Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Download 464.52 Kb.
|
2 5463100466667718345
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘fiylik ta’limoti.
- 24-m avzu: O’ zbek xalqining shakllanish jarayoni. (2 soat)
Me’morchilik, san’at va musiqa. X–XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda me’morchilik va san’at yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘chdi. Avvalambor, o‘rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va bu davrda to‘la g‘alaba qozongan islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu coxasiga ham kuchli ta’sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o‘zgardi. Qolaversa, mamlakatning iqtisodiy ko‘tarilishi natijasida uning yangi yo‘nalishida ravnaq topishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. VIII asrda yuz bergan tushkunlikdan keyin shaharlar kengayib, obodonlashdi. Asrlar davomida to‘plangan va avloddan-avlodga an’anaviy ravishda o‘tib, tobora boyib kelgan me’morchilik yuqori darajada rivojlandi. Shaharlarda hashamatli binolar qad ko‘tardi. Binokorlikda xom g‘isht va paxsa bilan bir qatorda, pishiq g‘isht va turli xil ganch hamda ohaqli qurilish qorishmalari keng ishlatilib, binolarning shakli ham, ko‘rinishi ham ko‘rkamlashdi. Baland peshtoqli yoki chortoqli, tomi gumbazli xashamatli binolar hamda o‘ymakor g‘ishtlardan qurilgan ko‘rkam minoralar har bir shaharning ko‘rki bo‘lib, uning husniga husn qo‘shar va manzarasini bezab turar edi. Samarqand, Buxaro, Urganch, Termiz, Uzgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab saroy, machit, madrasa, minora, xonakoh maqbara, tim vakarvonsaroylar qurildi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy, Zirabuloq yaqinida joylashgan Tim qishlog‘idagi Arabota, Karmanadagi Mirsayid Bahrom maqbaralari, Buxorodagi Nomozgoh, Minorai Kalon, Vobkent va Jarqo‘rg‘on minoralari hamda ko‘pgina boshqa binolar o‘sha davr me’morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar X–XII asrlarda Movarounnaxrda o‘ziga xos me’morchilik g‘oyat rivoj topganligidan dalolat beradi. Bu davrda monumental me’moriy binolardan tashqari, yo‘nilgan tosh, pishiq g‘isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari — bandlar, novalar, ko‘priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Qizig‘ishundaki, bunday inshootlarning o‘lchamlari matematika jihatidan g‘oyat puxta ishlangan. Shunga qaraganda, mahalliy gidrotexniklar bunday suv inshootlarini qurishda o‘sha davrda rivoj topgan xandasa va riyoziyot ilmlari hamda asriy mirobchilik muhandisligi tajribalaridan keng foydalanganlar. Masalan, X asrda Nurota tog‘larining Pasttog‘ darasi to‘silib, barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln. metr kub suv to‘plangan. To‘g‘on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Xonbandining matematik yechimlaridan ma’lum bo‘lishicha, uni bino qilishda X asr muxandislari hovuzga to‘planadigan suvning vertikal hamda ag‘daruvchi kuchlarigina emas, balki bu xududlarda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to‘g‘risida yaratilgan qonunidan qariyib 7 asr muqaddam movarounnahrlik muxandislarga ma’lum ekanligidan dalolat beradi. IX–X asrlardan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo‘shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib, ustunlariyu sarrovlari va to‘sinlarigacha yog‘ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g‘ishtyoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish hozirgacha saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar harobalarida kovlab ochilgan turar joy qoldiqlaridan ma’lum bo‘lishicha, X—XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni tutgan. Xona, yo‘lak, ayvon va xovlilardan iborat bunday turar joylar va saroylar odatda mustahkam qalin paxsa devor bilan o‘ralib, suvalgan xona devorlari ganchkori naqshli panellar bilan bezatilgan. Derazalarga o‘rnatilgan ganchkori panjaralarga rangdor shishalar solingan. Turar joy saxni ko‘pincha naqshli qilib to‘shalgan pishiq g‘ishtlar bilan qoplangan. IX–XII asrlarda me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o‘ymakorlik san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratni o‘ymakor ustun va to‘sinlar, devorlarini buyoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Bu davrga kelib naqqoshlik va tasviriy san’at o‘zgacha tus oladi. Endilikda jonli mavjudotlarni tasvirlashdan murakkab geometrik va islimi gulli naqshlar ishlashga o‘tiladi. Islom dini mafkurasiga asosan, garchi tirik jonzodlarni tasvirlash majusiylik va butparastlik deb qat’iy man qilinganiga qaramay, xalq san’atining bu sohadagi asriy an’analari butunlay yo‘qolib ketmadi. Bu davrda yog‘och, ganch va sopoldan turli jonzodlarning haykalchalarini yasash va ularning tasvirlarini sirli sopol buyumlariga tushirish keng tarqaladi. Naqqoshlik san’atining taraqqiyoti o‘z navbatida kulolchilik, miskarlik va zararlikning ravnaqiga yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlar kulolchilik, miskarlik va zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. IX–XII asrlarda ayniqsa sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi. Rang-barang sopol idishlarga nimsariq, ko‘kimtir, yashil, qizil, jigarrang va qora buyoqli naqshlar tortilib, sirti yupqa sir bilan qoplangan. Idish-tovoqlarni epigrafik naqsh-arabcha «xatti kufiy» da bitilgan maqollar, hikmatli so‘z va tilaklar bilan bezash katta o‘rin tutgan. Bunday sopol buyumlar nihoyatda sifatli bo‘lib, chet mamlakatlarga ham olib chiqilgan. Bu davrda xattotlik xalq san’atining muxim va keng tarqalgan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo‘lyozma kitoblardan nus’halar faqat xattotlar tomonidan qo‘lda ko‘chirilishi tufayli xattotlik san’ati ancha rivoj topadi. Turli uslubda xusnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi. Odatda, imoratlarning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim qismlari turli mazmundaga bitiklar bilan qoplangan. Shu jumladan masjid, xonakohq va madrasalarga ayrim oyatlar, saroylarga turli madhiyalar, oddiy bino vabuyumlarga esa hikmatli so‘zlar bitilgan. Shuningdek, imoratning qurilgan yili, binokor ustaning ismini yozish ham odatga aylangan. Bu odat, shubhasiz, kulolchilik, miskarlik va zargarlik buyumlarida ham namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, IX–XII asr me’morchiligi va unda ishlatilgan me’moriy naqsh uslublari o‘z navbatida mehnatkash aholining did, nafosat va binokorlik g‘oyalari bilan chambarchas bog‘langan xalq me’mor — bannolarning sermazmun ijodini namoyish etadi. IX–XII asrlarda musiqa san’ati ham g‘oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to‘ylar, xalq sayllari va boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo‘shiqsiz o‘tmas edi. Maxmud Koshg‘ariyning «Devonu Lug‘atit turk» kitobida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, xalq orasida ayniqsa qo‘shiq janri keng tarqalgan. Bu davrda sozandalar rud, tanbur, qubuz, rubob, nay, surnay, karnay, qo‘shnay, tabl, barbat, daf, kus, taburok, zir, chag‘ona, shaynur, arg‘unun va qonun kabi g‘oyat xilma- xil torli, zarbli va puflab chalinadigan cholg‘u asboblaridan keng foydalanganlar. Bu davrda hatto yangi sozlar ixtiro etilgan. Masalan, Rudakiyning zamondoshi Abu Xifz Sug‘diy nayga monand shohrud nomli torli asbob yaratgan edi. Manbalarda Abu Bakr Rubobiy, Bunasr, changchi Lukariy kabi sozanda hamda hofizlarning nomlari saqlanib qolgan. Rudakiy rud va tanbur kabi sozlarni yaxshigina chaladigan sozanda va xushovoz hofiz bo‘lgan. Uning mashhur «bo‘yi juyi Muliyon» she’ri ushshoq quyida aytilib, nihoyatda shuxrat qozongan edi. Rudakiyning zamondoshlaridan shoir Abu Tayib Toxir «Xusravoniy» ko‘yini ijod qilgan edi. Bu davrda xalq kuylari asosida, keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining klassik quyi «Shashmaqom» uchun poydevor bo‘lgan «Rost», “Dusravoniy”, «Boda», «Ushshoq», «Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi yangi-yangi kuylar ijod etiladi. Bu kuylarning ko‘pi o‘zbek va qardosh xalqlarning madaniy merosi tarzida xozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Musiqa san’ati, shubhasiz, poeziya hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog‘langan xolda taraqqiy etadi. Forobiy va Abu Ali ibn Sino kabi ulug‘ olimlar musiqa va Musiqashunoslikka katta e’tibor beradilar va nodir asarlar yaratadilar. So‘fiylik ta’limoti. Markaziy Osiyo davlatlarida tasavvuf- sufiylik ta’limoti rivoj topadi. Sufiylik islomdagi falsafiy diniy oqimligi to‘g‘risida o‘rta asr manbalarida qayd qilingan. Voiz Koshifiy «Futuvatnomai sultoniya» asarida bu sufiy tushunchasi qad imiy bo‘lib, Odam alayhissalom o‘g‘illari Shish alayhissalom davrida paydo bo‘lganligi haqida bayon etadi. Rus olimi I.M. Petrushevskiyning qayd qilishicha, ingliz sharqshunosi R.Nikolson XI asrgacha bo‘lgan qo‘lyozma manbalarda «sufizm» tushunchasining yetmish sakkiz ma’nodagi talqinini aniqlagan ekan. Nasafiyning Xoji Axmad Yassaviy risolasida ham islom dinida «sufiylik oqimi, darveshlar payg‘ambar zamonasidayoq vujudga kelgan» deyiladi. Abdulhakim Shar’iy Jurjoniy «Tasavvuf ta’limotining ildizlari» maqolasida tasavvuf so‘zi «suf», ya’ni kiyimni kiymok, sufiy bo‘lmoq va shuningdek haq yo‘lidan yuruvchi bo‘lmoq ma’nolarida qo‘llaniladi. Tasavvuf so‘zi bir istiloh (atama) sifatida uning payrovlari aqidasiga binoan nafsni pokizalash natijasida inson qalbida haqiqat yog‘dusi porlay boshlaydi» deydi. Uning fikricha, tasavvuf va irfon tushunchalari bir-biriga yaqindir. Shu tufayli har ikkala so‘z bir ma’noda ham ishlatiladi. Doktor Javod Nurbaxsh «Sufiylar behishtida» asarida tasavvufni so‘z biln ifodalab bo‘lmasligini, so‘z bilan ifodalanuvchi narsa tasavvuf emasligini yozadi. Uning fikricha, tasavvuf- ishq ozuqasi va taxdid yo‘li bilan haqiqatga olib boradigan tariqatdan iborat deydi. IX –XII asr ma’naviy hayotida islom dini muxim rol o‘ynadi. Bu davrda musulman Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko‘tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosining mafkurasiga aylandi. Arab halifaligining bosqinchilik siyosati natijasida o‘zining barcha huquqlaridan ajralib, madaniyati oyoq osti qilingan Movarounnaxr aholisi, o‘z e’tiqodi va xat-savodidan maxrum bo‘lib, islom dinini qabul qilishga, shariat arkomlarini bajarishga, shuningdek arab tili va yozuvini o‘rganishga majbur bo‘ldi. Ko‘p vaqt o‘tmay e’tiqodli xalq arab imlosida xat-savod chiqarishga kirishdi. Masjid va xonakohlar savod maktabiga aylanib, imomu mutavallilar ustozi mutakallim vazifasini bajardilar. Biroq shunisi, e’tiborliki, Movarounnaxr aholisining murakkab arab imlosini o‘zlashtirib, xat-savodli bo‘lishi hamda fan va davlat tili deb hisoblangan arabiy tilni mukammal o‘rganib, bu o‘zga tilda asarlar yarata oladigan olim u mutafakkirlarning yetishib chiqishi uchun kariyib bir yarim asr, ya’ni besh avlodning umri sarf bo‘ladi. Shunday bo‘lsa -da, bu davr Abu Nasr Forobiy, Axmad Farg‘oniy, Muso Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Abdullox Xorazmiy, Ibn Sinodek buyuk allomalar bilan bir qatorda islom ta’limotining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Ismoil Buxoriy, Iso at-Termiziy va Burxoniddin Marginoniy kabi ulamolarni kamolatga yetkazdi. Movarounnaxr va Xurosonda halifalik hukmronligi tugatilib, mustaqil Somoniylar. Qoraxoniylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlati qaror topgach, islom ta’limoti shariat arkomlar va ilmu ma’rifatga yanada e’tibor kuchaydi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko‘tardi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, dastlabki madrasa X asrda Buxoroda Kovushdo‘zlar timi yaqinida bino qilingan. U Furjak madrassasi deb yuritilgan. XII arda Buxoroning Darvoza mahallasida qonunshunoslar uchun maxsus «Fiqxlar madrassai» qurilgan . Bunday oliy ilmgohlarda asosan islom dini ta’limotining asosiy manbalari: Kur’on, Xadis va arab tilini mukammal o‘ganishga katta e’tibor berilgan. Shariat arkomlarini har tomonlama chuqur o‘rganishda «Tafsir» - Kur’oning sharxlari juda boy va qimmatli manba hisoblangan. Fiqx fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat arkomlari borasida tafsir batafsil taxlil etilgan. Bu davrda Abu Jafar Tabariy tomonidan arab tilida Kur’oni karimning 14 jildlik «Tafsiri Tabariy» nomli izohlari yoziladi. Somoniylar hukmdori Mansur ibn Nuxning farmoniga binoan 962 yilda Buxoroda «Tafsiri Tabariy» arab tilidan fors tiliga tarjima qilinadi. Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ‘ibotining kengayishida ayniqsa, Buxoro shahri markazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko‘p yetuk fiqxshunos olimlar, odil qozilar, zoxid imomlar yetishib chiqqan. Buxoro aholisining ilmli bo‘lishida, Buxoroda ilmning keng tarqalishida, imom va ulamolarning xurmatli bo‘lishida Abu Xafs Kabir Buxoriy ismli mashhur fiqxshunos olimning xizmati nihoyatda katta bo‘lgan. Narshahriyning yozishicha, shu olim tufayli Buxoro «Kubbat ul-Islom», ya’ni «Islom dinining gumbazi» deb atalgan. Biroq hukmdor tabaqa mamlakatni idora qilishda imkoni boricha islom dinidan mafkuraviy qurol sifatida foydalanadi. Mafkuraning barcha sohalari islomga tobe qilinib, zardushtiylik e’tiqodi qoldiqlariga qarshi shafqatsiz kurash olib boriladi. Mehnatkash aholi ustidan jabr-zulm zo‘rayib, har qanday xurfikrlilik ta’qib ostiga olinadi. Buning oqibatida zaxmatkash xalqning tashvish va azobi ortib hayoti g‘oyat og‘irlashadiki, uning noroziligi oshadi. Mana shunday g‘oyat mushkul sharoitda jabrdiyda xalq dardu alamiga malhamni tasavvufdan qidiradi. Tasavvuf, ya’ni sufiylik, umuman tarzda aytganda, poklangan, zoxid taqvodorlik ma’nosini anglatuvchi xalqparvar tariqat bo‘lib, u o‘rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Feodal davrning bu diniy-falsafiy oqimi datavval IX asrda Iroqda yuzaga keladi. U jabrdiyda ommaning zulm va nochorlikka qarshi noroziligini ifodalaydi. Tasavvuf xususiy mulkchilik hamda boylik va kambag‘allikning vujudga kelishini adolatsizlikning oqibati deb qaraydi. Bu oqim Movarounnaxrga Eron orqali kirib keladi. Uning yoyilishi o‘rta asrlarning mutafakkirlari Hakim at- Termiziy, Abu Hamid G‘azzoliy, Yusuf Hamadoniy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Axmad Yassaviylarning nomlari bilan bog‘liqdir. Bu tariqat asosan shahar va shahar atroflarida yoziladi. U hayot bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, izdoshlaarini mehnatga, kasb-xunar egallashga da’vat etadi. Shu boisdan bu tariqat og‘ir ijtimoiy va iqtisodiy ahvoldan qutulish uchun tasavvufdan yo‘l axtargan jabrdiyda ommaning talablariga ma’lum darajada javob berar edi. Tasavvuf ta’limoti asosida inson faoliyati va unng kamoloti yotadi. Unda kishining har bir nafasida ong, aql-idrok bo‘lmog‘i, bosgan har bir qadamida diqqat e’tibor solmog‘i, u Vatan ishi bilan band bo‘lmog‘i, xalq bilan aloqada birga hayot kechirmog‘i kerak, deb uqtiriladi. Tasavvufning tariqat yo‘llari g‘oyat keng bo‘lib, turli davrlarda Turkiston va Movarounnaxrning turli o‘lkalarida bu ta’limotning turli xil yo‘nalishlari vujudga keladi. XII asrda Turkistonda yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda kubroviya, XIV asrda es Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi. XII asrda Movarounnaxrda keng yoyilgan tasavvuf yassaviya tariqati bo‘lib, unga Axmad Yassaviy asos soladi. Tasavvufning asoslari Yassaviyning mashhur «Hikmat» asarida bayon etiladi. Bu asar o‘rta asr o‘zbek adabiyotining noyob yodgorliklaridan bo‘lib, unda islom ta’limoti, islom falsafasi va tasavvuf bilan uzviy bog‘langan Yassaviyning dunyo qarashlari bayon etilgan. O‘z davrining ijtimoiy tartiblari, dehqon, hunarmand va chorvadorlarning hayotining bilimdoni bo‘lgan Yassaviy o‘z «Hikmat»larida islom dinining qonun-qoidalari, urf-odatlarining majmua-shariatini, tasavvuf maslagi- tariqatni, kamolot asosi –Ma’rifatni va unga erishmok yo‘li-haqiqatni targ‘ib qiladi. Axmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi, ularning har biri ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Bu kamolot yo‘li sari to‘rt bosqich bo‘lib inson hayoti va faoliyatining asl mohiyatini tashkil etadi. Yassaviy tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g‘oyasi olga suriladi. Unga faqat foniy dunyo rohati va farog‘atidan voz kechib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat faqat shariat yo‘lida bo‘lmog‘i hamda tarkidunyochilik targ‘ib etilsa-da, ammo inson zoti sharaf darajasida ulug‘lanadi, uning har qanday mol-dunyodan va adovatdan uzoq turishi ta’kidlanadi. Yassaviy tariqatining xalqchilligi va «hikmat»lardia mehnatkash ommaning azob-ukubatlari va orzu-umidlari o‘z ifodasini topani uchun u avlodalar muxabbati va xurmatiga sazovor bo‘lib, uning sheri pandu nasixatlari asrlar osha xalq og‘zidan tushmay keladi. Tasavvuf ta’limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (11145-1221) edi. U Xorazmda sufiylik maktabini ochib, «kubroviya» tariqatiga aos soladi. U «Favoix al-jamol va favotix al-jalol» («Jalolining muattarlari va kamolotning egalari»), «Al-usul-al-ashara» («Unta qonun va qoidalar») nomli qator risola va asarlar yozib, tasavvuf ta’limotini yanada rivojlantiradi. Kubroviya tariqatining asosini «tavba», «zuxr» (mol-dunyodan voz kechish), «tavakkal» (ollox yo‘lida)» “qanoat” , «uzlat», «zikr», «tavajjux», «sabr», «murakaba» (kamolot topish) va «rido»(xalqka yetishish) kabi qonun-qoidalar ifodalaydi. Yassaviya tariqatidan farqli o‘larok, kubroviya ta’limoti tarkidunyochilikni rad etadi. Unda kamolot yo‘lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu noz-ne’matlaridan baxramand bo‘lishning joizligi g‘oyasi ilgari suriladi. Kubrovya ta’limoitda xalqka va Vatanga bo‘lgan muxabbat nihoyatda kuchli bo‘lib, har og‘ir damlarda ham omma bilan birga bo‘lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashga da’vat etiladi. Bu muqaddas g‘oya yo‘lida Najmiddin Kubro qiliga qurol olib, o‘z shogird va izdoshlarini orqasidan ergashtirib shahar aholisi bilan bir safda turib dushmanga qarshi g‘azotda qatnashadi. Shahar ichida bosqinchilar bilan bo‘lgan shiddatli jangda bu ulug‘ shayx o‘z safdoshlari bilan shahid bo‘ladi. Tasavvuf XIV asrda Naqshbandiya ta’limotida yanada rivoj topadi. Unga Bahouddin Naqshband asos soladi. «Naqshband» uning tahallusi bo‘lib, uning asl ismi Muhammad ibn Burxoniddin al-Buxoriydir. U 1318 yilda Buxoro yaqinida Qasri Xindivon qishlog‘ida matolarga Naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keladi. Yoshligidan o‘qish va ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishga puxta o‘rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan, so‘ngra o‘z kasbida maxoratga erishib, dovrug‘ qozongan. Ayni zamonda o‘z davrining atoqli shayxlari Xoja Muhammad Boboiy Samosiy, Amir Sayyid Kulol va boshqalardan odobi tariqatdan ta’lim oladi. Xoja Bahouddin «Hayotnoma» va «Dalil ul-oshiqin» nomli asarlar yozib, o‘z tariqatini yaratadi. Tarixda bu tariqat «Naqshbandiya» nomi bilan shuxrat topadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnaxr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Bahouddin tariqati asosida toat-ibodat va mehnat bilan kamol topib, Olloh visoliga yetishish, ma’naviy-axloqiy kamolotga erishish yo‘llari yotadi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-exson berishga, sofdil va kamtar bo‘lishga chaqiradi. Uning «Dil ba yoru dast ba kor» (Dil yor bilan, qo‘l esa ishda bo‘lsin), ya’ni Ollohni o‘zinga yor bilu, ammo mehnat qilishni unutmagin, degan hikmati Naqshbandiya tariqatining hayotiy mohiyatini ifodalaydi. U tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ‘ib etadi. Naqshbandiya ta’limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Xoja Axror kabi allomalar katta hissa qo‘shadilar. Shunday qilib tasavvuf Movarounnaxr aholisining ma’naviy hayoti bilan chambarchas bog‘langan ta’limot bo‘lib, o‘rta asrning xalqparvar adib va mashoyixlari uni chuqur bilishga va u orqali ommaga ziyo va ma’rifat tarqatishga intilganlar.
Reja: 1. O’zbek etnosining ko’p etnik qatlamlilik masalasi. 2. O’zbek etnogenezining boshlanishi va yakuniy nuqtasi 1-masala Millat bilan xalq ta’rifiga qo’yilgan talablar tas’hqaridan qaraganda bir-birlariga o’xs’has’h ko’rinsada, ammo, mohiyat jihatdan ular bir ma’noni anglatmaydi. Ikkins’hidan, xalq uzil-kesil s’hakllangan feodalizm jamiyatining ijtimoiy mahsuli, millat yesa kapitalistik jamiyatning ijtimoiy mahsulidir. Ikkins’hidan, xalqning yus’htiruvs’hi yetnik omillardan hududiy birlik s’hegaralari tarix taqozosiga ko’ra, o’zgaruvs’hanlik xususiyatiga yega buladi. Ammo, millat davlat s’hegaralari - qat’iy, mutlaqo daxlsiz, jahon jamoats’hilik tas’hkilotlari tomonidan tan olingan va muhofazali bo’ladi. Us’hins’hidan, xalq s’hakllangan paytda hamma vaqt ham uning yetnik nomi bulavermaydi, xalq millat darajasiga ko’tarilganda yesa uning yetnik nomi bo’lis’hi s’hart. Masalan, O’zbek xalqi nomi uning yelat sifatida s’hakllanib bo’lgandan ans’ha keyin naydo bo’ldi. To’rtins’hidan, xalqning siyosiy uyus’hmasi - davlat tarix taqozasiga ko’ra, xamma vaqt ham yetnos nomi bilan atalavermaydi, ammo, xalq millatga aylanganda davlat nomi millat nomi bilan yuritilis’hi s’hart. Bes’hins’hidan, yetnosning xalq darajasida o’zlikni anglas’h, milliy g‘urur, vatan fidoisi bulis’h, o’z xalqidan faxrlanis’h xissi o’s’ha davr jamiyati tartib-qoidalariga ko’ra, ko’ps’hillikda bir xil, yuksak darajada bo’lmaydi. Ammo, xalq millat darajasiga ko’tarilganda bu sifatlar yuksak darajada bo’ladi. Oltins’hidan, yetnosning xalq birligi yelatining xalq darajasida hamma vaqt ham davlat maqomini olavermaydi, xalq millat darajasiga s’hiqqanda uning tili albatta davlat maqomini olis’hi s’hart. Yettins’hidan, mentalitet yetnosning xalq darajasida yemas, balki millat darajasida s’hakllanadi va nihoyat, sakkizins’hidan, millat uzil-kesil s’hakllanganda davlat jamiyat tomonidan bos’hqaris’hi, ya’ni davlat xalq xizmats’hisi, barcha sohalarda "'Millat talabi va xoxis’h irodasini bajaruvs’hi mexanizmga aylanadi. Demak, millatning s’hakllanis’hi yetnogenetik jarayon kabi uzoq davom yetadigan tarixiy jarayon bo’lib, millat yetnik tarixning yeng yuqori yuksak s’ho’qqisi, kamolat bosqis’hi, birins’hidan, bu bosqis’hga ko’tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi; ikkins’hidan, millat nomi bilan yuritilgan davlat s’hegaralari qat’iy, dahlsiz, jahon jamoats’hilik tas’hkilotlari tomonidan tan olinadi; us’hins’hidan, aniq hududiy s’hegarada muomalada bo’lgan umum millat tili davlat tili maqomi darajasiga ko’tariladi; to’rtins’hidan, aholining o’zlikni anglas’h darajasi fuqoralarning hayot mazmuniga, kundalik turmus’h tarziga aylanadi; bes’hins’hidan, millatga xos milliy mintalitet s’hakllanadi; oltins’hidan, davlat jamiyat tomonidan bos’hqariladi, ya’ni davlat millatning hohis’hirodasini bajaruvs’hi mexanizmga aylanadi. O‘rta Osiyo xududida o‘troq aholi ko‘chmanchi chorvador qabilalar bilan yaqin qo‘shni bo‘lib yashashgan. Ularning hamkorlikdagi aloqalari ba’zi urf-odatlarning uyg‘unlashuviga olib keldi. Lekin xar bir qabila o‘ziga xoslikni saqlab qolgan70. Sedentary societies in Central Asia often had , therefore, the appearance of islands within a sea of steppes, and thus sedentary populations often coexisted as close neighbours with nomadic communities. These relationships involved ethnic differences between nomad and settler (Turk vs. Tajik; Mongol vs. settled Turk) in certain historical periods; yet often enough nomads and settlers also shared common languages because of geographic proximity, or because of the transformation of nomads into peasants. 2-masala O’zbek xalqini kelib s’hiqis’hi bo’yis’ha ikki xil tilda so’zlas’huvs’hi qabila va yelatlarning aralas’his’hi va qoris’huvidan tarkib topgan yekan, bu ikki tilda so’zdas’huvs’hi jamoalarining yetnik jihatdan dastlabki aralas’huvi arxeologik va antropologik materiallarga ko’ra, so’nggi bronza davrida yuz berdi. Bu davrni O’zbek xalqi yetnogenezining bos’hlanis’hi, deb hisoblas’h mumkin. So’nggi bronza davridan bos’hlangan assimilyatsiya jarayoni antik davriga kelib, O’zbek xaqiga xos iqtisodiy xo’jalik, yetnomadaniy va anropologik tip birliklarini o’zida mujassamlas’htiruvs’hi, o’troq hayotga moslas’hgan turkiy hududiy maydon tarkib topdi, O’zbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlangan. Bu hududiy maydon Sirdaryoning o’rta havzasi bo’lib, milodiy II-I asrlarda mana s’hu hududda O’zbek xalqiga xos antropologik tip - «O’rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi» s’hakllandi. Bu hududda turkiy va so’g‘diy tilli qabilalar ittifoqi asosida Qang‘ davlati tas’hkil topdi. Us’hbu mintaqa iqtisodiy-xo’jalik va yetnomadaniy hayotidan guvohlik beruvs’hi «Qovuns’hi madaniyati» s’hakllandi. «Qoruns’hi madaniyati»ni s’hakllanis’hida turkiyzabon xun qabilalari va qang‘lar katta rol o’ynaganlar. Oqibat natijada, miloddan oldingi II - milodiy I asrlar davomida turkiygo’y Qang‘ar yelati tarkib topdi. Bu davrga O’zbek yetnogenezining ikkins’hi bosqis’hi sifatida qaras’h mumkin. O’zbek xalqi yetnogenezining us’hins’hi bosqis’hi ilk o’rta asrlar davrini o’z is’higa oladi. Ilk o’rta asrlar davri kus’honlar imperiyasi va qang‘ davlatining inqirozi bilan bos’hlandi. O’rta Osiyo hududlariga turkiygo’y xiyoniylar, kidariylar, yeftaliylar va Turk hoqonligi kirib keldi va ular bilan birga kirib kelgan qabilalar tarkibida qarluq s’higil, tuxsi, argun, turk, kaltatoy, musabozori kabi turkiy zabon qabilalar ko’p yedi. Ularning ko’ps’hiligi mahalliy tub joyli aholi bilan aralas’hib yas’hay bos’hladi, ularga xos ananaviy hayot tarzi O’rta Osiyoning tog‘ oldi mintaqalarida yarim o’troq yarim kus’hmans’hilik bilan kun kes’hirayotgai turkiylarda davom yetadi, badavlat s’horvadorlar yesa yangi yaylovlar qidirib, keng das’htlarga qaytadilar. Ilk o’rta asrlarda turkiy qabilalarning bu zaminga kirib kelis’hining keti uzilmaydi. Bu xaqda prof. A,Yu. Yakubovskiy tarixiy yozma manba materiallarini ko’p keltiradi. Boz ustiga, bu asrda Turk xoqonligi deyarli 100 yil hukmroilik qildi. A.Yu. Yakubovskiyning ta’kidlas’his’ha, bu davrda O’rta Osiyoning biror joyi qolmadiki, u yerlarga turkiy qabilalar kirib bormagan bo’lsa. Bu davrni O’zbek yetnogenezining us’hins’hi bosqis’hi deyis’h mumkin. Movaraunnahr yerlarini arablar yegallagas’h, ular bu zaminga turkiy qabilalarini muntazam kirib kelis’hini to’xtatis’h yo’lini qidirdilar. VIII asr davomida bu zaminga oldinroq kirib kelib o’rnas’hib qolgan turkiylarning o’troqlas’his’hi jadallas’hdi. Natijada, butun VIII asr davomida Movaraunnahr hududlarida yaxlit Turkiy yetnik qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga keladi, mahalliy sug‘diy zabon aholi orasida turkiylas’his’h jarayoni jadallas’hdi. Bu davrda nafqat s’hahar aholisi tarkibiga, balki qis’hloq aholisi is’higa ham O’zbeklarga xos tip - «O’rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi» kirib bordi. K. S’HoIIyozovning kuzatuvlariga ko’ra, IX-X asrlarda ham bu yetnogeietik jarayon, ya’ni turkiylarning o’troq hayotga o’tis’hi jadal davom yetadi. Bu asrlarda Movaraunnahrda gars’hi siyosiy hokimiyat Somoniylar qo’lida bulsada, Movaraunnahr va Xorazmda turkiy yetnik qatlam kus’hli yetnik asosga yega bo’ldi. Bu kus’hli yetnik asosni aksariyat ko’ps’hiligini o’troqlas’hgan turg‘un turklar tas’hkil yetardi. Bu davrga O’zbek xalqi yetnogenezining to’rtins’hi bosqis’hi sifatida qaras’h mumkin bo’lar. Qoraxoniylar davrida Movaraunnahr va Xorazmda siyosiy xokimiyat turkiy sulolalar qo’liga o’tis’hi munosabati bilan O’zbek xalqi yetnogenezining yakunlovs’hi bosqis’hi bos’hlanadi. O’zbekka xos turkiy yetnos mintaqada qaror topadi. Yelatga xos barcha yetnik omillar ro’yobga s’hiqadi. Qardos’h turkiy tilli xalqlar olimu-fuzalolarini: xozirgas’ha ye’tiroziga sabab bulib kelayotgan umumturkiy til - Maxmud Qos’hgariy tili is’hidan qarluq-s’higil lahjalari asosida yelatning jonli sifatida yeski O’zbek tiliga asos solinadi. Bu jarayon g‘arbiy Qoraxoniylar davlati doirasida yuz berdi. Demak, O’zbek yelati xalq sifatida XI–XII asrning birins’hi yarmida uzil-kesil s’hakllandi. O’zbek xalqining s’hakllanis’hi bilan uning yetnik tarixi bos’hlanadi. O’zbek xalqining yetnik tarixi ham uzoq davom yetadigan tarixiy jarayon bo’lib, bu jarayon mintaqada kapitalistik is’hlab s’hiqaris’h munosabatlarining qaror topa bos’hlagan davrgas’ha, ya’ni XIX asrning oxiri va XX asrning bos’hlarigas’ha davom yetdi. XX asr bos’hlaridan O’zbek millatinIIg s’hakllanis’h jarayoni bos’hlandi. Bu tarixiy jarayon hozirgas’ha davom yetmoqda. Download 464.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling