ABBASIDS
|
АББАСИДЫ
|
Abbosiylar
|
– Arab xalifalari sulolasi bo’lib, bu sulolaga Muhammmad Payg’ambar (570-632) ning amakivachchasi Abul Abbos as-Saffoh (749-754) asos solgan. Abbosiylar sulolasi besh asr ya’ni 749-yildan 1258-yilgacha hukm surgan. Xalifa Al Mansur (754-775) xalifalik poytaxtini Damashqdan Bog’dodga ko’chirgan. Shuning uchun ham tarixiy adabiyotlarda Bog’dod xalifaligi deb ham yuritiladi.
Movarounnahr yerlari ham xalifalikka bo’ysungan. Somoniylar davridan boshlab (874-999) Movarounnaxr mustaqillikka erishib xalifalik tarkibidan chiqqan.
Abbosiylardan 38 kishi xalifa bo’lgan. Oxirgi xalifa Mustasimni (1242-1258) Chingizxonning nevarasi Xulaguxon 1258-yilda Bog’dodni egallab taxtdan tushirgan.
|
AFRIGIYS
|
АФРИГИДЫ
|
Afrig’iylar
|
– Xorazmda 305-995-yillarda hukmronlik qilgan sulola. Afrig’iylarning poytaxti dastlab Tuproqqal’a, keyinchalik Kat shahri bo’lgan. Abu Rayxon Beruniy o’zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida afrig’iylar sulolasiga oid 21 ta xorazmshoh nomini tilgan olgan.
712-yilda Xorazmni arablar egallashga muvaffaq bo’ladilar. Xorazmda yangi din va islom madaniyati yoyila boshlaydi. Siyosiy hokimiyat arablar qo’liga o’tgan bo’lsada hudud boshqaruvida mahalliy feodal aristokratiyaning o’rni saqlanib qolgan. Afrig’iylar sulolasining oxirgi vakili Abu Abdulloh Muhammad 995-yilda Shimoliy Xorazm (Urganch) amiri Ma’mun ibn Muhammad tomonidan poytaxt Kat shahri egallangach taxtdan ag’dariladi.
|
CITADEL
|
АРК
|
Ark
|
– qadimda va o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida shaharlarning hokimlar joylashgan ichki qismi, ya’ni “o’rda”. Arkda asosan hukumat idoralari, amaldorlarning uylari, devonxona, tanga zarb qilinadigan zarbxonalar joylashgan. Odatda ichki shahar–arkham qalin mudofaa devori bilan o’rab olingan.
|
ILAK
|
ИЛАК
|
Iloq
|
– hozirgiToshkent viloyatining janubi, Ohangaron daryosi havzasining ilk o’rta asrlardagi nomi. Tunkat va Suyurlitepa Iloqning yirik shaharlari hisoblangan.
|
JAIKHUN
|
ЖЕЙХУН
|
Jayxun
|
– Amudaryoningo’rta asrlardagi nomi. Eng qadimiy nomi O’kuz (turkiycha “katta daryo”). Qadimgi yunonlar uni buzib Oksus (Oks) deb ataganlar.
|
JIZ’YA
|
ЖИЗЬЯ
|
Jiz’ya
|
– dastlab Arab xalifaligida, keyinchalik boshqa musulmon davlatlarida shariat me’yorlariga ko’ra musulmon bo’lmagan fuqarolardan olinadigan jon solig’i. Jiz’ya balog’atga yetganlardan olingan. Qariyalar va ayollar, bolalar, qul va gadoylar jiz’yadan ozod etilgan.
|
KADIVAR
|
КАДИВЕР
|
Kadivar
|
– qishloq zirotkor jamoasining feodal dehqonlarga qaram bo’lib qolgan, yersiz, qullik asoratiga tushirilgan qismi.
|
KASHOVARZ
|
КАШОВАРЗ
|
Kashovarz
|
– ilk o’rta asrlardagi oddiy, erkin ziroatchi qo’shchilar.
|
KIDARIES
|
КИДАРИТЫ
|
Kidariylar
|
– milodiy V asr boshlarida Movarounnahrning ichki viloyatlariga O’rta Osiyoning shimoliy-sharqidan ko’chib kelgan turkiyzabon ko’chmanchi qabilalar.
|
MALIKSHOKH
|
МАЛИКШАХ
|
Malikshoh
|
–ilko’rta asrlarda Tohariston hukmdorlarining unvon.
|
MOVAROUNNAHR
|
МАВАРЕННАХР
|
Movarounnahr
|
– arabcha so’z bo’lib, lug’aviy ma’nosi “daryo orqasidagi yer” degan ma’noni anglatadi. Arablar O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin Amudaryodan shimolga qarab cho’zilgan O’rta Osiyo yerlarini Movarounnahr deb ataganlar.
|
TURK EMPIRE
|
ТЮРКСКИЙ КАГАНАТ
|
TURK HOQONLIGI
|
- turkiy ashina qabilasi sardorlari Bumin va Istemi hoqonlar tomondan VI asrning o’rtalarida asos solingan davlat. Turklar qisqa muddatda Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo va Ural-Volgabo’yini o’z ichiga olgan ulkan davlat – Turk hoqonligiga asos soladilar.
603-yilda Turk hoqonligi G’arbiy (603-704) va Sharqiy Turk hoqonligiga (603-745) bo’linib ketadi.
|
UMMAVIES
|
ОМЕЕДЫ
|
Ummaviylar
|
– arab xalifaligi sulolasi (661-750). Asoschisi makkalik yirik savdogar va qurayshiylar zodagoni Abu So’fiyonning o’g’li Muoviyadir. 747-750 yillarda Abu Muslim rahbarligidagi qo’zg’olon natijasida oxirgi ummaviylar vakili Marvon II (744-750) taxtdan tushiriladi va hokimiyat yangi sulola – Abbosiylar qo’liga o’tadi.
|
CALIPH
|
ХАЛИФ
|
Xalifa
|
– o’rinbosar, noib, muovin. Muhammad Payg’ambar vafotidan so’ng vujudga kelgan Arab xalifaligining (632-1258) diniy va dunyoviy boshlig’i. Birinchi to’rt xalifa Abu Bakr (632-634), Umar (634-644), Usmon (644-656) va Alilar (656-661) “al-Xulafo ar-roshidun” – to’g’ri yo’ldan boruvchi halifalar nomi bilan mashhur bo’lganlar.
|
LAND TAX
|
ХАРАДЖ
|
Xiroj
|
– Yaqin Sharq va O’rta Sharq mamlakatlarida, jumladan O’rta Osiyoda davlat tomonidan undiriladigan yer solig’i. Xiroj O’rta Osiyoda VII asrda arablar tomonidan joriy qilingan.
|
KHUROSON
|
ХОРАСАН
|
Xuroson
|
– tarixiy-madaniy hudud. Xozirgi Afg’onistonning shimoliy, Eronning shimoliy-sharqiy va Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan yerlarning o’rta asrlardagi nomi. Dastlab Marv, keyinroq Hirot shahri Xurosonning markazi bo’lgan.
|
ZAKOT
|
ЗАКАТ
|
Zakot
|
(arabcha – tozalanish) – islom dinining besh asosiy talablaridan biri bo’lib, mol-mulk va daromaddan beriladigan sadaqa, hayr-ehson, soliq. Shariatga muvofiq, muayyan boylikka ega bo’lgan katta yoshdagi musulmon zakot beradi. Zakot miqdori pul daromadlarining qirqdan bir ulushiga teng. Dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan zakot miqdori birmuncha yuqori bo’lgan. Zakot kambag’allar, yetim-yesirlar, kasallar va hech kimi yo’q ayollar o’rtasida taqsimlanishi lozim bo’lgan.
|
CITY WITHIN THE WALLS OF FORTRESS OR CITADEL
|
ШАХРИСТАН
|
SHahriston
|
– o’rta asrlarda Sharqda mudofaa devorlari bilan mustahkamlangan shaharning markaziy qismi. Shahristonda saroy, jome’ masjidi, yopiq yoki ochiq bozor, bosh maydon – registon, muhim ma’muriy binolar, hukmdor va uning yaqinlarining qo’rg’onlari, shuningdek oddiy aholi xonadonlari joylashgan.
|
CHOKAR
|
ЧОКАР (РИЦАРЬ)
|
CHokar
|
– O’rta Osiyoda ilk o’rta asrlar davrida feodallarga qarashli bo’lgan qurolli yigitlar guruhi. Ular mulkdor dehqonzodalarning yer-mulklarini himoya qilishgan.
|
CHORIYORS
|
ЧАХАРИЯРЫ
|
CHoriyorlar
|
– Muhammad Payg’ambar vafotidan so’ng Arab xalifaligida hokimiyat tepasida turgan dastlabki to’rt xalifa – Abu Bakr (632-634), Umar (634-644), Usmon (644-656) va Ali (656-661 )larning musulmon olamidagi umumiy nomi. Ular “Xulafo ar-roshidin”, ya’ni to’g’ri yo’ldan yuruvchi xalifalar deyilgan.
|
QORAXONIES
|
КАРАХАНИДЫ
|
Qoraxoniylar
|
– O’rta Osiyoda, asosan Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda Somoniylardan keyin 999-1212-yillarda hukmronlik qilgan musulmon turkiy sulola. Uni barpo etishda qator turkiy qabilalar ishtirok etib, bulardan qarluq, chigil va yag’mo qabilalari yetakchi bo’lgan. Asoschisi yag’mo qabilasidan chiqqan Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (Qoraxon). Qoraxoniylar davlati poytaxti dastlab Qoshg’ar, keyin Bolasog’un, O’zgan shaharlari bo’lib, kayinchalik yana Qoshg’arga ko’chirilgan. XI asrning 60-70-yillarda Qoraxoniylar ichki siyosiy kurash va Saljuqiylar tazyiqi ostida zaiflashib, kuchsiz davlatga aylanib qoladi. 1212-yili qoraxoniylarning so’nggi vakili Qilich Arslon Muhammad Xorazmshox tomonidan o’ldirilgan.
|
SAFFORIES
|
САФФАРИДЫ
|
Safforiylar
|
– Safforiylardavlatida (873-900) hukmronlik qilgan sulola. Sulola vakillari aka-uka Yoqub ibn Lays (873-879) va Amir ibn Layslar (879-900)ning kasbi misgarlik (safforiy) bo’lganligi uchun shunday nomlangan. Ular Xurosonda Tohiriylar davlatini ag’darib hokimiyatni egalaganlar. 900-yilda Somoniylar amiri Ismoil Somoniy bilan jangda Amir ibn Lays yengilgach bu sulolaga barham beriladi va butun Xuroson somoniylar qo’liga o’tadi.
|
SALJUKIDS
|
СЕЛДЖУКИДЫ
|
Saljuqiylar
|
– 1038-1194-yilllarda Yaqin va O’rta Sharqda hukmronlik qilgan sulola. Sulola nomi ko’chmanchi turk-o’g’iz qabilasi boshlig’i Saljuq (922-yilda vafot etgan) nomidan olingan. XI asr boshlarida G’aznaviylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy qarama-qarshilaklardan foydalangan saljuqiylar 1038-1040-yillarda Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etadilar. Saljuqiylarni Xuroson va Eron hududlaridan Xorazmshoh Takash (1172-1200) 1194-yilda siqib chiqargach, ular g’arbga chekinib Kichik Osiyoda (xozirgi Turkiya hududarida) yana bir asrdan ko’proq hukmronlik qiladilar (Turkiya tilining bizga tushunarli bo’lishining sababi ham shunda).
|
KHUTBA
|
ХУТБА
|
Xutba
|
– juma va ulug’ ayyom kunlari masjidda imom-xatib tomonidan aytiladigan oyatu hadislar, pandu nasihatlar. Shuningdek, o’rta asrlarda xalifa va mahalliy hukmdor nomini tilga olib imom tomonidan o’qiladigan duo ham xutba deb atalgan.
|
TOHIRIES
|
ТАХИРИДЫ
|
Tohiriylar
|
– Tohiriylardavlatini boshqargan sulola. Xalifalik taxti uchun kurashda Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid Tohir ibn Husayinning yordami bilan g’olib chiqadi va minnatdorchilik belgisi sifatida 819-yilda uni Xuroson va Movarounnahr yerlariga noib qilib tayinlaydi. Tohir ibn Husayin oradan ko’p vaqt o’tmay xalifaga bo’ysunmay mustaqil siyosat yurgiza boshlaydi. O’ziga qarashli yerlarni xalifalikdan mustaqil deb e’lon qiladi. Tohiriylar sulolasi 873-yilda ko’tarilgan “g’oziylar” qo’zg’oloni natijasida ag’darib tashlanadi va Xurosonda hokimiyatni Sofforiylar sulolasi egallaydi.
Sulola vakillari: Tohir ibn Xusayin (821-822), Talha ibn Tohir (822-830), Abdulloh ibn Tohir (830-844), Tohir ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (863-873), Xusayin ibn Tohir (873-874).
|