«tasdiqlayman» O‘rta Chirchiq tumani 15-maktab direktori
Download 13.71 Kb.
|
22.02 23 баённома Жахолатга карши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raislik qiluvchi
- KUN TARTIBI: “Jaholatga qarshi ma’rifat” davra suhbatini o‘tkazish to‘g‘risida ESHITILDI
- Yuqoridagilarni tinglab majlis qatnashchilari qaror qiladilar: Kun tartibidagi “Jaholatga qarshi ma’rifat” davra suhbati
- Bayonnomani rasmiylashtiruvchi: _________________
«TASDIQLAYMAN» O‘rta Chirchiq tumani 15-maktab direktori N.Suyunboyeva 2023-yil 22-fevral O‘rta Chirchiq tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 15 -sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish BAYONNOMASI 22.02.2023 yil Yoriq-MFY Raislik qiluvchi: N.Suyunboyeva 15 – maktab direktori
KUN TARTIBI: “Jaholatga qarshi ma’rifat” davra suhbatini o‘tkazish to‘g‘risida ESHITILDI: Kun tartibidagi masala bilan 15-maktab direktori N.Suyunboyea tanishtirdi va so‘z navbati O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Diniy ishlar bo‘limi mutaxassisi ________________ ga berildi. U o‘z so‘zida shunday dedi: O‘tmishdan ma’lumki, har bir inson qalbida o‘z yurtida sadoqat, fidoiy bo’lish tuyg’usi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblanadi. Zero, inson uchun eng aziz va muqaddas bo’lgan Vatammi himoya etish, uni sevish va e’zozlash har bir insondan buyuk ma’naviy jasoratni talab etadi. Inson ma’naviyatga qarshi qaratilgan jaholat g‘aflatga, loqaydlik esa beporvolikka griftor etadi. Natijada, mazkur holat insonni vatan taqdiriga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini yo‘qotish orqali uni ma’naviyatini so‘ndirishga zamin yaratadi. Mazkur holat, o‘z navbatida har qanday millat, xalqni o‘z taqdiriga raxna soluvchi tahdidlarga nisbatan muntazam ogoh, sezgir, va hushyor bo‘lishga hamda ularga qarshi ma’rifat va ma’naviyat bilan javob berish borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Barchamizga yaxshi ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o’zgarib, insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqiyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar tobora avj olmoqda. Shuningdek,u o‘z so‘zida bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqiyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratilganligini ta’kidladi va videofilm namoyish etildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan so‘z _____________________________ ga berildi. U o ‘z chiqishida shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhimligini va bu haqda fikr yuritganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albata, yaxshi ko’radi. Vijdon, ma’naviyat degani-xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qi‘zg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb axamiyatga ega ekanini ko’rsatadi” deb ta’kidladi Binobarin, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan mana shunday masalalarga alohida e’tibor qaratilar ekan, bugungi kunda dunyo miqiyosida vujudga kelayotgan yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda jamiyatimizda sog’lom muhitini mustaxkamlash, ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish dolzarb axamiyat kasb etayotganligi toboro oydinlashmoqda. Zero, millatimiz va xalqimiz mentalitetini o‘zida namoyon etuvchi buyuk ma’naviyatimizni asrash xalqimiz taqdiri va kelajagi, hayot-momotimiz vazifasi ekanligini aniqlash o’ta muhim vazifadir. Globallashuv davrida dunyoda vujudga kelayotgan taxlikali vaziyat tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo miqiyosida keskin gg’oyaviy kurashlarning avj olishi, turli mafkuralar to‘qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar shiorlari bilan “chiroyli” niqoblangan yovuz g‘oyalarni singdirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Xususan, dunyo xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy raxna solishga intilayotgan ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, giyohvandlik kabi taxdidlarning mavjudligi jiddiy fikrlashni talab etmoqda. Bu borada, dunyo miqiyosida vujudga kelayotgan taxlikali vaziyatlar kuchayib borayotgan xavf-xatarlar, qonli to‘qnashuvlar, siyosiy va iqtisodiy qarama-qarshiliklar, terrorizm, radikalizmning toboro bavj olishi tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid solayotganligi tobora oydinlashmoqda. Shu o‘rinda, terrorizm haqida so‘z yuritsak, bu illat bir siyosiy atama sifatida, qurol sotish, narkobiznesni rivojlantirish kabi tuban maqsadlarga o’zida namoyon etadi. Terrorizmning jirkanj basharasi dunyoning turli nuqtalarida sodir etilayotgan qo’poruvchilik va xunrezlik voqealarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Diniy va dunyoviy bilimlar borasida sog‘lom dunyoqarashnisayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini anglamaslik, bilmaslik insonlarni terrorizm girdobiga tortib ketmoqda. Adashib yot oqimlar ta’siriga tushgan fuqarolarimiz, xususan, yoshlaerimiz qalbi va ongiga sog‘lom diniy dunyoqarashni shakllantirish borasida bugungi kunda davlatimiz tomonidan yurtimizda chuqur o‘ylangan, puxta va aniq maqsadga yo‘naltirilayotgan davlat siyosati izchil samarali yuritilmoqda. Yurtimizda olib borilayotgan islohatlari dunyo miqiyosida o‘zga mamlakatlarga namuna bo‘layotganligi alohida e’tirof etganligini aytib o‘tdi. Yig‘ilish so‘ngida ta’lim muassasasi rahbarlariga tegishli ko ‘rsatmalar berildi. Yuqoridagilarni tinglab majlis qatnashchilari qaror qiladilar: Kun tartibidagi “Jaholatga qarshi ma’rifat” davra suhbati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgan deb hisoblansin. Yuqoridagi salbiy holatlarni oldini olish va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasaida ta’lim olayotgan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida profilaktik yig‘ilishlar tashkilashtirilsin, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilsin. 3. Ushbu qarorning ijro nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman. Bayonnomani rasmiylashtiruvchi: _________________ Download 13.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling