Tasdiqlayman” O’tibdo’ B. Xolmuratov. 2023 yil
Raqamli oqimlarni plezioxron raqamli ierarxiyada birlashtirish
Download 141.39 Kb.
|
22-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- PRI ning standartlari
- Nazorat savollari
Raqamli oqimlarni plezioxron raqamli ierarxiyada birlashtirish
RUTlarining ierarxiya usulida tuzilishi, kanal hosil qiluvchi qurilmalarni takomillashtirish, tayyorlash jarayonini engillashtirish, texnikasidan foydalanuvchi qurilmalarni yaratish imkonini beradi. Hozirgi paytda RUTlarning ikki ierarxiya turi keng tarqalgan: Yevropa va Shimoliy Аmerika. Yevropa ierarxiyasi IKM-30 turidagi birlamchi raqamli uzatish tizimlariga asoslangan. Bunda analog-raqamli qurilma har birining oʼtkazuvchanlik qobiliyati 64 kbit/s ga teng boʼlgan 30 ta kanalni shakllantiradi. Guruxli signalni uzatish tezligi 2048 kbit/s ga teng. Аncha yuqori boʼlgan satxdagi RUTlarning guruxli signallarini shakllantirishda, raqamli oqimlarni vaqtli birlashtirish usuli qoʼllaniladi.Bunday oqimlar past satxli RUTlarning qurilmalarida shakllanadi. 1-rasmdan koʼrinib turibdiki, ierarxiyaning barcha pogʼonalari uchun birlashtirish koeffitsienti 4 ga teng. Xuddi shunga oʼxshagan holda shimoliy Аmerika ierarxiyasi ham tuziladi, faqat unda birlamchi RUT sifatida IKM-24 qoʼllaniladi va ierarxiyaning turli pogʼonasi uchun birlashtirish koeffitsienti har xil. Yuqoridagi ikki ierarxiya, pleziaxron raqamli ierarxiya nomini olgan. Bunday ierarxiyada raqamli oqimlarni birlashtirish asinxron usulda amalga oshadi, yaʼni raqamli oqimlarni tezligi bir-birisidan ozgina boʼlsada, farq qiladi.Bunday xolatda oqimlarni birlashtirish uchun tezliklarni sozlash amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda sinxron raqamli ierarxiyaga tegishli yuqori koʼrsatkichiga ega boʼlgan tizimlar keng tarqalmoqda. Bu pleziaxron raqamli ierarxiyaning kamchiliklari bilan bogʼliq. Chunki tarmoq rivojlana borgan sari tarmoqni nazorat qilish va boshqarish muammolari yuzaga keldi va ushbu raqamli uzatish tizimlarini takomillashtirish ehtiyoji tugʼildi. PRI ning standartlari Plezioxron raqamli ierarxiya 80-yillarning boshida tarkib topgan tezliklarning uch standartini oʼz ichiga oladi. Shimoliy Аmerika standarti deb ataluvchi birinchi standartda (АQSh va Kanadada qabul qilingan) BRO birlamchi raqamli oqim (yoki DS1-Digital Signal of Level 1) tezligi 24 DSO (АRK) ning tezligiga mos boʼlgan 1544 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Yaponiyada qabul qilingan ikkinchi standartda birlamchi raqamli oqimning Shimoliy Аmerika standarti, yaʼni DS1 dagi tezlikdan foydalanilgan. Yevropa va Janubiy Аmerikada qabul qilingan uchinchi standartda BRO birlamchi raqamli oqim tezligi 2048 kbit/s ga teng qilib tanlangan. Nazorat savollari: NGN texnologiyasi nima? Mobil transport tarmoqlaridan qaysilarimi bilasiz? MPLS nima? 2G ning xususiyatlari nimada? Download 141.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling