdiston va Kuxiston zabt etiladi. 1055 yilda saljuqlar Bog‘dodda uz siyosiy xukmronliklarini urnatadilar. Xalifa esa faqat diniy ishlardagina mutasaddi bulib qoladi. Ray shaxri Saljuqiylar davlatining poytaxtiga aylantiriladi. Saljuqiylar bilan qoraxoniylar urtasidagi munosabatlar dastavval yaxshi bulsa-da, ammo keyinchalik keskinlashib ketadi. Xorazm tomondan ular Xuttalon, Choganiyon,Jand va Savronga yurish qilib, qoraxoniylar bilan bir necha bor tuqnashadilar. Bu ikki turk davlatlari urtasida shiddatli janglar bulib utadi. Hatto 1130 yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnaxrga lashkar tortib qora­xoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishgoletadi. Natijada qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bulib koladilar.



3-masala

Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bulib idora qiladilar. El-yurt xokimlari «eloqxon», viloyat noiblari esa «takin» deb yuritilgan. Viloyat xokimlari faqat qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bulgan a’zolaridan saylangan. Eloqxonlar uz nomlari bilan chaqa tangalar zarb qilar va viloyatlarining mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnaxr eloqxoni qoraxoniy elokqxonlari orasida katta obruga ega edi. U odatdaSamarqanddataxtda utirardi. Viloyat boshqaruv ma’muriyatida somoniylar davridagidek, vazirlar, soxibbaridlar, mustavfiylar xizmat qilardi. Shaxarlar esa shaxar xokimi, raisi va muxtasiblari tomonidan boshqarilgan. qoraxoniylar mamlakatda uz xukmronligini mustaxkamlab olishda musulmon ruxoniylari bilan yakin va dustona munosabatlar urnatadilar. Bu davrda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e’tibor kuchayib, ularning obruyi har qachongidan xam balandga kutariladi.

Qoraxoniy xukmdorlari garchi o‘troq hayotga kuchmagan bulsalar xam, dexqonchilik voxalari va shaharlarning madaniy ahamiyatini yaxshi anglar edilar. Ular Bolasog‘un, Koshg‘ar, Taroz, Uzgan, Samarqand va Buxoro kabi shaxarlarni davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, shaxarlar bilan aloqa bog‘lashga xarakat qilardilar. Biroq shunga qaramasdan uz podalari bilan Movarounnaxrga kirib kelgan kuchmanchi chorvadorlar dexqonchilik maydonlarini toptab, oyokosti qiladilar. Yerlarning talaygana qismi — yaylovlar va yaylovga aylantirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisoblangan turk qabilalarining asosiy mulkiga aylantiriladi. XI asrda Movarounnaxrda, ayniqsa Zarafshon vodiysida kupgana dalalar, poliz va bog‘lar barbod bo‘ladi. Ekin maydonlari qiskarib ketadi. Bunday sharoitda mulkdor dexqonlar bilan chorvador kuchmanchilar urtasida ziddiyat kuchayib, dexqonlarga qarshi kurash keskin tus oladi. qopaxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida uz yerlarini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Narshaxiy asarining tarjimoni Abu Naasr Axmadning yozishicha, uning zamonida Buxoro va uning atrofida yerlarning qadri shunchalik tushib ketgan ediki, xatto uni tekinga xam berar edilar, ammo u yerlarni xech kim olishni istamas edi. Agar biror odam yer olsa fuqarolar boshiga tushgan zurlik va jabr-jafolar orqasida u yer xam ekilmay bush qolardi. Bundan ma’lumki, usha zamonda nufuzli mulkdor dexqonlarga nisbatan zurlik choralari xam qullanilgan. Shunday qilib, XI–XI1 asrlarda mulkdor feodal dexqonlar yer-suv mulklaridan xamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqelaridan ajralibkatta yer egalari sifatida jamiyat hayotida uzining ahamiyatini butunlay yuqotadilar. Shundan keyin «dexqon» degan nom uzining «qishloq hokimi»ni anglatuvchi asli ma’nosini yuqotib, qishlokmexnatkashlari uchun umumiy nomga aylanib ketadi.

Zodagon dehqonlardan musodara qilingan yerlar, shubxasiz, davlat tasarrufiga utkazyalib «mulki sultoniy», ya’ni davlat yeriga aylantiriladi. Bunday yerlar, shubhasiz, davlat xazinasini tuldiradigan daromadlarning manbai va ma’lum muddatda foydalanish uchun vaqtincha beriladigan shartli yer in’omlari – iqto’ uchun asosiy fond bulib xizmat qilgan.

XI asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto’ tartiboti juda keng yoyiladi. qoraxoniylar tomonidan xukmron sulola namoyandalaridan tashqari, oliy darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga xam katta-katta yer maydonlari iqto’ tarzida xadya qilinadi. Iqto’ tartibi qoraxoniylar uchun buysundirilgan mamlakatlar aholisidan tegishli soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shakli xisoblangan. Chunki iqto’ daromadlarni muttasil olib turishni ta’minlar va iqto’dorni uz amlokida doimo muxim utirishga majburqilmas edi. Katta-katta poda va otarlarga ega bulgan, istilo qilingan mamlakatlarda serkukat yaylovlarni tortib olib ularga egalik qilayotgan xarbiy zodagonlar ayniqsa dashtda yashab iqto’ga berilgan mulklardan daromadlar olib turishdan nixoyatda manfaatdor edilar. Bu davrda iqto’ tartibi shunchalik kengayadiki, faqat ayrim qishloqlargina emas, balki butun bir viloyat va yirik shaharlardan olinadigan daromadlar xam iqto’ tarzida in’om qilib beriladigan bo‘ladi. Iqto’ tartibi keng qullangani bilan u vaqtinchalik in’omdan umrbod foydalanishga, bora-bora, xatto avloddan-avlodga utadigan merosiy mulkka aylana boshlagan. Shunday qilib, XI–XII asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda mulkchilikning yangi turi — iqto’ yerlari kengayib, uning asosiy shakllaridan biriga aylanadi.

Bu davrga kelib musulmon ruxoniylariga bulgan e’tiborning kuchayishi va mamlakatda ular siyosiy ta’sirining^tobora ortib borishi bilan vaqf yerlari ancha kupayadi. Birok mayda xususiy mulklar turli vostalar orkali yirik yerdorlarning tasarrufiga utib, ularning maydoni kmayib boradi. Shunday kilib, XI–XII asrlarda Movarunnaxr va Xurosonda turt turdagi yer egaligi: mulki sultoniy-davlat yerlari; ikto’-davlat tomonidan in’om etilgan yerlar; mulk yerlari- majid va madrasalarga berilgan yerlar; mulk yerlari- shaxsiy yerlar mavjud bulgan. Yerlarning barcha turlarida xam barzikor yollanib ijaraga ishlagan. Uz mexnati uun ular ijara xakkiga yetishtirilgan xosilning 0,3 kismini olgan. Xosilning yana 0,3 mikdori davlat soligi xisobiga tulanib, kolgan kismi yer egasiga tekkan. Garchi bu davrda barzikorlar ilk urta asrlardagi kadivarlarga nisbatan ozod xisoblansalarda, ammo ularning zimmasiga davlat tomonidan turli ulponlar va xar xil majburiyatlar yuklangan edi. Sugorish tarmoklari, tugonlar, yul va kal’alar kurish va ularni ta’mir etishda ularning ishtiroki shart edi.

XI–XII asrlarda ayniksa shaxarlar kengayadi, axolisining soni kupayib, ular yanada gavjumlashadi. Samarkand, Buxoro, Termiz, Ush, Uzgan, Toshkent, Marv, Obivard va Niso kabi shaxarlar ichki va tashk savdo uchun xilma-xil xunarmandchilik maxsulotlari ishlab chikaradishan xamda chaka-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. Shaxarlar markazida shoxona saroylar, masjid, madrasa, xonoko, minora va xammomlar kabi kuplab monumental imoratlar kad kutaradi. Shaxar ichi va girdida savdo va uxnarmandchilik maxallalari, karvonsaroy va bozorlar barpo etiladi.

Xunarmandchilikning tarakkiy etishi xamda ichki va tashki savdoning kengayishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi. Natijada koraxoniylar va ularning viloyat xokimlari-elokxonlar tomonidan kumush va misdan kuplab chaka va tangalar zarb etiladi. Usha vaktlarda Bolasogun, Taroz, Uzgan, Samarkand, Buxoro va boshka shaxarlarda pul ishlab chikaradigan zarbxonalar bulgan. Movarounnaxr va Xurosonda koraxoniylarning oltin, kumush va mis chaka-tangalari xamda dinorlari bilan bir katorda, xatto saljukiylar, xorazmshoxlar xamda gaznaviylar tomonidan sukilgan tangalar xam muomalada bulgan.

Demak, XI–XII va XIII asr boshida Movarounnaxr va Xurosonda tovar-pul munosabatlari nixoyatda rivoj topib, u mamlakatning deyarli xamma uzok va yakin viloyatlarini kamrab olgan edi.

Mamalkatni viloyatlarga bulib boshkarish va ikto’ taritbotining keng joriy etilishi ayrim viloyatlarning siyosiy mavkeini oshirib, ularning mustakillikka bulgan intilishini kuchaytirdi. Buning okibatida siyosiy jixatdan tobora zaiflashib borayotgan Koraxoniylar davlati uzining avvalgi mavkeini yukotib, saljukiylar tazyikiga uchradi va unga karam bulib koldi. XIII asrning 30 yillari oxiriga kelganda urta asrning bu buyuk turkiy davlati Sharkdan kelgan yangi istilochilar – kuchmanchi koraxitoylar xujumiga duchor bulib, parchalanib ketadi..

Koraxitoylarning kelib chikishi tugrisida fanda yagona fikr mavjud emas. Ba’zi tadkikotchilar ularni Sibirning tungus axolisiga, boshkalar esa mugullarga mansub deb xisoblaydilar. Koraxitoylarning kariyib 40 ming chodirli, ya’ni taxminan 150-200 ming nafari dastavval Yettisuv viloyatini ishgol kilib to Yenisey daryosigacha bulgan yerlarni uz ichiga olgan kattagina davlatni barpo etadilar. Bolasogun shaxrini ular Koraxitoylar davlatinng poytaxtiga aylantiradilar. Podshoxlari «gurxon» deb yuritilar edi.

Yettisuvga joylashib olgan koraxitoylar tez orada Sirdaryoning urta okimiga tomon uz yurishlarini boshlab yuboradlar. Ularning jangovor kushinlari avval Shosh va Fargonaga, sungra Zarafshon va Kashkadaryo viloyatiga bostirib kiradi. 1137 yilda ular Xujand shaxri yakinida koraxoniylarning elokxoni Maxmudga kakshatgich zarba beradilar. Uzaro sulx tuzilib koraxoniylardan katta ulpon olingach, uz yurtlariga kaytib ketadilar. Lekin sulx uzokka chuzilmaydi. Oradan turt yil utgach, ular yana Movarounnaxrga yurish kiladilar, Bu safar Samarkand yaqinida qatvon chulida qoraxitoylar bilan saljuqiylar hamda qoraxoniylarning birlashgan kuchlari urtasida shiddatli jang bo‘ladi. Jangda har ikki tomondan qariyb 30 ming nafar askar shahid bo‘ladi. Bosqinchilar g‘alaba qozonadi. Sulton Sanjar va elokqxon Maxmud Termizga chekinib jon saqlaydilar.

Bu g‘alabadan sung qoraxitoylar avval Samarqandni, sungra Buxoroni egallaydilar. Biroq ular qoraxoniylar davlatini uzil-kesil barbod qilib, Movarounnahrni batamom bosib ololmaydilar. g‘olib kuchmanchilar mahalliy axolining har xonadonidan yiliga bir dinor x:ajmda soliq yig‘ib olish tartibini joriy etish bilan kifoyalanadilar xolos. Bu vazifani qoraxitoylarning viloyat noiblari yoki mahalliy hokimlar bajarar edi.

Qatvon chulidagi mag‘lubiyat oqibatida Movarounnahrda siyosiy vaziyat tubdan uzgaradi. Avvalambor uz mustaqilligani yuqotgan qoraxoniylar davlati parchalanib bir nechta viloyat hokimliklariga bulinib ketadi. Mamlakatda feodal tarqoqlik kuchayadi. qolaversa, Sulton Sanjarning buyuk davlati keskin zarbaga uchrab, saljuqiylarga qarshi kurashayotgan Xorazmning mustaqillik uchun olib borayotgan jangu jadallari avj olib ketadi.


22-mavzu: Xorazmshohlar davlati. (2 soat)

Reja:

  1. Xorazmshoxlar davlatining tashkil topishi.

  2. Boshqaruv tizimi

  3. Madaniy hayoti

Mavzu tarixshunosligi. O‘zbek davlatchilgi taraqqiyotida muxim o‘rin egallagan Xorazmshohlar davlati buyicha sharqshunoslik ilmida ko‘pgina tarixchi olimlar tomonidan tadkikot olib borilgan. Jumladan, Xorazmshohlarning yuksalishi va bu davlatning keyingi takdiri V.V.Bartoldnng «Turiston Mugul istilochilari davrida», S.P.Tolstovning «Kadigi Xorazm madaniyatini izlab» ilmiy tadkikotlarida, atokli adib V.Yanning «Chingizxon» tarixiy romanidan Xorazmshohlar davlatining takdiri haqida ko‘plab ma’lumotlar olish mumkindir. Bu mavzuga aloqador xorijiy mualliflarning tadkikotlaridan misol keltirsak, Ibroxim Kafas o‘g‘lining 1956 yilda Anqarada bosilgan «Xorazmshohlar davlati tarixi»da bu davlatning siyosiy va harbiy tarixi ancha muvassal yoritiladi. 1978 yilda Bog‘dod dorilfununi mudarrisi Nofi’a Tavfik al-Ubudning magistrlik-nomzodlik dissertasiyasida Xorazm davlati tarixi tadkik qilingan. Erdugon Merchilining asarida ham Xorazmshohlar sulolasi haqida bayon qilingan.

Yuqorida sanab utilgan barcha mualliflar o‘zlarining asarlarida kadimiy kulyozmalardan foydalanganlar. Xorazmshohlar tarixini yoritishda Ibn al-Asir, Juvayniy, Rashididdin, Ibn al-Fuvotiy, Ibn as-So’iy, Ibn ad-Dubaysiy, Al-Yazdiy, An-Nishopuriy, al-Xusayniy kabi tarixchilarning kulyozmalari va shuningdek o‘sha davr rasmiy hujjatlari asos bo‘lgan deyish mumkin.

Xorazmshohlar sulolasidan Alouddin Otsiz haqida Ismoil ibn Xasan «Kibob ul-agroz» asarini, Takash sharafiga «Jom’e ul-ulum» asarini, Alouddin Muhammadga atab Majididdin Nasaviy fors tilida «Shaxonshoxnoma» dostonini yaratganlar. Majididdin Nasaviy Sulton Jaloliddin devonida munshiylik vazifasida xizmat qilgan. Ba’zi vaqtlarda sulton Jaloliddin elchisi sifatida Boshqa mamlakatlarga davlat ishlarini hal etish uchun borgan. Sultoning podsholarga va maliklarga yuborilgan hujjatlarini tuzgan. U «Siyrati sulton Jalol ad-Din» asarini yozib koldirgan. Muhammad ibn Najib Bakron jugrofiy olim bo‘lib, sulton Alouddin Muhammadga jaxon xaritasini tuzgan va unga «Jaxonnoma» deb atalgan sharxlarni qayd qilgan. Yana bir qimmatli ma’lumotlar beruvchi Nasaviyning «Nafsatul masdur» asari bo‘lib, unda Jaloliddin Manguberdiining hayotini o‘rganishda ahamiyati kattadir. O‘rta asr manbalarining aksariyat qismida Xorazmshohlar davlati tarixining u yoki bu jihatlari haqida ma’lumotlar mavjud va bu ma’luomtlarni sinchiklab o‘rganilsa, bu davlat tarixini mukammal o‘rganishda kumak beradi.



Xorazmshohlar davlatining vujudga kelishi.

Xorazmshohlar deyilganda, Xorazm voxasida hukmronlik qilgan sulola vakillari tushuniladi. Uzoq yillar davomida bu yerda bir qator sulolalar Xorazmshohlar unvoni ostida faoliyat ko‘rsatganlar. Masalan, IV-X asrlarda afrigiylar xonadoni, 995-1017 yillarda ma’muniylar, 1017-1041 yillarda esa Oltintoshiylar (Oltintosh, Xorun, Xandon) sulolalari hoqimiyatni boshqarganlar. Ammo Xorazm doirasidan tashqariga chiqib, o‘zga yerlarni o‘z tasarrufiga olib mamlakatni kengaytirgan va chinakam boshqaruvni saltanat darajasiga ko‘targan sulola anushteginiylardir.

Ma’lumki, Xorazm G‘aznaviylar davrida o‘z mustaqilligini saqlab qalolmagan edi. XI asrda Ma’muniylar davrida Xorazm eng gullagan davlatlardan biriga aylanadi. Albatta, Maxmud bunga befarq qaray olmadi. U iloji boricha Xorazmni egallashga, hech bo‘lmasa o‘ziga qaram yoki vassal mamlakatga aylantirishga harakat qildi. Ammo Maxmud bu ishlarni nihoyatda ustalik va tinch yo‘l bilan amalga oshirdi. U o‘z singillarini Xorazmshoh Ali ibn Ma’munga va uning ukasi Ma’mun ibn Ma’munga turmushga beradi va Xorazm hukmdorlari bilan kuda-anda bo‘lib oladi.

Ammo voqealarning bu tarzda rivojlanib borishi Bog‘dod halifasi Kodirni tashvishga solayotgan edi. U Xorazmni ham, Maxmud G‘aznaviyning ham kuchayishini istamas edi. Shu bois ikki o‘rtada nifok chiqarishga harakat qildi va ma’lum darajada maqsadiga erishdi. Kodir Xorazmshoh Ma’mun ibn Ma’munga o‘z elchisi orqali faxriy kiyim va «Ayn Ad Daula va Zayn Al Mila», ya’ni «davat ko‘zi va dindorlar jamoasining ko‘rki» unvoni diplomini topshiradi. Albatta, bu voqea halifa Kodirning rejasiga ko‘ra Maxmud G‘aznaviyning g‘azablanishiga sabab bo‘lishi kerak edi. Xuddi shunday bo‘ldi ham. 1014 yilda Maxmud G‘aznaviy Xorazmdagi o‘z elchisi orqali Maxmud G‘aznaviy nomini juma nomozida xutbaga qo‘shib o‘qitishni Xorazmshohdan talab qiladi. Xorazmshoh og‘ir axvolga tushadi. Shu bois u ikki yoklama siyosat olib boradi. Dastlab, Niso va Farovada sulton Maxmud nomiga xutba uqiladi. Xorazmda buni amalga oshirishga ko‘rkadi. Bunday ikki yoklama siyosat mamlakatni ham, Xorazmshohning o‘zini ham saqlab qola olmadi. Birinchi navbatda bu siyosatdan Xorazmdagi ayrim siyosiy va harbiy doiralar norozi bo‘ladi. Maxmud G‘aznaviy bu siyosiy o‘yindan foydalanib 1017 yili Xorazm ustiga qo‘shin tortib boradi. Xorazm Maxmudning ixtiyoriga o‘tadi. Xorazmshoh unvoni saqlab qolinib Maxmudning harbiy sarkardasi Oltintosh Xorazmga hoqim qilib tayinlanadi. Ana shu tariqa Xorazm mustaqilligi barham topadi.

Tarix saxnasiga saljuqiylar kelgach, vaziyat Xorazmshohlar tomonga o‘zgaradi. Bu davlatning zaiflashuvi natijasida Sharqiy saljuqiylar davlati bir qancha feodal davlatlarga bo‘linib ketadi va XII asr oxirlarida Xuroson Xorazmshohlar quliga o‘tadi.

Yuqorida aytilganidek, Xorazmshohlar sulolasining asoschisi Anushtagin bo‘lib, manbalarda yozilishiga ko‘ra , Anushtakin yoshligida Gurjistonda yashagan turk quli edi. Tarixchilardan Rashid ad-Din va Xofizi Abro‘ uning o‘g‘o‘z turklarining Bekdili urug‘idan deb yozishadi. Anushtaginni yoshligida isfaxsolar Izziddin Onar Bilgategin sotib olgan va u saljuq sultoni Malikshox I ning saroy ayyonlaridan biri, sulton hovuzlari va hammomlari ashyolarining xazinachisi –tashtdorlik lavozimida edi.

Tashtdorlik lavozimiga sulton juda yaqin va ishonchli odamlarini tayinlar edi va ko‘p o‘tmay Anushtakin sultonning yaqinlaridan biri bo‘lib qoladi. Tashtdorlik uchun zarur harajatlar Xorazm viloyatidan kelib turgani uchun sulton Malikshox yaqin odami Anushtakinni Xorazm mutasarifi mansabiga tayinlab, unga Xorazm shixnasi unvonini bergan edi. U vaqtda Xorazm hoqimi sulton Malikshox, ya’ni bo‘lg‘usi sulton Sanjarning o‘g‘liga tobe mamluk-Ekinchi ibn Quchqor edi.

Sulton Barkyoruk zamonida saljuqiylar saltanatining sharqiy viloyatlari Xuroson amir Dodbex Xabashiy ibn Oltintosh qo‘l ostida edi. U saljuqlarning nizolaridan foydalanib, 1097 yilda saljuqiylardan ajralib chiqib, mustaqillikka erishadi. Shu yili Anushtakin vafot etadi. Mansabdan chetlashtirilgan Ekinchi bin Qo‘chqor o‘rniga Anushtakining o‘g‘li Qutbiddin Muhammadni (1097-1127) Xorazm voliysi qilib tayinlaydi. Anushtakin Xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida mana shu Xorazmshoh Qutbiddin Muhammaddan boshlanadi. U 30 yil davomida Sulton Sanjarga sodiqlik bilan xizmat qiladi, uning raxbarligida olib borilgan barcha janglarda faol qatnashadi. Ayni zamonda Qutbiddin Muhammad mamlakatni har jihatdan taraqqiy etishda astoydil kuch sarflaydi. U saljuqiylar dargoxiga qaram edi. Har yili markazga undirilgan soliqni yetkazib turardi.

Qutbiddin Muhammad vafot etgach, Sulton Sanjar sodiq vassalining ulkan xizmatlarini inobatga olib hech ikqilanmasdan uning o‘rniga 29 yoshli o‘g‘li Qutbiddin ibn Aloviddin Jaloliddin Otsizni (1127-1156) Xorazm taxtiga o‘tkazadi. Otsiz Xorazm tarixida aloxida o‘ringa ega bo‘lgan shoxdir. U buyuk davlat arbobi, moxir va usta diplomat, dovyurak sarkarda edi. Otasi kabi o‘z davrining o‘qimishli kishisi bo‘lib, Xorazm aholisi o‘rtasida adolatli hukmdor sifatida tanilgan edi. Sulton Sanjarning zaif tomonlarini o‘rganib, mustaqil tashki siyosat olib borib Xorazmni mustaqil qilishga harakat qildi.

Sulton Sanjarga bo‘lgan sodiqlik ipi uzog‘i bilan o‘n yillarga cho‘zildi. Voqealarning keyinchalik rivojlanib borishi vassal bilan sulton o‘rtasida keskin burilish yasashga olib keldi. Bu voqea 1136-1138 yillarda sodir bo‘ladi. Kundan-kunga Otsizning mavkei va ta’sir doirasi oshib borayotganligi sulton Sanjarni xavotirga sola boshlaydi. Bog‘dod halifasi Al-Mustajid va uning o‘rniga kelgan Al-Muktofiylar ikkisini urishtirib qo‘yishga fursat poylar edi. Halifa Otsizni Xorazm xududlarining to‘la hukmdori sultoni sifatida tan olib yorlik junatadi. Shundan so‘ng Otsiz 1141 yildan boshlab mustaqil ravishda oltin tangalar zarb qila boshlaydi.

Otsiz birinchi vassal shartlarini buzib 1130 yili Sirdaryoning quyi oqimlarida joylashgan Mangishlok va Jandni bosib oladi. Sulton Sanjar esa buni o‘ziga qarshi isyon deb biladi. Boshqalarga o‘rnak bo‘lmasligi uchun uni jazolamokchi bo‘ladi. U Xorazm ustiga qo‘shin tortib boradi. Bu jangda uning o‘g‘li Otli halok bo‘ladi va o‘zi yengiladi.

Bu voqeadan so‘ng Sulton Sanjar Otsizning o‘rniga jiyani Sulaymonshoxni qo‘yadi. Bundan foydalangan Otsiz qo‘shin to‘plab Sulaymonshoxni haydab yuboradi. Oxirini o‘ylagan Otsiz moxir diplomatlarcha sulton Sanjardan kechirim so‘raydi. Sulton Sanjar unga qarshi keskin choralar ko‘rmaydi. Yana bir sababi ayni damda Movarounnaxrga sharqdan qoraxitoylarning bostirib kelayotganligidan ham vaziyatni yumshatadi.

Qoraxitoylarning sulton Sanjarga qarshi birinchi marta hujumi 1128 yilda Sharqdan Qashqarga bostirib kirish bilan boshlangan. Ularni Sulton Sanjar bartaraf qilgan bo‘lsa ham, 1137 yilda qoraxitoylar ikkinchi marta Movarounnaxrga bostirib kiradilar. Sulton Sanjar va qoraxitoylar o‘rtasida vaziyat murakkablashib boraveradi va natijada 1141 yil 9 sentyabrda Samarqandga yaqin Katvon dashtligida jang bo‘lib o‘tadi. Bu jangda suton Sanjar mag‘lubiyatga uchraydi va o‘zi qochib ketadi. Qoraxitoylar butun Movarouunnaxrni egallab oladilar.

Xorazmshoh Otsiz Sanjarning yengilganidan ustalik bilan foydlanadi. U 1141-1142 yillarda Xurosonga bostirib kiradi. Marv va Nishopurni egallaydi.

Qoraxitoylardan yengilgan Sulton Sanjar Marvga qaytgach, Otsizning tutgan ishidan g‘azablanadi. U ikki marta 1143 hamda 1147 yillarda Otsiz ustiga qo‘shin tortib boradi. Otsiz qilgan ishlari uchun kechirim so‘rab, uning hukmronligini tan oladi. Ikki o‘rtada yarash bitimi imzolandi.

1152 yilda Otsiz uchinchi marta Jand ustiga qo‘shin tortib boradi va u yerni egallab o‘g‘li el-Arslonni hoqim qilib tayinlaydi. Bu safar Sulton Sanjar Otsizning harakatlariga ahamiyat bermaydi. Chunki anchagina kuchsizlanib qolgandi. Shu bilan birga ashadiy raqiblar qoraxitoylar va Gurlar ham unga qarshi turgan edi. Sulton Sanjar 1153 yilda Gurlar bilan bo‘lgan jangda asirga tushadi. Bundan foydalangan Otsiz o‘z yerlarini kengaytirdi. 1156 yili Sulton Sanjar asirlikdan qochadi, lekin saljuqiylarning avvalgi mavkeini tiklay olmaydi va 1157 yilda u olamdan o‘tadi. Undan bir yil utgach Xorazmshoh Otsiz ham vafot etadi. Otsiz mutloq mustaqillikka erishish va o‘z hukmini o‘tkazishga uringan bo‘lsa ham, ammo moxiyat e’tibori bilan aytadigan bo‘lsak, Xorazm to‘la erkinlikka erisha olmaydi. Uylab qaralsa hukmdor Otsizga vaziyat juda og‘ir kelgandi. Bir tomonda Sulton Sanjar tazyiqlari bo‘lsa, ikkinchi tomonda qoraxitoylarning bostirib kirish xavfi edi. Lekin Otsiz siyosiy kuchlar bilan raqobatlasha olishga qodir ekanligini namoyon qildi.

Otsizdan so‘ng Xorazm taxtiga uning o‘g‘li El Arslon (1156-1172) utiradi. U otasiga qaraganda ancha qulay vaziyatda hoqimiyatni boshqaradi. Ularga saljuqiylar davlati umuman taxdid solmayotgan edi, sababi bu davlat batamom inqirozga uchragan edi. Fakatgina ayrim vaqtlarda gurlardan hujum bo‘lib turar edi. Qoraxoniylar kugirchok bekliklarga aylanib qolgandilar. Xullas, Xorazmning mustaqil taraqqiyotiga tuskinlik qila oladigan xavf kolmagandi. Ammo El Arslon Xurosondagi bunday qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Albatta, u xududlarini biroz mustaxkamladi, qoraxitoylar bilan urushlar olib bordi. Barcha yozma manbalar unining yaxshi fazilatli shaxs ekanligini ta’kidlaydi.

El Arslon 1172 yilda vafot etadi va ayni shundan foydalangan qoraxitoylar Xorazmga bostirib kiradi. Mana shunday kiyin vaziyatda taxtga Takash (1172-1200) utiradi. Xorazm davlati uning davrida eng yuksak chukqilarga ko‘tardiladi va buyuk davlatlardan biriga aylanadi. Kiyinchiliklar ham uni chetlab o‘tmaydi., otasi hal i tiriklik vaqtida Takashning ogasi Sultonshoxni merosxur deb e’lon qilgandi. 1172 yildan 1193 yilgacha, salkam 20 yil aka-uka bir-biri bilan kurashadi. Bu kurashga chek quyilishiga sabab, bir tomondan qoraxitoylar bo‘lsa , ikkinchi tomondan gurlar xavf solib turgandilar. Xorazmshohlar qoraxitoylarga mutlok qaram bo‘lib, ulardan butkul mustakkil bo‘lishga intilayotgan edilar. Takash xuddi ajdodlari singari mustaqillik yo‘lida tinmay kurash olib bordi. Bu kurash uchun kuchli qo‘shin kerak edi. Takash jangchi suvoriylar izlab kipchoklar xo‘zuriga boradi. Kipchoklar xoni JonkishII Turkon xotinning kiziga uylanadi. Kipchoklarning Bayot qabilasidan bo‘lgan bu kiz Xorazmga uroniylar, karluklar, ugraqlar va hal aj singari turk qabilalarini boshlab keladi.

Takash o‘z hukmronlgi davrida katta xududlarni egallab olish bilan birga, 1195 yili hal ifalik qo‘shinlarini ham tor-mor qiladi. Ana shu tariqa Takash buyuk davlatga asos soladi. 1200 yilda Xorazmdan Nishopurga boradigan yulda Takash vafot etadi.

Xorazm taxti uchun kurash avjiga chikadi. Ko‘p tortishuvlardan so‘ng taxtga Aloviddin Muhammad utiradi. Uning onasi Turkon xotun edi. Davlat faoliyatining hamma kaliti uning qulida bo‘lib, Muhammad fakat rasmiy hukmdor edi, xolos. Asosan turklardan tashkil topgan qo‘shin Turkonxotunga buysinar edi. Butun karndosh-urug‘lari davlat lavozimlarini egallagan edilar. Samarqand shaxrining boshligi Turkonxotuning ogasi Tugayxon, Utror shaxrining noibi karindoshi Inalxon edi.

Xorazmshoh Muhammad onasiga butunlay tobe edi. Muhammadning eng kenja farzandi O‘zlokshox Xorazm, Mozandaron noibi etib tayinlanadi. O‘zlokshoxning onasi o‘zining jiyani edi. Xorazmshohning katta o‘g‘li Jaloliddinga kichkinagina Gur viloyati berilgan edi. Chunki uning onasi Boshqa urug‘dan edi.

Ona izmidan chikolmagan Alouddin Muhammad o‘zining 20 yillik hukmronlik davrini fakat urushlar bilan o‘tkazadi. U qoraxitoylardan kutilish choralrini ham izlaydi. Bunga bahona ham topiladi. 1206 yilda Buxoroda Sadr Muhammad ibn Abudulazizgi qarshi hal k ko‘zgolon ko‘taradi. Ko‘zgolonga kalkon yasovchi xunarmand Malik Sanjar boshchilik qiladi. Sadr Muhammad qoraxitoylarning gurxonidan yordam so‘rab uning yoniga kochadi. Qoraxitoylar gurxoniga qarshi yurish uchun bahona topolmayotgan Alouddin Muhammadga ayni muddao edi. U 1207 yilda Buxoroga qo‘shin tortib boradi. Buxoroni egallaydi va ko‘zgolonchiliar raxbari Malik Sanjarni Xorazmga olib ketadi. Muhammad Buxoroni egallagach, qoraxitoy gurgonlariga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Shu vaqt oralig‘ida qoraxitoylarning vakili Tushi ulpon yigish uchun keladi va to‘g‘ri kelib bezbetlarcha Muhammad Xorazmshohning oldiga kelib utiradi. G‘azablanib ketgan Muhammad Tulini uldirtirib yuboradi. Bu voqeadan so‘ng Muhammad vaziyatni kuldan boy bermay, qoraxitoy gurxoni ustiga qo‘shin tortadi. Ayni paytda mugullar ta’kibidan qochib Yettisuvga chekingan naymanlar sardori Kuchluk karluklar bilan birlashib, qoraxitoylarga zarba beradi. Bunday vaziyatni kuldan boy bermaslikni istagan Muhammad Samarqand hukmdori Usmon ibn Ibroxim bilan birlashib Yettisuv tomon qo‘shin tortadi. Muhammad bilan Gurxon o‘rtasidagi kakshatkich jang 1210 yili Tolos daryosi vodiysida bo‘ladi. Bu jangda bir amallab Xorazmshoh qo‘shini galaba kozonadi. Natijada Xorazm davlatining xududlari XIII asr boshlarida yanada kengayadi va Yettisuvgacha bo‘lgan yerlar uning tarkibiga qo‘shib olinadi. Bu zafarlardan gururlanib ketgan Muhammad o‘zini dunyoda eng yengilmas shox deb ataydi. Muhammad qoraxitoylar ustidan kozongan galabasi sharafiga o‘zugining ko‘ziga «Sulton Xudoning yerdagi soyasi» degan so‘zlarni yozdirgan, bunga ham kanoat kilmay o‘zini «Mskandari soniy» (Ikkinchi Iskandar) deb atay boshlaydi. Usha davrda islom ximoyachisi va hal klar hal oskori Muhammad nomi shu kadar keng tarkalgan ediki, butun-butun davlatlar unga deyarli jangsiz taslim bo‘lar edi. Xorazmshoh qo‘shinlari 1215-1217 yillar davomida Kerman, Buljiston, Makrom, Urmo‘z, Fors, Iroki, Mozandaron, Arron, Ozor yurti Shirvon va shu kabi Boshqa xududlarni egallaydi.

Xorazm saltanatining katta kuch-qudratiga ishongan Muhammad endi Bog‘dod ustiga yurish, hal ifaning o‘zini ham unga tobe qilish va o‘z nomini hal ifalik markazida xutbaga qo‘shib o‘qittirishga karor qiladi. 1217 yilda Muhammad Bog‘dodga qarshi qo‘shin tortadi. Yaqinlashay deganlarida kutilmaganda hamma yokni izgirin sovuk kopladi. Qo‘shin sovukdan kirilib ketadi. Lekin Muhammad har qanday daxshatga qaramasdan, Bog‘dod sari yurishni davom ettirishni buyuradi. Birok 1218 yil 10 fevralda Xorazmdan kelgan chopar shum xabarni yetkazadi. Bu xabarga ko‘ra sharqdan mugul-tatar lashkarlari Chingizxon boshchiligida Movarounnaxrga hujum qilgandilar. Muhammad Bog‘dod yurishini tuxtatib, 1218 yili Movarounnaxrga kaytadi. Xorazmshohlar davlatining tanozulliga sanokli damlar qolgandi. Xorazmshohlar davlatining bundan keyingi tarixi mugul bosqinchilarining istilolari bilan bog‘liqdir.

Qator manbalar va ilmiy adabiyotlarda chingiziylarning Movarounnaxrga yurishlari sabablarini turlicha izoxlashga harakat qilinadi. Arzimagan bahonalar sabab, ikki tomon o‘rtasida urush bo‘lishi mukarrar bo‘lib qoladi. 1218 yili Utrorda sodir bo‘lgan voqea Chingizxonning Movarounnaxrga bostirib kelishiga sabab qilib ko‘rsatiladi. Ikki hukmdor o‘rtasidagi yozishmalar esa bu kurashni yanada jadallashtirib yuboradi.

O‘z o‘rnida sulton Muhammad ham qator xatolarga yul qo‘yadi. Chunonchi, dushman bilan bo‘ladigan janglarda qanday taktikadan foydalanish kerak masalasida kaltabinlik qiladi. Harbiy kengashda bir qator taqliflar o‘rtaga tashlanganda Muhammad barchasini rad etadi. Har bir kishlok va kal’a o‘z kuchiga suyangan xolda ximoyalanishni buyuradi. Bu bilan sulton juda katta qo‘shinni mayda bo‘laqlarga bo‘lib yuboradi va dushmanga keng yul ochib beradi. Davlatchilikda o‘ziga xos ikki hoqimiyatchilikning yuzaga kelishi natijasida vaziyat kuldan boy beriladi. Chingizxonning juda katta qudratli qo‘shini Movarounnaxrga bostirib kiradi. Muhammad mamlakatni tashlab qochib ketadi. 1221 yili u o‘limi oldidan o‘g‘li Jaloliddinni valiaxd qilib tayinlasada, fursat kuldan ketgan edi. Jaloliddin dushmanga qarshi kurashni tuxtatmaydi.U mugul qo‘shinlariga kakshatgich zarba beradi. Jaloliddin qo‘shini guyo yengilmasdek edi. Lekin so‘ngi jangda kulga kiritilgan o‘ljani taksimlashda kelishmovchilik chiqib ba’zi amirlar qo‘shinni tashlab chiqib ketadi. Jaloliddin Sind tomon chekinadi. Jaloliddin butun haramini daryoga chuktirishni buyuradi, ya’ni yaqinlarini dushman quliga tushishini xoxlamaydi. O‘zi ham oti bilan daryoga tashlaydi va eson-omon chiqib oladi. Bir soniya ham kurashni tuxtatmagan Jaloliddin 1230 yili Kichik Osiyoning janubi-sharqiy xududlarini egallaydi. 1231 yili Ozarbayjonni zabt etgan mugullar Jaloliddin qarshiligiga uchraydi. Ammo tasodif tufayli 1231 yil 20 avgustda Jaloliddin bir kurd tomonidan Mayoforikin degan joyda uldiriladi. Uning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi ulugvor o‘rni tabIIy ravishda yuksakdir.


Download 464.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling